O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–texnologiya instituti


Download 55.56 Kb.
bet6/14
Sana25.10.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1721735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Namangan muha-www.fayllar.org

Turshak tayyorlash texnologiyasi. O’zbekistonning janubi-g’arbiy viloyatlarida quyidagi o’rik navlari turshakbop hisoblanadi: “Yubiley-niy “Navoiy”, “Ko’rsodiq“, “Sovetskiy”, “Yakobiy”, “Ruxiy juvonan”, “Komsomol skiy”, “Subxoniy”, “Xurmoniy”, “Iskandariy”, “Moxtobiy”, “Bodomi”, “Gulongi bodomi” va boshqalar. O’rikni quritish usullariga qarab undan turshak, kuraga va qaysa olinadi. Turshak danagi bilan quritilgan o’rikdir. Turshak quritish hosilni uzish, tashish, saqlash, navlarga ajratish, kalibrovka qilish, yuvish, qaynoq suvga botirib olish, dudlash, quritish, namini baravarlash, idishlarga joylash va saq-lashdan iborat.
Nami standart bo’yicha 16 % ga keltirilgan mahsulot 25 kg.li karton qutilar yoki kraft xaltalarga joylashtiriladi. Turshak harorat 0-10 darajada, nisbiy namligi 60-65 % bo’lgan toza omborda saqlanadi.


Qaysa tayyorlash texnologiyasi. qaysa — danagini olib, quritilgan o’rikdir. qaysa yirik mevadan tayyorlanadi. Uni tayyorlash usuli tur-shaknikidan farq qilmaydi. Masalan, mevalar podnoslarda dudlangan qu-ritish maydoniga qo’yiladi va ular bir-ikki kun turib yana ochiq may-donda saqlanadi. Bir-ikki kundan so’ng ular ag’darib, danagi olingach, og’zi yopib qo’yiladi. Bir kundan keyin podnoslar shtabelga olinadi va me-valar soyada quritiladi. Bundan keyingi ishlar turshak tayyorlashdan farq qilmaydi. qaysa 8-13 kunda yetilib, xom ashyoning 20-27 % i miq-dorida mahsulot olinadi.

Kuraga tayyorlash texnologiyasi. Kuraga ikkiga yorib quritilgan o’rikdir. U yirik mevalardan tayyorlanadi. O’rikni terish, tashish, saq-lash, navlarga ajratish va yuvish turshak tayyorlashdan farq qilmaydi. Yaxshilab yuvilgan o’rik chizig’idan ikkiga ajratilib danagi olinadi. Bu ish qo’lda bajariladi.
Meva pallachalari qaynoq suvda 45-60 daqiqa tutiladi, ichi tomo-nini ustga qaratib podnoslarga teriladi va oltingugurt bilan dudlanadi. Har bir kilogramm mevaga 1.5-2 gramm oltingugurt ishlatiladi, dudlash 45-60 minut davom etadi.
Inson hayotida vita’minlarning roli katta, ular fiziologik zarur moddalar hisoblanadi. Lotincha “vita” – hayot degan ma’noni bildiradi. Kishining o’rtacha faoliyati uchun 20 ga yaqin turli vita’minlar zarur hisoblanadi. Ular orasida, ayniqsa, V1 (tiamin), V2 (riboflavin), S (askorbin kislota), A (retinol), shuningdek, Ye (tokoferol) vitaminlari eng zarurlaridir. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida vitaminlari ko’pligi bo’yicha mevalar birinchi o’rinni egallaydi va ularning asosiy manbai hisoblanadi [--].
Mevalar tarkibidagi organik (ayniqsa, olma, limon, vino) kislotalar, fermentlar, efir moylari va boshqa xushbo’y moddalar kishi ishtahasini ochib, oqsillar, uglevodorodlar va moylarning so’rilishini yaxshilaydi. Ularni normal ishlashlari uchun ovqatlar tarkibida hazm bo’lmaydigan ballast chiqindi moddalar ham bo’lmog’i lozim. Bunday moddalarni ham organizmga mevalar yetkazib beradi.



Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling