O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi navoiy pedagogika kolleji


Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish


Download 0.64 Mb.
bet110/209
Sana24.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1717972
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209
Bog'liq
Navoiy pedagogika kolleji

Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish. O‘rta guruhda bolalarni narsalarning shakllarini geometric namunalar bilan solishtirib ko‘rishga katta ahamiyat beriladi. Bolada
u yoki bu narsaning shakli qaysi geometrik figuraga yoki geometric figuralaming qaysi birikmasiga to‘g‘ri kelishini ko‘ra olish qobiliyati o‘stiriladi.
Bolalar oldin geometrik figuralarni ularga o‘xshash shakldagi narsalar bilan solishtirib ko‘rishni mashq qiladilar. Ular figuralaming modellariga mos narsalarni tanlab oladilar. Geometrik figuralarni boshqa narsalardan ajratib olishga, ularga namuna ma'nosini berishga mana shunday qilib erishiladi.
«Xuddi mana shunday shakldagi narsani top», «Men aytgan narsani top» va boshqa shu kabi o‘yin mashqlari o‘tkaziladi. Bolalar narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan bevosita taqqoslashdan ularning shakllarini so‘z bilan ta’riflashga o‘tadilar.
Mashqlar uchun avval oddiy shaklda bo‘lgan detallari yo‘q narsalar tanlab olinadi. Bir turdagi (har xil shakldagi geometric figuralar, taxtachalar va shu kabilardan) va har xil turdagi narsalar (kvadrat shaklli ro‘mol, to‘g‘ri burchakli sharfcha, uchburchakli ro‘mol, galstuk)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar ko‘rsatilgan shakldagi (4-5 dona ichidagi) narsalarni tanlab oladilar; tegishli shaklga ega bo‘lgan narsalar tasvirlangan rasmlami tanlab oladilar; jadvalda qaysi shakldagi narsalarning rasmi chizilganligini aytadilar. Keyinchalik ularga xonaning ma’lum joylaridan aytilgan shakldagi narsalarni topish («Qarangchi, tokcha ustida qutiga o‘xshash narsalar bormikan?») taklif qilinadi. «Guruh xonasi bo‘ylab sayohat», «Yashirilgan narsani top» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi.
18.Mavzu: O‘rta guruh yoshidagi bolalarni tevarak

atrofda mo`ljal olishga o`rgatish.

Reja
1.Narsalaming fazoviy joylashuvini belgilash.
2.«Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so'zlari haqida tasavvur hosil qilish.
O‘rta guruhda bolalar u yoki bu narsalaming yuqorida, pastda, oldinda, orqada. chapda, o'ngda jadallashganligini aniqlay olishni o'rganishi kerak. Fazoviy yo'nalishlami farq qilishda taqqoslashni aniqlash asos bo‘lib xizmat qiladi. 0‘quv yili boshida bolalarning alrof-muhitga munosabati qay darajada ekanligi tckshirib ko'riladi va bu ko'nikma mustahkamlanadi.
O‘ng va chap qo'lni farq qilish mashqlariga katta e’tibor beriladi, chunki chap hamda o‘ng nirna ekanini bilish mazkur yoshdagi bolalar uchun ancha qiyinlik qiladi: qo‘1 bilan old tomonni, orqa tomonni, yuqorini, pastni, chapni, o‘ngni ko'rsa- tish ko'nikmalari mustahkarnlanadi.
Narsalaming fazoviy joylashuvini belgilash.
Bolalarni turgan joylariga nisbatan, oldinga, orqaga va shu kabi yo'nalishlami ko'rsatishga o'rgatib bo'lgach, ularga narsalar o'zlarining qaysi tomonlarida turganligini (oldinda, oldi lomonda, orqa tomonda, orqasida, chapda. o'ngda, yuqorida, pastda) aniqlashni mashq qildirishga o'tish mumkin. Awal bolalarga ulaming qarama-qarshi tomonlarida, oldinda—orqada, o'ngda—chapda turgan faqat ikkita o'yinchoq yoki buyumning joylashish o'rnini aniqlash taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsalaming soni 4 tagacha ko'paytiriladi. Narsalar oldin boladan unchalik uzoq bo'lmagan masofada («yonida») joylashtiriladi. Asta-sckin bu masofa orttirib boriladi.
Bola narsalaming turgan joyini aniqlab bo'lgandan so'ng unga chap va o'ngga (90°), keyin esa orqaga (80") aylanish taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsa bolalarga narsalar o'zlarining qaysi tomonlarida joylashganini aniqlashda nisbiylik borligini tushunib olish imkonini beradi. Bola chapga burilsa, stol cndi uning chap tomonida emas. balki o'ng tomonida bo'ladi. Bolalarning harakatlari va joydan- joyga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan mashqlar eng samarali mashqlardir.
Narsalaming mashqlari mashg'ulotlarda ham, kundalik hayotda ham amalga oshiriladi. «Nima qayerda turibdi, top?», «Kim ketdi va u qayerda turgan edi?» kabi didaktik 0‘yinlar o'tkazishga katta ahamiyat beriladi.
Bolalar asosiy fazoviy yo'nalishlarni farq qilish va nomini aytishni bilib olganlaridan keyin ulami ko'rsatilgan yo'nalishda harakat qilishga o'rgatiladi. Buning uchun awal «Qayerga borasan,
nima lopasan?» o'yinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu o'yinning maqsadi bolalarga asosiy fazoviy yo'nalishlami arnaliy farq qilishni va bclgilashni mashq qildirishdir.
Tarbiyachi bolaning turadigan joyini (oldinda, orqada, chapda, o'ngda) taxminiy hisobga olib, xonaning turli joyiga o'yinchoqlami yashirib qo'yadi. Masalan: bola parda (ko'chma pardacha) orqasidagi ayiqchani va qalamni tokchaga yashirib qo‘yadi va hokazo.
Tarbiyachi bolalarga topshiriqni tushuntirib: «Bugun sizlar yashirib qo'yilgan o'yinchoqlami topishni o'rganasizlar», — deydi va bir bolani chaqirib: «Oldinga yursang ayiqchani topasan, orqaga yursang qalamni topasan. Sen qayoqqa borishni istaysan va u yerdan nima topasan?», — deydi.
Bola yo'nalishni tanlab olishi, uning nomini aytishi va shu yo'nalishda borishi kerak. U o'yinchoqni topgach, qaysi o'yinchoqni va qayerdan topganini aytadi. («Men orqaga yurdim va tokchadan qalamni topdim».)
«Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so'zlari haqida tasawur hosil qilish.
Bolalar «yaqinroq», «uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so'zlari haqi- dagi tasavvurlarga o'yinchoqlar va narsalar bilan u yoki bu ishlami bajarish davomida ega bo'ladilar. «Kimning koptogi uzoqroqqa yumaladi? Qani, kim uzoqqa otdi?» — kabi savollar bolalar c’ti- borini masofaga jalb ctadi. Ular yaqinroq, uzoqroq, yaqin, uzoq kabi so'zlaming ma'nosini asla-sckin o'zlashtira boradilar.
Qog'oz varag'ida va stol yuzasida tasawur qila bilishga o'rga- tish. O'rta guruhdagi matematika mashg'ulotlarida bolalarda qog'oz varag'ida va stol yuzasi ustida tasawur qilishni o'stirishga katta e’tiborberiladi. Birinchi mashg'ulotlardan boshlaboq ularga sanoq kartochkasining yuqorigi va pastki doskasini topish, ma’lum miq- dordagi predmetlami yuqoriga harnda pastga yoki chap va o'ngga terib qo'yish topshiriladi.
Qog'oz varag'ida va stol yu/asida tasavvur qila bilishga o'rga- tish. O'rta guruhdagi matematika mashg'ulotlarida bolalarda qog‘oz varag'ida va stol yuzasi ustida tasavvur qilishni o'stirishga katta e’tiborberiladi. Birinchi mashg'ulotlardan boshlaboq ularga sanoq kartochkasining yuqorigi va pastki doskasini topish, ma’lurn miq- dordagi predmetlarrii yuqoriga hamda pastga yoki chap va o'ngga terib qo'yish topshiriladi.
Stol ustida geometrik figuralarning fazoviy joylanishini aniq- lashga va belgilashga, joylanishni cslab qayta tiklashga bolalarni o'rgatish maqsadida maxsus mashg'ulotlar o'tkaziladi. Namuna ma'lum tartibda ko'rib chiqiladi. Bolalarawal markazda (o'rtada) joylashgan flguraning, kcyin csa uning yuqorisida va pastida yoki chap hamda o'ng tomonida joylashgan flguraning nomini aytadilar; bezakni ularni tegishli tartibda taxlaydilar. 3 dan 5 tagacha bo'lgan geomctrik figura tasvirlangan ko'rgazmalardan foydalaniladi. Mashqlar ham ommaviy, ham bolaiaming kichik guruhlari bilan 0‘tkaziladi.
Tekislikda mo'ljal olish, rasmlami chapda, o'ngda yoki 0‘rtada, yuqorida va pastda o‘zaro joylashuvini aniqlash ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun «Juft suratlar» tipidagi o'yinlar o'ynaladi. Bola awal ko‘rgazmada tasvirlangan 3 ta o'yinchoqning qanday joylashganligini ta’riflab bcrishi, keyin esa juft rasmlami topishi kerak.
Fazoda mo'ljal ola bilish vaziyatlaridan foydalanish. Fazoda mo'ljal ola bilishni o'rgatish uchun maxsus mashqlar bilan bir qatorda, turli xil hayotiy vaziyatlardan ham kcng foydalaniladi. Fazoviy yo'nalishlarda mo'ljal olish har qanday amaliy harakatning zaruriy komponentidir.
Tegishli mashqlar uchun fizkultura va musiqa mashg'ulotlari, crtalabki gimnastika hamda harakatli o'yinlar katta imkoniyat beradi.
Fazoda aniq mo'ljal qila bilish harakatli mashqlarni to'g'ri bajarishni ta’minlaydi. Pcdagog harakat yo'nalishini doimo ko'rsatib turadi: «Chapga (o'ngga) buriling, yuqoriga ko'taring!» va hokazo.
19.Mavzu: O‘rta guruh yoshidagi bolalarni vaqtni chamalash


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling