O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


O‘simliklarning asosiy guruhlari quyidagi taxminiy


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

O‘simliklarning asosiy guruhlari quyidagi taxminiy 
Turlardan iborat: 
Bakteriyalar (Bacteriophyta) 
1200 
Ko‘kyashil suvo‘tlar (Cyanophyta)
2000 
Tillarng suvo‘tlar (Chrysophyta) 
1000 
Diatom suvo‘tlar (Bacillariophyta)
14000-16000 
Sariqyashil suvo‘tlar (Xanthophyta)
300 
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta) 
1500 
Qizil suvo‘tlar (Rhodophyta)
3800 
Pirofit suvo‘tlar (Pyrrophyta)
1200 
Yashil suvo‘tlar (Chlorophyta)
8000 
Boshqa suvo‘tlar (Euglenophyta vaboshqa)
1000 
Zamburug‘lar (Mycota)
40000-50000 
Lishayniklar (Lichenes)
20000 
Moxsimonlar (Bryophyta) 
25000 
To‘qimali sporalilar (Pteridophyta)
11000 



Ochiq urug‘lilar (Gymnospermae) 
600 
Yopiq urug‘lilar yoki gullilar(Angispermae)
260000 
Suvo‘tlarning 34000-35000 ba’zi istisnolar bilan chuchuk suvda
ulardan 55-60% dengizlarda tarqalib ulardan 11000-14000 tur atrofidagisini 
diatom suvo‘tlari tashkil qiladi. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, biz hozir gulli 
o‘simliklarning barq urib o‘sib rivojlanayotgan davrida yashayapmiz. Shu 
boisdan o‘simliklarning Yer yuzi bo‘ylab tarqalishida biz urug‘li 
o‘simliklarning geografiyasi haqida so‘z yuritamiz 
O‘simliklarning turlari ayniqsa urug‘lilar Yerda judayam ko‘p, biroq 
ular uning yuzasida notekis tarqalgan. Bu ularning turli joylarda o‘sadigan 
turlari sonini qiyoslaganda darrov bilinadi. Turlarga ayniqsa tropiklar bor. 
Indoneziyaning florasi 45000 ga yaqin turdan iborat. Amazonka daryosining 
atroflarida 40000 dan kam bo‘lmagan flora mavjud. Ekvatordan uzoqlashish 
bilan turlarning soni kamayib boradi, subtropik sahrolarda esa ular juda kam. 
Sahroi Kabirning jami hududida 1200 turga yaqin o‘simlik bor xolos. 
Sahrolarga yaqin qattiqbargli o‘rmonlarda turlarning ancha katta xilma-xilligi 
mavjud. O‘rtayer dengizining florasida kamida 8000 tur, Kaliforniyada esa 
6000 atrofida o‘simliklarning turlari o‘sadi, mo‘tadil kengliklarda ularning 
soni yana kamayadi, bu xolat janubdan shimolga tomon ro‘y beradi. Polsha, 
Germaniya yoki Chexiya, Slovakiya mamlakatlarining florasi u yerlardagi 
iqlim sharoiti deyarli bir xil bo‘lganligidan 2200-3100 tur o‘simliklar 
tarqalgan. Norvegiyada 2100, Grenlandiya florasi 400 atrofidagi turlardan 
iborat. Shpitsbergenda bori yo‘g‘i 130 tur atrofida urug‘li o‘simliklar o‘sadi. 
Antraktikada faqat ikki tur yopiq urug‘li o‘simliklar bor xolos. 
Qaysidir tur yoki boshqa taksonomik guruh (turkum, oila, tartib, sinf, 
bo‘lim) o‘simliklari o‘sadigan hudud areal deb nomlanadi. Turli 
o‘simliklarning areallari ya’ni ularning egallagan hududlari juda ham xilma-
xil. Takson qanchalik katta bo‘lsa, uning egallagan maydoni ham shuncha 
katta. Oilaga mansub bo‘lgan o‘simliklarning areali turkumdaligidan katta. 
Turli turkumlarning areallari ham albatta turlichadir. 




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling