87
13-BOB. AGROSANOAT MAJMUASIDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYoTI VA
INTENSIVLASHTIRISH
13.1. Intensivlashtirishning iqtisodiy mohiyati
13.2. Fan-texnika taraqqiyoti va intensivlashtirish
13.3. Qishloq xo’jaligining intensivlashtirish darajasi va iqtisodiy samaradorligini
ifodalovchi ko’rsatkichlar
13.4. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning asosiy yo’nalishlari
13.1. Intensivlashtirishning iqtisodiy mohiyati
Iqtisodiy fan ishlab chiqarishni rivojlantirishning ikki yo’lini bir-biridan farq qiladi.
Birinchi yo’l ekstensiv rivojlanish yo’li bo’lib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining
ko’payishi ishlab chiqarish jarayoniga yangi va yangi resurslar (er, chorva mollarining soni
va h.k.) jalb qilish hisobiga ta’minlanadi. Bunda mahsulot hajmining ko’payishi asosan
ishlab chiqarish omillarining ko’payishi hisobiga yuz beradi. Bu yo’lning imkoniyatlari
cheklangan. CHunki barcha ishlab chiqarish resurslari – yer, suv, mehnat resurslari, texnika,
xomashyolar, barcha-barchasi cheklangan.
Qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanishi – bir gektar yer yoki bir bosh chorva moliga
sarflanayotgan mehnat va moddiy sarflarni oshirish evaziga mahsulot ishlab chiqarishni
ko’paytirishdir. Bunda yer birligi yoki bir bosh chorva moliga sarflanadigan mehnat va
moddiy xarajatlar samarasiz o’sishi mumkin emas degan qoida amal qilishi zarur. Intensiv
rivojlanishning iqtisodiy mohiyati shundaki, sarflanayotgan mehnat va moddiy
xarajatlarning o’sishiga nisbatan olinayotgan mahsulot miqdori tezroq o’sishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir birligi tannarxi nisbatan
kamayib borishi lozim.
13.2. Fan-texnika taraqqiyoti va intensivlashtirish
Fan-texnika taraqqiyoti deganda fanning, texnikaning va texnologiyaning barqaror
rivojlanib borishi tushiniladi. Boshqacha qilib aytganda, fan-texnika taraqqiyoti – mavjud
bilimlar natijasida ularning boyitilishi va boyitilgan bilim asosida yangi unumli texnikalar,
progressiv texnologiyalarning yaratilishidir. Oldingisiga qaraganda unumli texnika va
texnalogiyalar yaratilishi natijasidagina intensivlashtirish cheksiz rivojlantirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida innovatsion faollikni oshirish maqsadga
muvofiq. Innovatsion faollikni bugungi kun iqtisodiyoti talab qiladi. Innovatsion faollik
mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumotlarga
qaraganda respublika korxonalarining 5 foizi innovatsion faol hisoblanadi. Yevropa
davlatlarida esa bu ko’rsatkich 80-87% ni tashkil etadi.
Har qanday davlatning iqtisodiyoti, uning raqobatbardoshligi fan-texnika taraqqiyoti
darajasi eng avvalo bilan belgilanadi.
Mamlakatni istiqbolga rivojlantirish damsturlarida yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash, soha fanlarini ustun darjada rivojlantirish eng muhim ustivor yo’nalish bo’lib
belgilanishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |