O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–texnologiya instituti


Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar


Download 55.56 Kb.
bet11/14
Sana25.10.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1721735
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Namangan muha-www.fayllar.org

Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar-uzluksiz ishlaydigan qurilmalar qatoriga kiradi va mayda, sochiluvchan, donador nam materiallarni quritish uchun keng ko’lamda ishlatiladi. Bunday qurilmalarda sirtiy va bog’langan ma­teriallarni suvsizlantirish mumkin. Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar vertikal va gorizontal, bir yoki bir necha sektsiyali qilib yasaladi. Uzluksiz ishlaydigan, bir sektsiyali mavhum qaynash qatlamli quritkich keltirilgan.
Nam material uzluksiz ravishda quritkichga uzatiladi. Kaloriferda qizdirilgan issiqlik eltkich ventilyator yordamida gaz taqsimlovchi teshikli panjara ostiga haydaladi. Quritish jarayoni ushbu panjara yaqinidagi zonada yuz beradi. Quritilgan material to’kish patrubkasi orqali chikariladi. Ishlatib bo’lingan gaz tsiklonda tozalanib, quritkichdan atmosferaga chiqazib yuboriladi.
Mavhum qaynash qatlamli quritkich kamchiliklari: materialni quritish bir tekisda emas. Bu kamchilikni bartaraf qilish uchun ko’p sektsiyali yoki o’zgaruvchan ko’ndalang kesimli quritkichlardan foydalaniladi.
Ushbu turdagi qurilmalarda material qurishi bir tekisda bo’ladi. Konussimon quritkichlarda tartibli tsirkulyatsiya vujudga keladi, ya’ni zarrachalar qurilmaning markaziy qismida tepaga ko’tariladi va chekka qismida esa pastga qarab tushadi. Natijada material bir tekisda qiziydi va kameraning ishchi balandligi kamayadi.
Hozirgi kunda mavhum qaynash qatlamli quritkichlar kimyoviy texnologiyada mineral va organik tuzlar, yopishib qolishga moyil, masalan sulьfat ammoniy, polivinilxlorid, polietilen va boshqa polimerlarni, hamda pastasimon materiallar (pigment, anilinli bo’yovchi moddalar), eritmalar, suspenziyalarni quritish uchun ishlatiladi [65].
Purkovchi quritkichlar-eritma, suspenziya va pastasimon materiallarni quritish uchun qo’llaniladi. Purkab quritish usulida sut kukuni, sut-sabzavot kontsentratlari, xamirturish, tuxum kukuni va boshqa mahsulotlar olinadi.
Bunday quritkichlarda material maxsus moslamalarda purkaladi va issiqlik eltkich oqimida quritiladi. Materialning quritish zonasida bo’lish vaqti juda kisqa, lekin yuqori darajada maydalanganligi va namlikning butlanish tezligi kattaligi, uning tez qurishiga olib keladi. SHuning uchun, purkovchi quritkichlarda yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni qo’llash mumkin.
Quritish natijasida olingan mahsulot bir xil dispers tarkibli, sochiluvchan va mayda dispers buladi.
Purkovchi quritkichlar kamchiliklari: gabarit o’lchamlari va energiya sarfi katta. Materialni purkash mexanik yoki pnevmatik purkagichlar yordamida, hamda aylanish chastotasi 4000... 20000 ming bo’lgan markazdan qochma diskda amalga oshiriladi. Quritkichda materialning bo’lish vaqti 50 s dan ortmaydi. SHu qisqa vakt ichida issiqlik va massa almashinish jarayoni yuz beradi.
Purkovchi quritkichlarda fazalar parallel va qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanishi mumkin. Bunday quritkichlar afzalliklari: yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni ham qo’llash mumkin.
Kamchiliklari: issiqlik eltkich sarfi katta bo’lgani uchun energiya va metall sarfi ham nisbatan yuqori; solishtirma namlik olish ko’rsatkichi juda past, ya’ni 20 kg/m3; material quritkich devorlariga yopishib qoladi; issiqlik eltkich tezligi nisbatan kichik, chunki katta tezliklarda mayda zarrachalar uchib ketadi.


Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling