O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


  11-BOB. AGROSANOAT MAJMUASIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

80 
11-BOB. AGROSANOAT MAJMUASIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI 
VA MAHSULOTLAR TANNARXI 
 
11.1. “Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati 
11.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi 
11.3. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo’llari 
 
11.1. “Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati 
 
Har qanday ishlab chiqarish ma’lum xarajatlar bo’lishini talab qiladi. Boshqacha 
aytganda, biror bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslar sarf qilinadi. Ishlab chiqarish 
xarajatlari tushunchasidan “mahsulot tannarxi” tushunchasi kelib chiqadi. Mahsulot 
tannarxi deganda mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning 
puldagi ifodasi tushuniladi. Mahsulot tannarxi shu mahsulot qiymatining bir qismi 
hisoblanadi. Mahsulot qiymati bilan tannarxi o’rtasidagi farq umumiy holda foyda 
miqdorini ifodalaydi.
Tannarx iqtisodiy kategoriya bo’lib iqtisodiy samaradorlikning muhim ko’rsatkichi 
hisoblanadi. Tannarx ishlab chiqrilayotgan mahsulotning, ko’rsatilayotgan xizmatning 
qanchaga tushganini bildiradi. 
Iqtisodiy fan tannarxning ikki turini bir-biridan farqlaydi. Birinchisi, mahsulotning 
ishlab chiqarish tannarxidir. Bu mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan 
xarajatlarning puldagi ifodasidir. Ikkinchisi, mahsulot birligining to’liq tannarxi. Mahsulot 
birligining to’liq tannarxi uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlarning puldagi 
ifodasidir. Bundan tashqari texnologik tannarx ham aniqlanadi. Texnologik tannarx deganda 
korxona ichidagi tsexlar, oila pudratida mahsulot birligini ishlab chiqarish qilingan 
xarajatlarning puldagi ifodasiga tushuniladi. Texnologik tannarxga korxonani boshqarish va 
ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog’liq xarajatlar qo’shilganda ishlab chiqarish tannarxi 
kelib chiqadi. 
Xo’jaliklar doirasida reja va hisobot tannarxi ham hisoblanadi. Reja tannarxi me’yor 
asosidagi xarajatlar bo’yicha hisoblanadi va olinishi kutilayotgan mahsulot miqdori asosida 
belgilanadi. Hisobot tannarxi esa xaqiqatdan qilingan xarajatlar va haqiqatda olingan 
mahsulot miqdori asosida aniqlanadi. Mahsulot tannarxi umumlashtiruvchi iqtisodiy 
ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatning unumdorligi, ishlab chiqarishning 
ixtisoslashganlik va intensivlashganlik darajasi, tejamkorlik, ishlab chiqarishning 
mexanizatsiyalashganlik darajasi, texnikalardan va fan yutiqlaridan qay darajada 
foydalanilayotganligi ifodalanadi. Mahsulot tannarxining darajasi korxonaning, ishlab 
chiqarishning kelajagini belgilaydi. Agarda mahsulot birligi tannarxi shu mahsulot 
bozoridagi narxdan baland bo’lsa, bu mahsulotni ishlab chiqarish zarar keltiradi. Bu esa, o’z 
qonuniyati asosida shu mahsulotning tannarxini belgilaydi. Ya’ni uni ishlab chiqarayotgan 
korxonada aynan shu mahsulot asosiy mahsulot hisoblansa, korxona bankrot holatiga tushib 
qoladi. Agarda, mahsulot tannarxi shu mahsulot bozorida shakllangan narxdan past bo’lsa, 
uni ishlab chiqaruvchi foyda oladi. Bu esa, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish bozor 
iqtisodiyoti talabiga javob beradi degan so’z. CHunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir 
ishlab chiqarish, xizmat turi, korxona foyda olgan taqdirdagina o’z foliyatini davom ettirishi 
mumkin. 
Individual va tarmoq tannarxi ham mavjud. Individual tannarx – bir mahsulotning bir 
karxona miqiyosida shakllangan tannarxidir. Tarmoq tannarxi esa, alohida ishlab 


81 
chiqaruvchilar mahsulotlari tannarxi asosida tarmoq bo’yicha o’rtacha hisoblangan 
ko’rsatkichdir. 
Tannarx iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
- mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq barcha xarajatlarni hisobini va 
ularni nazoratini olib boradi; 
- mahsulotlar narxini belgilashning asosi bo’lib xizmat qiladi; 
- foyda, rentabellikni hamda soliqlarni aniqlashga asos bo’ladi; 
- qishloq xo’jaligiga investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini iqtisodiy baholashda 
asos bo’ladi; 
- boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. 

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling