O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida mahsulotlar ishlab chiqarish
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyodagi o’rni Makkajo’xori 256,9 42,2 1 Go’sht 37,6 16,1 2
- 10,7 3 Paxta (xomashyo) 5,2 20,6 2 Tovuq tuxumi 5,1 9,9 2
18.3. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida mahsulotlar ishlab chiqarish
Amerika Qo’shma SHtatlarida asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va uning dunyo qishloq xo’jaligidagi o’rni Mahsulotlar Mln.tn Dunyodagi ulushi, % Dunyodagi o’rni Makkajo’xori 256,9 42,2 1 Go’sht 37,6 16,1 2 Qoramol suti 76,3 16,1 1 Soya 85,8 47,3 1 Bug’doy 63,5 10,7 3 Paxta (xomashyo) 5,2 20,6 2 Tovuq tuxumi 5,1 9,9 2 Pomidor 12,2 12,5 2 Kartoshka 21,1 7,5 4 112 18.4. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini taribga solish va qo’llab- quvvatlash Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini tartibga solish va qo’llab-quvvatlash maqsadida Kongressda har to’rt yilda “Fermer xo’jaligi to’g’risida” yangi qonun qabul qilinadi. Bu qonunlarda xususiy investorlarning investitsiyalarini qishloq xo’jaligi u yoki bu sohasiga jalb etish rag’batlantiriladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarining tushishiga asosiy sabab qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi sanaladi. SHu sababdan yerlarni bo’sh qoldirishga rag’batlantirish siyosati ham olib boriladi. Bu jarayon 1933 yildan boshlangan. Yerining bir qismini oborotga kirgazmagan fermerlar uchun maxsus sub’sidiyalar berish nazarda tutiladi. Barqarorlik qarzlari. Amerika Qo’shma SHtatlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxini bir me’yorda (barqaror) ushlab turishga alohida e’tibor beriladi. Misol. Kongress bir bushel makka doni uchun 2,55 dollar narx o’rnatadi. Fermer shu dasturga yoziladi va unga har bir bushel makka uchun 2,55 dollardan qarz beriladi. Fermer yetirilgan makkani davlatga topshiradi. Agarda bozorda narx 2,55 dollardan ortib ketsa, fermer davlatga topshirgan makkasini qaytarib olishi mumkin. Erkin bozorda sotadi va narxning farqi yana ularda qoladi. Aksincha narx 2,55 dollardan tushib ketsa, makkani olmaydi va olgan qarzini qaytarmaydi. Davlat makkani zaxiraga qo’yishi yoki o’z zarariga sotishi mumkin. Kompensatsiya to’lovlari. Kongress turli mahsulotlar uchun “reja narxlari”ni e’lon qiladi. Kompensatsiya to’lovlarini olish sharti fermer ma’lum yerlariga ekin ekmasligi lozim. Agarda bozor bahosi o’rnatilgan “reja narxlar”dan past bo’lsa, farqini davlat to’laydi. Bir yilda bir fermer xo’jaligi uchun maksimal kompensatsiya to’lovi 50000 dollardan oshmasligi kerak. Bu to’lov paxta, don, sut va go’sht mahsulotlariga ta’luqlidir. SHu maqsadda ajratilgan 20 milliard dollardan fermerlar kam foydalanishdi. Har 5 ta fermerdan 1 tasi foydalanganligini ko’rish mumkin. Bunda ma’naviy masala (davlatning resurslaridan tekinga foydalanish yaxshi emas degan fikrni) ham yuqori ekanligini ko’rish mumkin. Bozor kvotalari (cheklovlari). Ayrim mahsulotlar, jumladan, apelsin va limonlar bilan savdo qilishda to’g’ridan-to’g’ri cheklovlar mavjud. Bunda har haftada qancha mahsulot sotish belgilab qo’yiladi. SHu yo’l bilan ularning fermerlar uchun sotish bahosini oshirish imkoni tug’iladi. Kvotalar shtat yoki hududning ishlab chiqaruvchilar komitetlari tomonidan belgilanadi. O’sha hududdagi apelsin va limon ishlab chiqaruvchi fermerlar kvotaga ovoz berishadi va uning natijasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangandan yuridik kuchga ega bo’ladi. Bu holatni buzgan fermer qonun oldida javobgar bo’ladi. Fermalarni kreditlash. Bu borada 1916 yildayoq maxsus qonun qabul qilingan. 1933 yilda yangi qonun qabul qilindi va unda davlatning roli kuchaytirildi. Fermer davlat, koperativ va xususiy kredit manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Fermer xo’jaliklarini kreditlashning federal tizimga 3 guruh banklar xizmat qiladi. Ko’chmas mulk sotib olishga; qishloq xo’jaligi inventarlari va urug’lik sotish olishga; kooperativlarni kreditlash. Mamlakat 12 ta zanaga taqsimlangan va har birida 3 guruhdagi banklar yuqoridani yo’nalishlarni kreditlaydi. Bu maqsadlarda past foizli stavkalarda kreditlar beriladi. Erni (tuproqni) konservatsiya qilish. Fermer dasturga kirib yeriga o’t eksa davlat tomonidan kompensatsiya beriladi. Yerni erroziyadan saqlash, dam oldirish maqsadida amalga oshiriladi. 113 Irrigatsiya va suv bilan ta’minlash. 16 ta g’arbiy shtat yerlariga davlat kanallari va dambalari yorldamida suv chiqariladi. Bu sub’sidiya yordamida 18 foiz paxta, 14 foiz arpa, 12 foiz sholi va 3 foiz bug’doy yetishtiriladi. Ayrim shtatlarda fermrlarga soliq imtiyozlari ham beriladi. Bu jarayonlar tanqid ostiga ham olinmoqda. Sabab bu yordamlar erkin bozor iqtisodiyoti talablariga mos emas. Davlat qishloq xo’jaligini tatibga solishga aralashuvni yo’q qilish lozim, ayniqsa ortiqcha mahsulotni sotib olish va fermerlarni to’g’ridan-to’g’ri kreditlashdagi yordamni to’xtatishi lozim deb hisoblashadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling