O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. Qishloq xo’jaligida narxlar tizimi 12.1. “Narx” tushinchasi, uning mohiyati va funktsiyalari
84 12-BOB. AGROSANOAT MAJMUASI TARMOQLARI MAHSULOTLARINING NARXLARI 12.1. “Narx” tushinchasi, uning mohiyati va funktsiyalari 12.2. Qishloq xo’jaligida narxlar tizimi 12.1. “Narx” tushinchasi, uning mohiyati va funktsiyalari Iqtisodiy kategoriyalar orasida eng murakkabi va o’zida barcha omillarni ifodalashi bo’yicha narxga teng keladigani kam. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda “narx”, ayrimlarida “baho” tushinchasi ishlatiladi. Biz bu so’zlarning mohiyatida bir narsani ko’ramiz. Iqtisodiy adabiyotlarda narxning bir necha tarifi mavjud. Bozor qonuniyatlari asosida narx – bu ayriboshlash jarayonida mahsulotlar (ne’matlar)ning qimmatini (nafliligini) aks ettirish shaklidir. Narxning bu tarifi nisbatan keng bo’lib, bozor munosabatlari talablariga to’liqroq javob beradi. Narxga berilgan bu tarifda ikki holatni ko’rish mumkin. Birinchidan tovarlar (ne’matlar) narxi uning biror ehtiyoj uchun qanchalik nafga, qimmatga ega ekanligini ko’rsatadi. Ikkinchidan ne’matlar narxi faqatgina ayriboshlash jarayonida yuzaga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda narx faqatgina bozorda (oldi sotdi jarayonida shakllanadi) vujudga keladi va bozorsiz uni ifodalash mumkin emas. SHu sababli narxga quyidagicha tarif ham berish mumkin. Narx – bu biror ne’matning nafliligini hisobga olgan holda iste’molchi (xaridor) tomonidan to’lashga rozi bo’lgan summadir. Iqtisodiy jihatdan asoslangan mahsulot qiymatidan past, lekin uni ishlab chiqarish va sotishga ketadigan xarajatlardan, boshqacha qilib aytganda, mahsulot tannarxidan yuqori bo’lishi kerak. Ana shu qonuniyat ta’minlangan holda mahsulot va xizmat turlarini ishlab chiqarish rivojlanib boradi. Bu zaruriyat qishloq xo’jaligida doimo ham ijobiy yuzaga chiqmaydi. Gap shundaki, qishloq xo’jaligida mahsulotlar ishlab chiqarishda yaxshi, o’rta va yomon imkoniyatlardan ham foydalaniladi. Narxlar quyidagi funktsiyalarni bajaradilar: o’lchash funktsiyasi. Narxlar tovarlarning qiymatini aniqlashga yordam qilishi lozim; 1. hisobga olish yoki hisoblash funktsiyasi. Narxlar har bir mahsulot va xizmat turi qanchaga tushayotganini bildiradi. Narxlar orqali barcha iqtisodiy ko’rsatkichlar aniqlanadi. Ularning yordamida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti, ishlab chiqarish resurslardan foydalanishning samaradorligi va boshqalar aniqlanadi; 2. talab va taklifni balanslashtirish funktsiyasi. Narxlar ishlab chiqaruvchi va mahsulotlarni sotib oluvchini hamda talab va taklifni bog’lab turadi, muvozanatlashtirishga xizmat qiladi va ularning ta’sirida o’zi muvozanatlashadi. 3. tartibga solib turish funktsiyasi; 4. rag’batlantiruvchilik funktsiyasi. Narxlar iqtisodiyotni tartibga olib turishda va zarur bo’linmalarni tezda rivojlantirishda katta dastak hisoblanadi. Narxlarning mahsulot tannarxidan yuqori bo’lishi ishlab chiqaruvchilar foyda qilishini ta’minlaydi. Narx qancha baland bo’lsa, xarajatlar o’zgarmagan holda korxona shuncha ko’p foyda oladi. Albatta, bu ishlab chiqarishni yanada kengaytirishni rag’batlantiradi. Aksincha, narx mahsulot tannarxidan past bo’lgan holda rivojlanish haqida gap borishi mumkin emas. Mahsulotlar sifatining oshishida ham narxning rag’batlantiruvchilik funktsiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilarni e’tiborga olib narxlar rag’batlantiruvchi funktsiyasini bajarishda quyidagilarni hisobga olish kerak: 85 - rag’batlantiruvchi narx iqtisodiyot rivoji uchun zarur; - Mahsulot sifatini oshirish yangi ekin navlarin joriy etishga, yangi texnika va texnologiyani ishga tushirishga, urug’likning sifatini ortishi xarajatlarning ko’proq bo’lishini talab qiladi; - rag’batlantiruvchi narxning bir qismi ushbu xarajatlarni qoplashga ishlatilishi lozim; - rag’batlantiruvchi narxning ikkinchi qismi yuqorida qilingan ishlar evaziga qo’shimcha o’sgan sifatni rag’batlantirish zarur; - narxning oshishi ishlab chiqaruvchini rag’batlantirishi va iste’molchining ham maqsadlariga mos bo’lishi kerak; - mahsulot tarkibiga kirgan foyda bilan va narxlardagi chegirmalar orqali ishlab chiqaruvchini rag’batlantirishi kerakligi e’tiborga olinib turiladi; - taqsimlash va qayta taqsimlash funktsiyasi. Narx mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari o’rtasida yaratilgan daromadni taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Bundan tashqari u mamlakatda yaratilgan daromadni iste’mol va jamg’arma fondlariga taqsimlanishini ta’minlaydi. 5. Ishlab chiqarishni mo’’tadil joylashtirish funktsiyasi. 6. Ma’lumot berish funktsiyasi. Iqtisodiy asoslangan narx ishlab chiqarishni mo’’tadil rivojlantirish uchun zarur bo’ladigan rentabellik darajasini hisobga olganda quyidagi ko’rinishni oladi. N = I x x(1 + R d / 100), Bunda: N – narx; I x – ishlab chiqarish xarajatlari; R d – mo’’tadil rentabellik darajasi. Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling