O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligini
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
9.4. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligini
oshirish yo’nalishlari 73 O’zbekiston qishloq xo’jaligi mehnat bozori nisbatan rivojlanmagan bozorlardan biri bo’lib, uni rivojlantirish birinchi darajadagi iqtisodiy – ijtimoiy masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakat qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning sonini mutloq va nisbiy kamaytirish bugungi kundagi va kelajakdagi asosiy vazifalardan biri. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakalidir. Bu, o’z navbatida, juda katta muammolarni yuzaga keltiradi. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish mamlakat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko’taradi. Bu sanoat va boshqa xizmat turlariga mehnat resurslari bir qismining o’tishi uchun zarur sharoitlar tug’diradi. CHunki mehnat unumdorligi o’sishi natijasida mehnat resurslarining katta bir qismi qishloq xo’jaligidan ozod bo’ladi. Bu rivojlanishning umumiy ob’ektiv tendentsiyasi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash tizimi ishlarini jonlantirish zarur. Bu ishlarning jonlanishi ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Qishloq xo’jaligi aholisi, ishchi – xizmatchilari daromadlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishchi – xizmatchi daromadlaridan past bo’lmasligini ta’minlash ham ulardan foydalanish darajasini oshirgan bo’lar edi. Milliy mentalitet va mavjud mart –maroitlar natijasida qishloq aholisi, ishchi xodimlari nisbatan kam harakatlanadi. Nisbatan o’troq bo’lgan aholi va ishchi xodimlarni o’sha joyning o’zida ish bilan ta’minlash muammosini yechish bozor iqtisodiyoti talablariga zid bo’lmasligi kerak. SHunga qaramasdan sanoatni, xizmatlarni qishloq joylarda tashkil etish ishi doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim. Bunday siyosatsiz mamlakatda ijtimoiy masalalar ham chuqurlashib boraveradi. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslari mehnatining fond, energetik quvvatlar bilan qurollanish darajasini oshirish ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llaridan biridir. Qishloq xo’jaligida mehnat har bir ekin turi yoki mahsulot turi bo’yicha texnologiyani hisobga olgan xolda zarur vositalar bilan ta’minlanishi kerak. SHu sababli, ayniqsa, kichik texnika ishlab chiqarishni yoki xorijdan sotib olishni yo’lga qo’yish, rivojlantirish talab qilinadi. Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada rivojlantirish ham mehnat resurslarinidan foydalanish samaradorligini oshirishning bir yo’nalishidir. Fan-texnika taraqqiyotining qishloq xo’jaligi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilashdagi imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Bunda asosiy etibor yangi, serhosil ekin navlarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva mollarining sermahsul zotlarini ko’paytirishga qaratilishi maqsadga muvofiq. Moliya, kredit tizimi, soliq tizimi va boshqa ko’plab iqtisodiy dastaklarning rivojlanishi ham mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ishchi kuchlari bozori tarkibi va uni tartibga solish mexanizmini quyidagi chizmada ko’rish mumkin (8- chizma). 5 5 Минаков И.А. и др. Эклномика отраслей АПК. Учебник.-М.: КолосС, 2004—464с. (100с). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling