O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–texnologiya instituti


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari


Download 55.56 Kb.
bet4/14
Sana25.10.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1721735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Namangan muha-www.fayllar.org

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: “AFRUZ KAMOL NABI” MCHJ korxonasida mavsumda yetishtirilgan mevalarni quritishda rotatsion usullardan foydalanib, maxsulotga birlamchi ishlov berish evaziga quritish davrini qisqartirish, ya’ni quritish texnologiyasida mahsulotlarga rotatsion usullardan foydalanib (yuqori samarador 1.1 mkm to’lqin uzunligiga ega bo’lgan) birlamchi ishlov berish jarayonini qo’llash ilmiy ishning maqsadi hisoblanadi.

Tadqiqot davomida quyidagi vazifalar bajariladi:
- Danakli mevalarni kimyoviy va fizik xossalarini taxlil qilish;
- Rotatsion usulda dastlabki ishlov berishni namlikni o’zgarishi va quritish davriga ta’sirini o’rganish;
- Rotatsion usulda dastlabki ishlov berishni ob’ekt tarkibidagi komponentlarga (qand, askorbin kislotasiga) ta’sirini o’rganish;
- Taklif etilayotgan texnologiyaning ana’naviy usulga nisbatan solishtirish;
Tadqiqot ob’ekti va predmeti.

Tadqiqot ob’ekti – olxo’ri va o’rik mevasi tadqiqot ob’ekti sifatida tanlangan, sababi bu xomashyolar turli xil fizik-kimyoviy xususiyatlarga egaligi, olxo’rini vitaminga boyligi, o’rikni mono va disaxaridlarga boyligi qaysidir ma’noda olingan natijalarni mevalar uchun umumiy qabul qilish imkonini beradi. Bundan tashqari ushbu xomashyolarni mintaqada mo’l yetishtirish imkoniyati mavjud.

Tadqiqot predmeti – “AFRUZ KAMOL NABI” MCHJ korxonasidagi quritish sexining texnologik liniyasida quritish jarayonidan oldin qisqa muddatli infraqizil (IQ) nurlar va O’ta yuqori chastotali (O’YCH) bilan maxsulotga 1÷1,5 daqiqa davomida ishlov berish xamda olingan natijalarni taqqoslash; [ ].

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati:
Ilmiy ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, katta miqdorda yetishtiriladigan meva maxsulotlari bilan axolini yil davomida ta’minlash, eksport saloxiyatini oshirish maqsadida texnologiyaning elementlari o’rganiladi, hamda ishlab chiqarishga tegishli tavsiyalar beriladi. Izlanishlar natijasida sifatli quritilgan mevalar “AFRUZ KAMOL NABI” MCHJ korxonasida kelgusida ishlab chiqarishga joriy qilinadi va iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi[ ].



Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling