O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

11.3. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish 
yo’llari 
 
Qishloq xo’jaligida mahsulot birligining tannarxini pasaytirish eng zarur masalalardan 
biridir. Mahsulot birligi tannarxini pasaytirish resurslar cheklangan sharoitda katta amaliy 
ahamiyat kasb etadi. Mahsulot tannarxi to’g’ridan-to’g’ri ikki omilga bog’liq. Birinchidan, 
yetishtirilayotgan mahsulotning miqdoriga bog’liq. Yetishtirilayotgan mahsulot miqdorining 
oshishiga nimalar ijobiy ta’sir etsa, ular ustida ishlash lozim. Bularga dehqonchilikda 
quyidagilar kiradi: 
 erlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan samarali foydalanish. Bu, 
o’z navbatida, hosildorlikning o’sishiga olib keladi; 
 mintaqalar sharoitiga mos bo’lgan, ilmiy asoslangan qishloq xo’jaligi yuritish 
tizimini joriy etish; 
 almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish, talab va imkoniyatdan kelib chiqqan holda 
ekin turlarini joylashtirishni ratsional tashkil etish; 
 urug’chilikni yaxshilash, selektsiya ishlarini jonlantirish; 
 ma’danli va organik o’g’itlardan foydalanishni ilmiy asosga qo’yish, barcha 
kimyoviy vositalardan samarali foydalanish; 
 ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish. 
Dehqonchilik tarmoqlarida mahsulotlar tannarxining past bo’lishiga xarajatlarni tejash 
ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu boradagi omillarga quydagilar kiradi: 
 ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish; 
 ekinlarni parvarishlashda intensiv texnologiyalarni qo’llash; 
 ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish; 
 ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish; 
 ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish; 
 agrosanoat integratsiyasini chuqurlashtirish, agrosanoat majmuasiga kiruvchi 
tarmoqlarning mutanosib rivojlantirilishi; 
 boshqaruv tizimini rivojlantirish hisobiga u bilan bog’liq xarajatlarni tejash; 
 qishloq joylarda ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash.
CHorvachilik tarmog’ida mahsulot birligi tannarxining pasayishiga quyidagi 
omillar ta’sir qiladi: 
 chorvachilikning yem-xashak bazasini mustahkamlash, yem-xashakning sifatini 
oshirish va nisbatan arzon bo’lishini ta’minlash; 
 chorva mollarining zotini, poda tarkibini yaxshilash; 
 fondlardan foydalanishning eng mo’’tadil (optimal) yo’llaridan foydalanish; 
 ishlab chiqarishning quyuqlashuvi (kontsentratsiyalashuvi) va ixtisoslashuvining 
eng ma’qul hajmlarini tashkil etish; 
 ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish; 
 qishloqda ijtimoiy masalalarning yechimini topish;
 barcha xarajatlarni tejamkorlik bilan amalga oshirish, bu borada mavjud 
texnologiyalardan, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan samarali foydalanish; 
 mahsulot nobudgarchiligiga yo’l qo’ymaslik.


83 
Ushbu omillarning barchasiga katta e’tibor berish zarurati mavjud. Albatta, bu 
masalalarni to’g’ri hal etish ishchi xodimlarning nafaqat manfaatdorligiga, balki bilim va 
tajribalariga ham bog’liq. SHu sababli qishloq xo’jaligida mehnat qilayotganlarning bilim 
va tajribasini tinmasdan oshirib borishni ta’minlash kerak. 

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling