O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi trx fu-19 guruh talabasi Hamidova Naimaning
Tarixshunoslikda Jaloladdin Manguberdining ahamiyati
Download 251.73 Kb.
|
kurs ishi
1.2Tarixshunoslikda Jaloladdin Manguberdining ahamiyati
Shahobiddin Nasaviy o’zining «Siyrat as-Sulton Jaloliddin Mangburni» nomli asarida Jaloliddinni shunday ta'rif va tavsif qiladi: «U qorachadan kelgan, kalta bo’yli edi. Nutqu iborasi turkiy bo’lsa-da, forsiy tilda ham so’zlardi. Shijoatiga kelsak, bu haqda aytish uchun men bayon etgan janglari yetarlidir. U sherlar ichra sher, suvoriylar aro eng dovyurak (suvoriy) edi. Va yumshoq tabiat bo’lib, g’azablanmas va so’kinmasdi, jiddiy qiyofada yurar, kulmas, faqat tabassum qilar va ko’p gapirmas edi. U adolatni sevardi». Bir qarashda Nasaviyning ta'rifi, ayniqsa, qahramonimizning yumshoq tabiatli ekanligi haqidagi so’zlar bizning tasavvurimizdaga Jaloliddinga nomvofiqdek tuyuladi. Ammo uning buyukligi ham, ehtimol, shundaki, u kamtarlik va mag’rurlik, vazminlik va jo’shqinlik, rahmdillik va beayovlikni o’zida birdek mujassam etgan shaxsdir. Jaloliddinning o’zi bitgan bir to’rtlik uning o’z-o’ziga bergan xolisona bahosi kabi jaranglaydi: Dar razm chun ohanimu dar bazm chu mum, Bar do’st muborakimu bar dushman shum. Az hazrati mo barand shnsof ba Shom, Va-z haybati mo barand zunnor ba Rum. Mazmuni: Jangda xuddi temirdek, bazmda misli mummiz, Do’stga marhamatli, g’animga esa shummiz. Ulug’vorligimizdan Shomga insof eltarlar. Haybatimiz dastidan Rumga zunnor eltarlar, Bu she'r eronlik olim va shoir Rizoqulixon Hidoyat (1800-1871)ning «Majma al-fusaho» nomli tazkirasida Jaloliddin Manguberdi ijodidan namuna sifatida keltirilgan. Afsuski, Jaloliddin Manguberdining boshqa she'rlari saqlanib qolmagan. Jaloliddinning sarkarda va jangchi sifatidagi mahorati hamda jasoratidan guvohlik beruvchi, uning hukmdor va oddiy bir hamla bilan yov saflarini yorib, qurshovdan chiqib ketdi. Bularni kuzatib turgan mo’g’ul amiri Taynol no’yon qo’lidagi xos tayog’i bilan Jaloliddinning orqasidan ko’rsattancha xitob qilib qolgan edi: «Qayerda bo’lma, sen albatta najot topasan! Sen chindan ham zamonangning er yigiti va tengdoshlarining peshvosisan!» Nasaviyga buni keyinchalik Jaloliddin xizmatiga qochib borgan bir mo’g’ul amiri gapirib bergan ekan. Ibn al-Asirning so’zlariga qaraganda, Isfahon jangidan keyin mo’g’ullar oliy hukmdori Uktoy-qoon Jaloliddinga xat yozib, «Sulgon Jaloliddindan mag’lub bo’lgan askarlar bizniki emas, biz ularni o’zimizdan quvib yuborgan edik», deya o’zini oqlashga uringan edi. Jaloliddin uchinchi marta ayyubiylar tasarrufidagi Xilot shahrini qamal qilib turgan paytda (1229 yil) Misr va Suriya hukmdori al-Malik al-Odilning o’g’li, qamalda yotgan shahzoda Mujiriddin Yaqub qal'a devoridan turib, Jaloliddishsh yakkama-yakka olishuvga taklif qiladi. Jaloliddin rozi bo’lib, sovutini kiyayotgan chog’da vazir Sharafulmulk shahzoda Mujiriddinning unga teng emasligini vaj ko’rsatib, uni yo’lidan qaytarishga urinadi. Jaloliddin uning iltimosini rad etadi: «Olishishni xohlayotgan odam bilan qanday qilib olishmaslik mumkin? Modomiki meni chorlayotgan ekanlar, bosh tortigaga qanday asosim bor?» Jadoliddin yakka o’zi otga o’tirib, kelishilgan vaqtda shahar darvozasi oldiga boradi. Ammo Mujiriddin qal'adan chiqmaydi va Jaloliddin orqasiga qaytib ketadi. Ushbu qamal paytida Jaloliddin mo’g’ullar qo’lida bo’lmish opasi Xonsultondan maktub oladi. Xonsulton quyidagilarni bayon etgan edi: «Koonga (bu o’rinda Chingizxonning o’g’li va vorisi O’ktoy-Qoon [hukmronlik davri: 1229-1241] nazarda lu tilmoqda -N.T.) sening kuch-hudrating, hurol-aslahalaring va mulklaringning bepoyonligi hahida xabar yetdi. Shular bois u sen bilan yaqinlashish hamda mulklaringizni Jayxun bilan chegaralashni iroda etdi: senga daryogacha bo’lgan yerlar, unga esa daryoning narigi tarafi. Xullas, agar ularga qarshi turmoqqa imkoning bo’lsa, ular bilan jang hil va qasos ol - bu sening ra'yu ixtiyoring. Buning iloji bo’lmasa, o’zlari shuni xohlab turganlarida fursatni boy bermay, ular bilan yarash». Jaloliddin o’zini bu xatga umuman e'tibor bermaganday ko’rsatadi va hech qanday javob yozmaydi. Sulton Alouddin Muhammad Kaspiy orollaridan birida o’lim bilan olishib yotgan paytda Mozandaron va yaqin atrofdagi boshqa viloyatlar aholisi va ayrim amaldorlar unga oziq-ovqat yoki turli kerakli narsalar keltirib turardilar. Sulton Alouddin minnatdorchilik yuzasidan bu odamlar nomiga yuqori mansab yoxud kata yerlarga egalik qilish huquqini beruvchi hujjat bitardi. Keyinchalik ularni Jaloliddinga taqdim etishganida u mazkur yorliq va farmonlarning barchasini rasman tasdiqladi. Agar biron kimsada otasining pichog’i, sochig’i yoki boshqa nishoni bo’lsa, Jaloliddin o’sha narsani yuziga bosib o’par va uni olib kelgan kishiga mansab yoki yer-mulk hadya etish bo’yicha tegishli farmonlarni imzolardi. Jaloliddinning Isfahon, Marog’a va Xilot shaharlarida turli imoratlar barpo etganligi manbalardan yaxshi ma'lum. 1225 yilning yozida Tabrizni zabt etganidan so’ng Jaloliddin shahar aholisiga xabar beradi: «Vayronaga aylangan Marog’ada qanday xayr-saxovatlar qilganimni va qanday binolar bunyod etganimni ko’rdingiz. Endi adolatimga hamda shahringizni nechog’lik obod etishimga guvoh bo’lgaysiz». Shu narsa e'tiborliki, Jaloliddin Mangubsrdi mo’g’ullarning kuch-qudratini yaxshi anglagani hamda ko’pchilik askarlarning ulardan qo’rqishini bilgani holda, mo’g’ullarga faqat o’zi qarshi tura olishini ham yaxshi tushunardi. Bu narsa uning boshqa hukmdorlar bilan olib borgan yozishma va muzokaralarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bir misol: Jaloliddin madad izlab Bag’dod xalifaligi chegaralariga yaqinlashganida xalifa o’z amiri Qushtemurni katta qo’shin bilan birga unga qarshi yuboradi. Jaloliddin chopar orqali Qushtemurga shunday murojaat qiladi: «Bizning bu tarafga kelishimizdan maqsad amir al-mo’mininning oliy soyasidan panoh izlashdir. Zero, hudratli dushman g’olib kelib, mamlakatlar va Alloh bandalarini istilo etmishlar; hech bir lashkar ularga qarshi turishga dosh berolmayotir. Agar xalifadan madad topsam va uning rizosidan quvvat olsam, u qavmni (ya'ni, mo’g’ullarni N.T.) daf qilish mening ishimdir». Ammo Qushtemur o’zini qarlikka solgach, Jaloliddin jang boshlab, uning qo’shinini qirib tashladi. 1231 yili, Jaloliddinning vafotidan biroz ilgari mo’g’ullar Ozarboyjonga bostirib kirganlarida Jaloliddin qo’shni mamlakatlar hukmdorlariga chopar yuborib, shunday murojaat qiladi: «Mo’r-malaxdek beadad tatar (ya'ni, mo’g’ul - N.T.) lashkarlari yaqinlashmoqdaki, ulardan iya qal'a va na shaharlar omon qolajak. Bu taraflar jangchilarining dilida ulardan qo’rquv va hayiqish joy olmishdir. Basharti men oradan chiqsam, sizlarda ularga qarshi turishga imkon qolmagan. O’zlaringiz, farzandlaringiz va butun musulmonlarga rahm qilib, har biringiz menga bir bo’linmani bayroq bilan birga yuborib, madad beringiz, tokim bizning o’rtamizdagi ittifoq va hamjihatlik ovozasi yetsa, ular tushkunlikka tushib, bizning askarlarimizning esa ko’ngillari ko’tarilgay». Yuqorida aytib o’tilganidek, hech kim Jaloliddinga yordam qo’lini cho’zmadi. Buning natijasi esa yaxshi ma'lum. Xullas, Jaloliddin Manguberdining jo’shqin, mazmunli hayoti va faoliyatida intilishga loyiq namuna, ayni paytda hech qachon o’z dolzarbligini yo’qotmaydigan ulkan saboq bor. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo’lsamAnushtegin-Xorazmshohlar hukumronlik qilgan davrdan hozirgi kunga qadar juda ko’plagan tarixiy adbiyotlar yaratilgan.Bu adabiyotlarning ko’pchiligi oxirgi Xorazmshoh bo’lmish Jaloladdin Manguberdi siymosi haqidadir.Bu buyuk siymo mo’g’ul bosqinchilariga qarshi mardanovar kurashgan shaxs hisoblanadi.Jaloladdin Manguberdi haqida bugungi kunga qadar ko’plagan ilmiy tarixiy asarlar yaratilga bo’lib,bu asrlarning barchasi Xorazmshohlar davri tarixini yoritibgina qolmay balki shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida ham qimmatli ma’lumotlarni beradi.Jaloladdin Manguberdi siymosi haqida,uning harbiy faoliyati haqida,uning shaxsiy hislatlari haqida eng qimmatli ma’lumotlarni beruvchi asar bu Shahobiddin an-Nasaviy asaridir. Xullas, Jaloliddin Manguberdining jo’shqin, mazmunli hayoti va faoliyatida intilishga loyiq namuna, ayni paytda hech qachon o’z dolzarbligini yo’qotmaydigan ulkan saboq bor. Download 251.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling