O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


mohiyati  Agrosanoat integratsiyasi


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

mohiyati 
Agrosanoat integratsiyasi – sanoat va qishloq xo’jaligining bir-biriga singib ketishi, 
bir butun tizimga aylanishidir. Agrosanoat integratsiyasi ijtimoiy mehnat taqsimoti va 
kooperatsiyasini rivojlanishining natijasidir. Tarmoqlarning bir-biridan ajralib ketishi 
ularning ishlab chiqargan mahsulotlarini ayriboshlashni kuchayishini talab qildi. Bir 
tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotga talab asosan boshqa tarmoqda vujudga keladi. 
Natijada bir tarmoq ikkinchisiz mo’’tadil rivojlana olmaydi. Bu ularni integratsiyalashuvi 
zaruratini keltirib chiqaradi.
Agrosanoat integaratsiyasining yanada chuqurlashib borishi ob’ektiv jarayondir. Bu, 
albatta, qishloq xo’jaligining va umuman, agrosanoat majmuasining, mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanishiga olib keluvchi jarayondir. 
Agrosanoat integratsiyasining va kooperatsiyasining mahsuli sifatida o’tgan asrning 
60-yillaridan boshlab mamlakatimizda agrosanoat majmuasi yagona tizim sifatida shaklana 
boshladi. 
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni 
tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi, 
yagona maqsadlarga bo’ysundirilgan, texnologik jihatdan ustun darajada bir biri bilan 
bog’langan tarmoq va xizmatlar yig’indisidir. Agrosanoat majmuasini agrar iqtisodchi 
olimlar turlicha tasniflagan. Ular juda turli taman bo’lib, iqtisodiy fan mamlakat, hudud va 
mahsulot turlari bo’yicha “agrosanoat majmuasi” tushunchalarini farqlaydi. SHunga ko’ra 
agrosanoat majmuasi: 
Mamlakat agrosanoat majmuasi
 Hudud agrosanoat majmuasi; 
 Ixtisoslashgan (go’sht, sut, don, sabzavot va poliz kabi mahsulot turlarini yetishtirish 
bilan shug’illanuvchi) agrosanoat majmualaridan iborat. 
Ixtisoslashgan agrosanoat majmualari ikkiga bo’linadi. Birinchisi, oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Ikkinchisi nooziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Bu agrosanoat majmualarining har ikkalasi ham 
alohida olingan tovarlar (mahsulotlar) bo’yicha agrosanoat majmualarini tashkil etadi.

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling