O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

1.2. “Agrosanoat 
majmuasi 
iqtisodiyoti” 
fanining 
predmetini
o’rganish usullari 
1.3. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining vazifalari
 
 
1.1. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa fanlar bilan 
bog’liqligi va o’rni 
 
Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. 
Insoniyatning hayoti, turmush darajasi ko’p jihatdan agrosanoat majmuasining 
rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Agrosanoat majmuasida insonlar uchun hayot 
manbai hisoblangan oziq-ovqat, kiyim kechak, sanoatning ko’plab tarmoqlari uchun xom 
ashyo mahsulotlari ishlab chiqariladi. Aholi soni oshib borishi, aholi jon boshiga ishlab 
chiqarish resurslarining kamayib borishi agrosanoat majmuasi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishni ko’paytirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarni chuqur 
o’rganish zarurati kuchayadi. 
Natijada boshqa iqtisodiy fanlar qatorida “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ham 
shakllanib, rivojlanib kelmoqda. 
Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning 
agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarida amal qilishining o’ziga xos tomonlarini 
o’rganish hisoblanadi. Fan agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotida yuz berayotgan 
o’zgarishlar, ulardagi ishlab chiqarish omillari: mehnat resurslari, yer va suv, asosiy ishlab 
chiqarish vositalari va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo’llarini 
o’rganadi. Fan agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning o’ziga xos xususiyatlarini
ularda ishlab chiqarishni samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar va ularning ta’sirini ham 
o’rganadi. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani agrosanoat majmuasi tarmoqlari 
taraqqiyotidagi ijobiy va salbiy tendentsiyalarni o’rganadi va mutaxassislarga ularni 
yaxshilash yo’nalishlari aniqlashga yordam beruvchi zarur bilimlarni beradi. Mamlakatda 
olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning agrosanoat majmuasi tarmoqlarida amalga oshirish 
jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni o’rganadi hamda ularning yechimlari to’g’risidagi 
bilimlarni o’zida mujassam etadi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani moddiy ishlab chiqarishning iqtisodiy 
masalalari bilan bog’liq bo’lganligi sababli boshqa iqtisodiy fanlar kabi quyidagi amaliy 
masalalarga javob izlaydi va ularni mo’’tadil yechimini topadi. 
1. Mamlakat agrasanoat majmuasi nima ishlab chiqarishi kerakligini aniqlashi va 
uning eng mo’’tadil tarkibini topishi lozim. Respublika tabiiy-iqlim, mehnat va ishlab 
chiqarishning moddiy resurslari hamda bozor talablarini hisobga olgan holda nima 
yetishtirish kerakligini belgilashi kerak. Bu juda muhim va qiyin masala bo’lib, ushbu fan 


42 
nima ishlab chiqarish lozim degan masalaning yechimini topish ustida ilmiy asaslangan 
fikrlar yuritadi.
2. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlardan qancha va qanday ishlab 
chiqarish kerak degan savolga ham javob izlaydi. Bu savolga javob topish uchun mamlakat 
o’z resurslarining qancha qismini ushbu ne’matlarni yaratishga ajrata olishini ham hisobga 
olish kerak bo’ladi. Yechimlar uzoq yoki qisqa muddar uchun bo’lishidagi farqlarni hisobga 
olishni o’rgatadi.
3. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlarni kim uchun, qaysi muddatlarda 
ishlab chiqarish lozim degan savolga ham javob izlaydi. Agrosanoat majmuasi 
mahsulotlariga bo’lgan talabni o’rganish masalalarini tahlil qiladi va tegishli qarorlar qabul 
qilish bo’yicha ilmiy asoslangan ishlanmalar chiqarish usullarini o’rgatadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani har bir tarmoq iqtisodiyotini alohida-alohida 
emas, balki ulardan har biriga tegishli ma’lumotlar asosida oxirgi mahsulot ishlab 
chiqarishni ko’paytirish, uning tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va 
mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta’minlovchi mexanizmni yaratish nuqtai nazardan
o’rganadi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani “Iqtisodiy nazariya”, “Mikroiqtisodiyot”, 
“Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy statistika”, Iqtisodiy 
geografiya”, “Mintaqa iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Korxona 
iqtisodiyoti”, “Mehnat iqtisodiyoti” kabi qator fanlar bilan uzviy bog’liq. Fan juda ko’plab 
iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi va ularda erishilgan yutuqlar bilan 
boyib boradi, o’z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga ham salmoqli hissa 
qo’shadi. 

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling