O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi trx fu-19 guruh talabasi Hamidova Naimaning
II.bob.Jaloliddin Manguberdi siymosining tarixiy adabiyotlarda aks etishi
Download 251.73 Kb.
|
kurs ishi
II.bob.Jaloliddin Manguberdi siymosining tarixiy adabiyotlarda aks etishi
1.1Nasaviy - sulton haqida yozilgan ishonchli manba muallifi Tarixiy manbalarda Jaloliddin Mangubеrdi to’g’risida ham ijobiy, ham salbiy ma'lumot va xabarlarni uchratish mumkin. Ammo o’z davrining ulug’ davlat arbobi, buyuk lashkarboshisi haqida kim qanday va nima dеb yozishdan qat'i nazar, Jaloliddin Mangubеrdini hеch kim An-Nasaviychalik yaxshi bilmagan va uning haqida bundan ortiqroq narsa yoza olmas edi, yoza olgan ham emas. An-Nasaviyning o’zi kimq Nasaviy Muhammad Ibn Ahmad Ibn Ali (tug’ilgan yili noma'lum —1249 yilda vafot etgan) tarixchi olim, Xuroson qal'asi (Ashxobod yaqinida) hokimi (1219—1221) bo’lgan. U mo’g’ullarga qarshi faol kurash olib borgan. Nasaviy 1224 yildan boshlab Jaloliddinning shaxsiy kotibi bo’lgan, uning mo’g’ullarga qarshi va boshqa xarbiy yurishlarida bеvosita ishtirok etgan. Nasaviy 1241 yilda arab tilida «Siyrat Us-Sulton Jaloliddin Manqburni» («Sulton Jaloliddin Mangubеrdining xayot yo’li») asarini yozgan. Bu asar XIII asrda fors tiliga tarjima qilingan, uning arabcha nusxasi Parij, Qohirada va forscha nusxasi Tеxronda, ruscha tarjimasi Bokuda nashr etilgan. Ushbu asar asosida Z.M. «Anushtеgin — Xorazmshohlar davlati» (1097—1231) asari dunyoga kеlgan. An-Nasaviy o’zining yuqorida nomi tilga olingan asarida Jaloliddin Mangubеrdining xaqqoniy qiyofasini, ichki kеchinmalarini atroflicha, to’laqonli tasvirlab bеradi: «...Yomg’ir maydalab urib yog’moqda. Sovuq yoqimsiz shamol esmoqda. Sulton o’z qo’shini bilan Hilot jangidan (1230) qaytmoqda. Oyning mo’ralashida ko’zim sultonga tushib qoldi. Sultonning ko’zlaridan tinmay yoshlar oqar, u bir nimalarni pichirlar edi. Diqqat bilan quloq soldim. Shunday so’zlarni eshitdim... «E, yaratgan Alloh! Nеga mеni oddiy cho’pon yoki dеhqon qilib yaratmasdan Sulton qilib yaratding. Nе gunoxim uchun mеnga tinchlik bеrmaysan. Nе qilmishlarim uchun mеni buncha quvg’inlikka duchor qilgansan. Na turmushimda, na yurishimda halovat bor». Shahobiddin an-Nasaviy o’z asarida Jaloliddin Mangubеrdining shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oddiy va sodda ifodalay olgan: «U turk bo’lib, qora mag’iz yuzli, burni oldida qora xoli bor, o’rta bo’yli yigit edi. Fors tilida ham bеmalol so’zlasha olar edi. U dovyuraklikda tеngi yo’q, shеrlar ichida shеr edi. U kamtarin, jiddiy odam bo’lib, xеch qachon baqirmas, so’kinmas, o’z atrofidagilar oldida o’zini juda yaxshi, sipo tutar edi. U ko’p gapirmas, xoxolab kulmas, ahyon-ahyonda jilmayar edi. U adolatni xurmat qilar, o’z fuqarolariga nisbatan adolatli bo’lishga intilar edi. U o’z xalqining mushkul ahvolini yеngillashtirishni yaxshi ko’rar edi. Biroq u yashagan to’s-to’polon davr unga burhay xayrli savob ishni amalga oshirishga imkon bеrmadi. U hukmronlik qilgan davrdagi suronli voqеalar uni zo’ravonlik ishlatishga majbur etib, uning tabiatini ma'lum darajada o’zgar-tirdi. Sulton Jaloliddin eng og’ir, murakkab sharoitlarda ham qat'iy tura oluvchi, eng qiyin sinovlardan ham sira qo’rqmaydigan, ularga bеfarq qarovchi odam edi». Albatta, Muhammad an-Nasaviydan o’tkazib, ortiqroq bir gap aytib Jaloliddin to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Biz shu narsani ayta olamizki, xalqimiz ona Vatanni Jaloliddindеk sеvuvchi farzandlari bo’lganligi bilan faxrlanadi. Ammo biz qizil saltanat davrida millatimizning gug’uri, erk, ozodlik va mustaqillik uchun kurashda jonini tikkan Jaloliddin Mangubеrdi singari o’g’lonlarining nomlarini tilga ololmas edik. Mashxur shoir va adib Maqsud Shayxzoda «Jaloliddin Mangubеrdi» pеsasini yozganligi uchun ta'qib ostiga olingan edi. Chunki zukko shoir Jaloliddin Mangubе'rdi tilidan o’z ona "xalqiga quyidagicha murojaat qilgan edi-da! Ulug’ davlat tiz cho’kmas, botir yo’lbormas, Chinor sinar, yegilmas, bеdov ot hormas. Bu dunyoda onasiz tug’ilgan kim borq Jon bеrganga jon bеrmoq, mardlarga darkor. Onamizning onasi bo’lsa shu Vatan - Ko’rlik afzal bu yurtli asir ko’rmoqdan. Jaloliddin xorazmshoh Alouddin Muhammadning Oychechak ismli xotinidan tug’ilgan to’ng’ich o’g’li, binobarin, taxtning qonuniy vorisi edi. Biroq xorazmshoh Alouddin Muhammad qipchoq qavmidan bo’lgan onasi Turkon xotin (uning nomi asl turkiychada Terken; arabiy yozuvli manbalarda Turkon shaklida yoziladi)ning taziqi ostida katta o’g’illari Jaloliddin Manguberdi hamda Rukniddin G’ursanchtini chetlab o’tib, yosh O’zloqshohni valiahd etib tayinlagan edi. Turkon xotun Oychechak va uning farzandini g’oyat yomon ko’rgani holda, o’zining qabiladosh va urug’dosh kelinidan tug’ilgan nabirasi Qutbiddin O’zloqshohga har taraflama homiylik qilardi.Nasaviy naql etib o’tgan bir voqea Turkon xotunning shaxsi va uning o’z nabirasi Jaloliddinga munosabati haqida ravshan tasavvur beradi. Tarixchining yozishicha, mo’g’ullarning siquvidan og’ir ahvolda qolgan Turkon xotunga mulozimlardan biri Jaloliddinning kuch-qudrati haqida so’zlab, uning panohiga qochib borishni maslahat solganida, Turkon xotun shunday javob beradi: «Oychechakning o’g’lining marhamatiga qaram bo’lmog’im qoluvmidi? Bundan ko’ra Chingizxon qo’lida tutqun bo’lish va hozirgi xo’rliklarim afzalroh!» Manbalardan ma'lum bo’lishicha, qang’li (ayrim ma'lumotlarga ko’ra, boyavut) qabilasiga mansub bo’lgan bu malika Xorazmshohlar davlatida ikkinchi hukmdor darajasida ish ko’rar, saltanatning barcha ishlariga aralashardi. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan o’zini o’nglolmay, dushman ta'qibi ostida Kaspiy dengizi bo’ylariga borib qolgan xorazmshoh Muhammad o’limi oldidan, onasi Turkon xotunning mo’g’ullarga asir tushganini eshitganidan so’ng o’z hukmini bekor qiladi va o’g’illari Jaloliddin, O’zloqshoh va Oqshohni huzuriga yig’ib, vasiyatini bayon qiladi: «Saltanat rishtalari uzilib, davlat asoslari bo’shashdi va qulab tushdi. G’animnish maqsadi endi ayon: u tirnoqlari va tishlari bilan mamlakatga chang solgan. Men uchun undan (ya'ni, g’animdan - N.T.) fatsat o’g’lim Manguberdining qasos olishga qodir. Shuning uchun uni taxt vorisi etib tayinlayman, sizlar esa unga itoat etmog’ingiz lozim». Xorazmshoh vafot etganidan so’ng shahzodalar Urganchga qaytadilar. Ammo poytaxtdagi Turkon xotun tarafdorlari Jaloliddinga qarshi suiqasd uyushtiradilar.Bundan o’z vaqtida ogohlantirilgan Jaloliddin 300 nafar suvoriy bilan Xo’jand hokimi Temur Malik hamrohligida shahardan chiqib ketadi. Shahzodalarning o’z nufuzi va mavqeidan yoxud mamlakat boshiga tushgan notinchliklardan foydalanib, taxtni egallash uchun otasiga yoki og’a-inilariga qarshi bosh ko’targanliklariga tarixda ko’plab misollar topiladi. Jaloliddin esa el-yurt ozodligi yo’lida o’zining qonuniy huquqidan ham voz kechib, umum manfaati uchun shaxsiy manfaatlarini qurbon qila oldi. Xorazmshohning hamma o’g’illarida ham shunday xislatlar yetarli bo’lmaganliga pirovard-natijada ularning va umuman Xorazmshohlar davlatining halokatiga sabab bo’ldi, deyish mumkin. Masalan, G’iyosiddin Pirshohni olaylik. Jaloliddin Sind daryosi bo’yidagi jangda butun lashkaridan judo bo’lib, kuch to’plash uchun Pirshoh tasarrufidagi yerlarga kelganida, u akasiga qarshi 30 ming kishilik qo’shin yuboradi. Pirshohning onasi Beklaroy hamda amirlarning sa'y-harakatlari bilangina birodarkushlik urushining oldi olinadi. Keyinroq, 1228 yilda Isfahon shahri yonida mo’g’ullar bilan bo’lajak muhim jang arafasida Pirshoh o’z qo’shinini olib, qochib ketadi. Ushbu jangda garchi Jaloliddin g’alabaga erishgan bo’lsa-da, bu g’alaba katta kalafot evaziga qo’lga kiritildi. Ayni chog’da adolat yuzasidan shuni ta'kidlash joizki, xorazmshohning barcha o’g’illari o’z xonadoni va oliy rutbalari sha'niga dog’ tushirmay, qo’llarida shamshir bilan halok bo’ldilar. O’zloqshoh bilai Oqshoh tengsiz jangda vahshiylarcha o’ldirildi. Rukniddin G’ursanchti esa Ustunovaid qal'asida (Ustunovand - hozirgi Eron hududidagi qadimiy shahar) 6 oy davomida dushman holini tang qilib, oxiri madad yetishmasliga oqibatida asir olindi. Mo’g’ul sarkardasi Toymas po’yon undan tiz cho’kib ta'zim etishni talab qilganida G’ursanchti qiynoq-azob va o’limni afzal ko’rdi. Jaloliddindan farqli o’laroq, bu shahzodalarga g’anim bilan munosib kurashish uchun faqat bir muhim narsa yuksak harbiy daho yetishmagan ko’rinadi. Jaloliddinga harbiy ishi uchun zarur narsalar ato etilgan ekan, u holda unga nima yetishmadi? Jaloliddin Manguberdining sarkarda sifatidagi mahoratiga munosib baho berish uchun u qarshi kurashgan asosiy dushman, ya'ni mo’g’ullarning harbiy qudratini to’g’ri baholash zarur. Adolat yuzasidan shuni e'tirof etish joizki, Shimoli-sharqiy Osiyo ko’chmanchilarining asrlar davomida tengi bo’lmagan harbiy san'atini to’la o’zlashtirgan, favqulodda jangari turk-mo’g’ul-tungus qabilalaridan tashkil topgan Chingizxon qo’shini behad katta, bizning odatiy taxayyulotimiz doirasiga sig’mas darajada qudratli va dahshatli kuch edi. Mo’g’ullar jang kechayotgan joy, dushmanniig kam-ko’pligi va boshqa omillarni hisobga olgan holda qay usul yoki hiylani qo’llashni yaxshi bilishar, Xitoydagi urush davomida shaharlarni qamal qilish usullarini ham yaxshi o’zlashtirgan hamda qamal qurollarini yasash va ishlatishni biladigan xitoylik ustalarni o’z xizmatlariga jalb etgan edilar. Ular jang paytlari g’oyat ajib bir jo’shqinlik, to’g’rirog’i, jazava bilan urushar, shiddatli harakatlari va turli hayqirig’u na'ralari bilan yog’iy ko’ngliga vahima solardilar. Tan olish kerak, dushman mard va qat'iyatli edi. Ibn al-Asirning hikoyasiga ko’ra, bir mo’g’ul askarini asir olib kelishayotganida u o’zini otdan tashlab, katta toshga boshini qattiq urib jon taslim qiladi. Ayni paytda Turon sarhadlarini vatan tutgan xalqlarning el-yurt himoyasi, erk va ozodlik masalasi hal bo’layotgan vaqtda azmu shijoati, harbiy mahorat bobidagi salohiyati ham tarixdan yaxshi ma'lum. Faqat odamlarni o’ziga ergashtira oladigan, harbiy ishining sir-sinoatlaridan boxabar, qudratli yo’lboshchi topilsa bas. Jaloliddin Manguberdi ana shunday yo’lboshchi edi. Tabiiy savol tug’iladi: nega unda Jaloliddin mo’g’ul bosqinini butkul daf etishga muvaffaq bo’la olmadi? Buning turli-tuman sabablari ko’p. Ammo, fikrimizcha, bunga asosiy sabab borki, unga to’xtalmay o’tishning iloji yo’q.Urush boshlanishi arafasida, uning muqarrarligi ayon bo’lgach, xorazmshoh Alouddin Muhammad mudofaa masalalarini muhokama qilish maqsadida harbiy kengash chaqiradi. Unda Jaloliddin Manguberdi, Shahobiddin Xivakiy va boshqa lashkarboshi hamda mulozimlar butun qo’shnini bir joyga to’plash, qulay payt va joy tanlab, dushman bilan ochiq maydonda jang qilishni taklif etadilar. Lekin, ming afsuski, xorazmshoh bildirilgan barcha takliflarni rad etib, o’zining son jihatdan mo’g’ullardan 2-3 barobar ortiq qo’shinini yigirmaga yaqin shaharlarga tarqatib yuborish, har bir shahar himoyasini uning o’ziga yuklashdan iborat mudhish xatoga yo’l qo’yadi.Bu xatoning eng alamli va fojiali jihati avvalo shundaki, mo’g’ullarni ochiq maydonda, ehtimol, faqat ochiq maydondagina mag’lub etish mumkin edi. Ular G’arbga yurishlari davomida uch marta, ya'ni 1221 yilda Parvonda (hozirgi Afg’oniston hududida) Jaloliddin bilan, Volga daryosi bo’yida Itil (Volga) bulg’orlari hamda 1260 yilda Falastinda Misr mamluklari bilan bo’lib o’tgan eng katta janglarda qaqshatqich mag’lubiyatga uchragan bo’lsalar, bu janglarning barchasi ayni ochiq maydonda kechgan edi. Darvoqe, mamluklar qo’shini tarkibida Jaloliddinning vafotidan so’ng Misrga borib qolgan xorazmlik amir va askarlar ham bo’lgan.Shu o’rinda Mo’g’ulistonga sayohat qilib, mo’g’ullarning o’sha davrdagi hayot tarzi, urf-odatlari va harbiy san'ati bilan yaqindan tanishgan italiyalik sayyoh Plano Karpinining bir ma'lumoti etiborni tortadi. U shunday yozadi: «Tatarlar (ya'ni mo’g’ullar - N.T.) odamlarning ular bilan maydonda jang qilishlaridan ko’ra, shahar va qal'alarga berkinib olishlarini ko’proq xush ko’rishadi». Xorazmshoh o’zining bemulohaza qarori bilan beixtiyor mo’g’ullarni nihoyatda xushnud etgan, urush boshlanmasdan turiboq g’alabani boy bergan edi. Jaloliddin Parvon jangiga qadar ham mo’g’ullarni ochiq jangda uch marta - dastlab Naso yonida, sal o’tmay Qandahorda va Chorikor yaqinida (Qaidahor va Chorikor - hozirgi Afg’oniston hududidagi joy nomlari) mag’lubiyat alamini tatib ko’rishga majbur etdi. Alamzada Chingizxon Jaloliddinga qarshi o’zining tutingan o’g’li va nomdor sarkardalaridan biri Shiki Xutuxu boshchiligidagi 45 ming kishilik katta qo’shin yuboradi. Ma'lumki, g’azna shahri yaqinidagi Parvondaggida 1221 yilda bo’lib o’tgan ikki kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi qo’shini mo’g’ullarni tor-mor qildi. Tarixchi Juvayniy Parvon jangining qisqacha ta'rifini beradiki, undaga har ikkala tomon ishlatgan harbiy usullar haqidaga ma'lumotlar e'tiborga molikdir. Juvayniyning hikoyasiga binoan, jangning birinchi kuni nihoyasiga yetganidan so’ng tunda Shiki Xutuxu o’z askarlariga kigizdan odam haykalini yasashni buyuradi. Ertasi tongda jang boshlangan mahalda Jaloliddin jangchilari mo’g’ul qo’shinining saflari ortganini ko’rib, dushman madad olibdi, degan xayolga borishadi. Ammo Jaloliddin ularga dalda berib, jangovar kayfiyatni tiklashga erishadi. Sulton suvoriylari otlaridan tushib, kamondan o’qqa tuta boshlaydi, so’ngra birdaniga otlarga o’tirib, yalpi hujumga o’tadi. «Mo’gul qo’shni qochishga tushdi. Shu asnoda ular qo’qqisdan orqaga qaytib, sulton lashkarlariga tashlandilar va qarib 500 kishini yerga qulatdilar. Sulton yaylov she’rlari va quturgan dengizning nahanglari yanglig’ shu ondayoq yetib keldi; mo’g’ullar mag’lub bo’lishdi», - hikoya qiladi Juvayniy. Mo’g’ullarning birinchi hiylasi xususida mazkur Plano Karpini ham gapirib o’tadi: «Ba'zan ular odam ta’svirini yasab, otga o’rnatishadi. Buni ular urushayotganlarning sonini ko’paytirib ko’rsatish uchun qilishadi». Mo’g’ullar ushbu jangda qo’llagan ikkinchi hiyla - yolg’ondakamiga qochish va birdaniga orqaga qaytib dushman ustiga yopirilish usuli ko’chmanchilar orasida keng tarqalgan va ne-ne azim janglarning taqdirini hal etgan. Biroq bu jangda dushmanning hiylalari zoye ketdi. Jangning natijasi Jaloliddinning to’g’ri taktika qo’llaganligidan dalolat berib turibdi. E'tiborli jihati shundaki, Jaloliddinning bu g’alabasidan so’ng mo’g’ullar qo’liga o’tgan bir qancha shaharlar aholisi isyon ko’tarib, mo’g’ullar qo’ygan noiblarni o’ldirishadi. Nihoyat, Jaloliddinning nechog’lik jiddiy, xatarli kuch ekanligiga ko’zi yetgan Chingizxon butun qo’shinini to’plab G’azna tomon yo’l oldi. Biroq bu gal Jaloliddinga Chingizxon bilan teng olishuvda o’z baxtini sinab ko’rish nasib etmadi,otasining xatosini to’g’rilash uchun yagona imkoniyat boy berildi. Nainki Jaloliddinning, balki o’nlab xalqlarning taqdirini belgilab bergan bu yo’qotishning sababi esa bag’oyat ayanchli, ammo saboq bo’larli: kerak paytda turkiy xalqlarning bir tanbir jon bo’lib birlasha olmasligi, shaxsiy manfaatni umum manfaatidan ustun qo’yish, parokandalik. Uzoq va yaqin tariximizning asosiy, achchiq saboqlaridan biri bu. Xuddi shu narsa Jaloliddinni ham umrining oxiriga qadar ta'qib etdi. Xullas, gap shundaki, Parvon jangida qo’lga tushgan o’ljani bo’lib olish chog’ida Jaloliddinning lashkarboshilari o’rtasida bir zotdor ot sababli nizo chiqib, har biri qaryib 30 ming jangchiga ega bo’lgan Sayfiddin Ag’roq, A'zam Malik va Muzaffar Maliklar o’z qo’shinlari bilan Jaloliddinni tark etdilar. Jaloliddinning ularni qaytarish yo’lidagi urinishlari naf bermadi. Keyinchalik mo’g’ullar ularning barchasini alohida-alohida qirib tashladilar. Download 251.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling