O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi trx fu-19 guruh talabasi Hamidova Naimaning


Download 251.73 Kb.
bet1/6
Sana05.09.2023
Hajmi251.73 Kb.
#1672823
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Ijtimoiy fanlar fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi TRX FU-19 guruh talabasi Hamidova Naimaning

Manbashunoslik va tarixshunoslik


fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Nasaviyning "Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi" asari manba sifatida


Bajardi: N.Hamidova
Qabul qildi: B.Qurbonov
Mavzu: Nasaviyning "Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi" asari manba sifatida
I. Kirish.
II.Asosiy qism:
I.bob. Jaloliddin Manguberdi tarixining tadqiqi
1.1 Jaloliddin Manguberdi vatanparvar siymo
1.2Jaloladdin Manguberdining vatanimiz tarixida tutgan o’rni va roli
II.bob.Jaloliddin Manguberdi siymosining tarixiy adabiyotlarda aks etishi.
1.1 Nasaviy - sulton haqida yozilgan ishonchli manba muallifi
1.2Tarixshunoslikda Jaloladdin Manguberdining ahamiyati
III.Xulosa
Kirish.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko’rsatgan misilsiz jasorati, vatanga va o’z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi (1998 y.). Qarorga ko’ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o’rnatildi, yirik ko’cha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qo’yildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, dostonlar yaratildi.
Prezidentimiz Islom Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi munosabati bilan 1998 yili bu siymoning “o`lmas ibrati bugungi kunda ham yurtimizning tinchligi, xalqimizning omonligi, sarhadlarimizning dahlsizligini ko`z qorachig`day asrab kelayotgan dovyurak askarlarimiz el-yurt posbonlari, jasur o`g`lonrimiz shijoatida namoyon ” bo`layotganini katta fahr bilan qayd qilgandi.
Bugungi kunda tarixga moziyga nisbatan munosabat butunlay o’zgardi. Endilikda uni yaxshi yomonlarga ajratmay ,har xil sinflarga bo’lmay ,qanday mavjud bo’lsa,shunday yaxlit holda xolis haqqoniy aniq faqtlar asosida dunyo tarixi bilan birgalikda o’rganish talab qilib qo’yildi.Shu asnosda Jaloladdin Manguberdi siymosi vatanimiz tarixini yoritishda katta ahamiyatga ega. Bu buyuk siymo haqida bugungi kungacha juda ko’plagan tarixiy adabiyotlar yaratilgan bo’lib,bu adabiyotlarning barchasida bu vatanparvar siymoning vatan oldida qilgan ishlari va shaxsiy hislatlari to’g’ri va haqqoniy ravishda tasvirlab berilgan.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1999-yilda Jaloladdin Manguberdi tavalludining 800-yilligini nishonlash to’g’risida farmon chiqardi.Shu asosda Vazirlar Mahkamasining bu haqda qarori qabul qilindi. Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazmshohlar davlati (1097-1231 yillar)ning ko’p yillik tarixi o’sha davr musulmon tarixchilari tomonidan yozilganqator asarlarda o’z aksini topgan. Ular asosida ushbu sulolaning so’nggi vakili, buyuk sarkarda Jaloladdin Manguberdi hukmronligi, uning mo’g’ul istilochilariga qarshi qahramonona kurashi hamda G’arbiy Osiyo sarhadlaridagi faoliyatini kuzatish va tahlil elagidan o’tkazish mumkin. Ayrim manba va adabiyotlarda qahramonimizning ismi Mangburni shaklida ham keltiriladi.Bu manbalar orasida Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi (kotib al-insho)Shahobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub «Sirat as-Sulton Jaloliddin Mangburni» («Sulton Jaloliddin Mangburnining tarjimayi holi») nomli asar alohida o’rin tutadi. Dunyo qadimshunosligiga nazar tashlaydigan bo’lsak bu mard,Vatan ozodligi yo’lida fidoyi inson hayoti ,faoliyati haqida juda ko’plagan asrlar borligini ko’ramiz.uhaqdagi XIII asrdan to hozirgacha yaratilgan asarlarni sanaydigan bo’lsak ,ular salkam 500 jildga yaqin kitobni tashkil qiladi.Bu asrlarni shartli ravishda ikki davrga :birinchi davri-XIII-XVIII asrlarda yozilgan bitiklarga;ikkinchi davri-XVIII-XX asrlarda yaratilgan asrlarga bo’lib o’rganish mumkin.

Download 251.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling