O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Qishloq xo’jaligida narxlar tizimi


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

12.2. Qishloq xo’jaligida narxlar tizimi 
 
Iqtisodiyotning tarmoqlari, sohalari ko’p bo’lganligi sababli narxlarning ham turi 
ko’p. Bunday bo’lishining ob’ektiv sabablari mavjud. Narxlarning turininig ko’p bo’lishi 
quyidagi holatlar bilan bog’liq. 
 narxlarning turli darajada (dunyo, mamlakat, tarmoq, hudud) shakllanishi va ishlatilishi; 
 mahsulot, xomashyo va boshqa tovarlarni sotish kanallarining turlicha ekanligi; 
 tovarni sotuvchidan iste’molchiga harakatlanish bosqichlarida turli narxda (ulgurji, 
chakana, topshirish) bo’lishi; 
 tovarlarni sotish hajmining turlicha bo’lishi.
Qishloq xo’jaligida narxlarning quyidagi turlaridan keng foydalaniladi:
 qishloq xo’jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilish narxlari. O’zbekiston 
Respublikasida hozirda asosan paxta va don mahsulotlari uchun xarid narxlari o’rnatilgan; 
 dunyo narxlari.
 dehqon bozori narxlari. Dehqon bozorida qishloq xo’jalik mahsulotlariga asosan 
ulgurji va chakana narxlar ishlatiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yirik miqdorda xarid 
qiluvchilar ulgurji narxlardan foydalanadilar. Odatda, ulgurji narxlar chakana narxlardan 
ancha past bo’ladi.
 qishloq xo’jaligida ichki hisob-kitoblarni olib borish uchun hisob narxlaridan keng 
foydalaniladi. Hisob narxlari ustun darajada shirkat bilan shartnoma asosida faoliyat 
ko’rsatayotgan oila pudrati o’rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishda ishlatiladi; 
 qishloq xo’jaligida xizmatlar uchun asosan, ta’rif narxlaridan foydalaniladi. 
Hozirda qishloq xo’jaligi korxonalariga xizmat ko’rsatadigan MTP xizmatlari ana shu 
narxlardan foydalanilgan holda olib boriladi;


86 
 qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarida esa asosan 
smeta qiymati narxlari ishlatiladi;
 hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligida shartnoma narxlari ham keng qo’llanilmoqda.
 litsenziya narxlari.
 kafolatlangan narxlar.
Narxlar bozorda xarakat qilish sharoitlariga qarab erkin va monopol narxlarga 
bo’linadi. Erkin narxlar davlatning aralashuvisiz bozorlarda erkin shallanadi.
Narxning davlat tomonidan tartibga solib turishining ob’ektiv sabablari 
quyidagilardan iborat:
1. agrosanoat majmuasi tovarlari chakana sovdoning asosiy qismini tashkil etadi. Qishloq 
xo’jaligi mahsuloti inson hayoti uchun birinchi darajali va kunda kerak bo’lganligi 
tufayli uning narxi imkon qadar stabil, o’zgarmas bo’lishi kerak; 
2. qishloq xo’jaligi tabiiy omillar ta’siriga ko’proq tushadigan, natijada tarmoqda ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar narxi keskin o’zgarib turadi. Tabiiy omillar ta’sirini 
kamaytirish (kompensatsiya) qilish uchun davlat aralashuvi talab qilinadi; 
3. qishloq xo’jaligining jadal va barqaror rivojlanishi agrasanoat majmuasining qolgan 
tarmoqlarining istiqbolini belgilab beradi. Qishloq xo’jaligi barqaror rivojlangan holda 
majmuaning boshqa tarmoqlari jadal rivojlanishi mumkin. 
4. resurslar cheklangan sharoitda iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi mahsulotlariga o’sib 
borayotgan talablarini to’liq qondirishni faqat qishloq xo’jaligining o’ziga yuklash ijobiy 
samara bermaydi. Buning uchun qishloq xo’jaligiga ma’lum investitsiyalar qilinishi
xarajatlarning bir qismini davlat o’z zimmasiga olishi kerak bo’ladi; 
5. qishloq xo’jaligida talabning narx bo’yicha elastikligining pastligi;
6. qishloq xo’jaligi bilan boshqa tarmoqlar ayriboshlash jarayonida narxlar paritetini 
saqlash zararatining mavjudligi; 
7. qishloq xo’jaligida uzoq muddatli iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaraganda ishlab 
chiqarishning iqtisodiyotdagi o’rtacha daromad olishini ta’minlashning muhimligi; 
8. qishloq joylarda ish joylarining saqlanishi va ijtimoiy masalalarni mo’’tadil hal etishning 
zarurligi. 
Davlat qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida shakllanadigan narxlarni tartibga solib 
turish borasida quyidagi imkoniyatlarga ega: 
1. Narxlarni kuzatib turish imkoniyati.
2. Narxlarga egri ta’sir ko’rsatish. Bu holda davlat soliq, bojxona, pul emissiyasi kabi 
dastaklar orqali narxlarning darajasiga ta’sir ko’rsatadi. 
3. Narxlarning shakllanishida davlatning bevosita ishtirok etishi. Odatda davlat biror 
mahsulot turiga nisbatan monopol imkoniyatni egallagan holda yuz beradi. Ayrim 
tarmoq mahsulotlari narxiga davlat aralashadi va monopol narx egasiga aylanadi;
4. Narxlarni o’rnatishda davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvi. O’zbekistonda paxta va 
donning bir qismiga xarid narxlarini davlatning o’zi o’rnatadi. 



Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling