Moliyaviy natijalar - xo’jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida
ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakuni.
Moliyaviy lizing –amalda uzoq muddatli kreditlashtirishning o’ziga xos shakli
hisoblanib, mulk uzoq muddatga, odatda, to’liq amortizatsiya muddatiga yoki uning katta
qismiga ijara shartnomasi tuziladi. Moliyaviy lizingda ijara shartnomasi tugagach, lizing
ob’ekti lizing oluvchi tomonidan sotib olinishi yoki yangi lizing shartnomasi ob’ekti
bo’lishi mumkin.
Mahsulot tannarxi - mahsulot birligini ishlab chiqarish, sotish uchun qilingan
xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda. Bu sotishdan olingan sof tushumdan
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini olish bilan aniqlanadi;
Moddiy-texnika bazasi - tarmoqlarda ishlab chiqarishni amalga oshirish jarayonida
ishlatilayotgan asosiy vositalar, aylanma mablag’lar birgalikda ularning moddiy-texnika
bazasi deb yuritiladi.
Operativ lizing – mulkni uning xizmat muddatida kam davrga ijaraga berishni
nazarda tutadi. Ijara muddati tugagach, mulk egasiga qaytariladi yoki yangi lizing
shartnomasi ob’ekti bo’lib qoladi.
Paychilik munosabatlari – sherikchilik asosida biznes yuritishga hissa qo’shish va
shu hissaga qarab daromad ko’rish sohasidagi iqtisodiy munosabatlar.
Pay fondi - shirkat xo’jaligi ustaviga muvofiq shirkat xo’jaligi a’zolarining qiymatda
ifodalangan mulkiy paylari, har bir a’zoning shirkat xo’jaligi pay fondidagi ulushi.
Rentabellik – tarmoq yoki korxonaning foyda olib ishlashi, aktivlar, sotilgan mahsulot
yoki ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan foydalilik darajasini ko’rsatadi.
Soliq to’lagungacha olingan foyda - u umum xo’jalik faoliyatidan olingan foyda,
plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus zarar sifatida
aniqlanadi.
Tarmoq - qo’llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish
xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan farq qiladigan
ishlab chiqarishning bir qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |