O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

17.2. Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini 
qo’llab-quvvatlash mexanizmi 
 
Evropa hamjamiyatiga a’zo davlatlar o’rtasida olib borilayotgan yagona agrar siyosat 
o’ziga xos mexanizimlar bilan tartibga solinib turiladi. Ularning asosini qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining narxlarini yagona bozorda qo’llab-quvvatlab turish tashkil etiladi. 


108 
Uning asoslaridan biri maqsadli narxlardir. Maqsadli narxlar bozori mahsulot eng kam 
ta’minlangan joylarda xohish asosida o’rnatilishi mumkin bo’lgan narxdir. Donchilikda 
shunday narx o’rnatilgan joy Germaniyaning Disburg shahri deb qabul qilingan. 
Disburg shahri don bilan nisbatan yaxshi ta’minlanmagan zona hisoblanar ekan. 
Asosiy don ishlab chiqaruvchi zona deb Frantsiyaning shimoliy qismida joylashgan Orme 
shahri qabul qilingan. Maqsadli narxlar har yili Yevropa Hamjamiyatining Vazirlar 
kengashi tomonidan o’rnatiladi va u barcha hisoblanganing asosida yotadi. Interventsion 
narxlar maqsadli narhlardan past o’rnatiladi. Uning asosiy maqsadi ichki narxlarning 
ma’lum miqdordan pasayib ketmasligini ta’minlashdir. Maqsadli narxlar bilan interventsion 
narhlar bilan interventsion narxlar o’rtasidagi farq donni Orme shahridan Disburg shahriga 
olib kellish bilan bog’liq xarajatlar miqdorida bo’ladi. Agarda bozorda narx interventsion 
narxlardan past bo’lsa, interventsion idoralar o’z ishini boshlaydi. Ya’ni ular donni 
fermerlardan interventsion narxlarda sotib ola boshlaydilar. Bozor narxi interventsion 
narxdan yuqori bo’lgan taqdirda fermerlar o’z mahsulotlarini bozorda erkin sotadilar. 
Interventsion idoralar sotib olgan mahsulotlarini zaraga bo’lsada, chetga eksport qiladilar. 
SHunday qilib, interventsion narxlar Yevropa bozorida shakllanadigan narxlarning pastgi 
chegarasini belgilaydi. Interventsion narxlar dunyo narxlaridan past bo’lishi katta salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. U holda chetdan mahsulotlar kirib kelishi kuchayadi. SHu 
sababli ikkinchi darajadagi himoya tartibi o’rnatiladi. Bu himoya tartibi ostona narxlari 
orqali amalga oshiriladi. Uni ba’zida minimal import narxlari deb ham yuritiladi. Ostona 
narxlari mahsulotni asosiy iste’mol qiluvchi zonaga uni jo’natadigan asosiy portdan olib 
kelish xarajatlarini maqsadli narxlardan ajratish natijasida aniqlanadi. Donchilikda asosiy 
don iste’mol qiladigan zona Disburg shahri, donni jo’natadigan asosiy port esa Rotterdam 
deb qabul qilingan. Ostona narxlari o’zgaruvchan import tarifini aniqlashning asosi 
hisoblanadi. O’zgaruvchan import tariflari ostona narxlari bilan dunyo narxlari o’rtasidagi 
farq sifatida aniqlanadi.
Evropa Hamjamiyati davlatlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari importi bilan bir qatorda 
ularning eksporti bilan ham shug’ullanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining dunyo 
narxlari, odatda, Yevropa davlatlaridagidan ancha past. Bunday holda eksportni amalga 
oshirish ma’lum zararlar bilan bog’liq. Ushbu zararlarni qoplash uchun eksport bilan 
shug’ullanganlarga eksport subsidiyalari beriladi. Eksport subsidiyasi dunyo narxlari bilan 
interventsion narxlar o’rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Fermerlar eksport bilan 
shug’ullanishlari uchun maxsus tenderda ishtirok etadilar va uni yutib chiqqanlarga eksport 
bilan shug’ullanish huquqi beriladi. Faqat tenderda yutib chiqqanlargagina eksport 
subsidiyalari beriladi. 



Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling