O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
O‘simliklarning changlanishi va tarqalishi hayvonlar orqali
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
O‘simliklarning changlanishi va tarqalishi hayvonlar orqali
Hozirgi zamon Yer florasi asosan gulli (yopiq urug‘li) o‘simliklardan iboratligi va ulardan asosan o‘simliklar qoplami tashkil topganligini aytdik. YOpiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligini gullari hasharotlar yordamida changlanadi. SHu boisdan ishtirok etadigan hayvonlar orasida tabiiyki o‘zaro tig‘iz munosabatlar shakllangan. U yoki bu zoofil tur- o‘simlik tegishli changlatuvchi hayvonlar bo‘lgan joylarda o‘sadi. Hayvonlarni o‘simlik gullariga kelishining sabablari changlanishga bo‘lgan guldagi moslanishlar va shu kabilarni o‘z ichiga olgan biologiyaning maxsus tarmog‘i-gullashbiologiyasi ham paydo bo‘lgan. Zoofiliya qay tarzda o‘simliklarni tarqalib areallar hosil qilishiga sabab bo‘ladigan, bu xolatga olib keladiganlar haqida ma’lumotlar kam. O‘simlikning mazkur turini changlatuvchi bilan o‘zaro munosabatlari mavjud. Zero, salabdoshlar (orxideyalar) gullari shunday maxsus tuzilishlarni hosil qilganki ular ba’zi hasharotlar bilangina changlanadi. Orxideyalarda gullash davri juda ko‘pchiligida uzoq muddat davomida changlanishini kutib 2-3 oygacha so‘limay turadi. Bunday xolat vanda, odontoglossum, onsidium turkumining turlarida ro‘y beradi. Ba’zan gullash vegetatsiya davrining hamma davrida davom etadi, yangi novdalari keyingi yili hosil bo‘ladi. Ko‘p xollarda gullari tanasidan uzoqda hasharot oson ko‘radigan xolda joylashadi. Aksincha, to‘pgullar substrat bo‘ylab joylashib uyada ketayotgan hasharot orqali changlanib qolishga “harakat” qiladi. Chang donalari bu oilaga mansub o‘simliklarning turlarida o‘zaro bog‘lanib qolganligi tufayli ular havo oqimi bilan tarqalaolmaydi. SHu boisdan 20 orxediyalar faqat hayvonlar (hasharotlar va qushlar) yordamida changlanadilar. K. Dodson (1966) ma’lumotlari bo‘yicha ularga mansub turlarning asosiy qismi (50%)pardaqanotlilar (Hymenoptera) bilan (nektar tutganligi) changlanadi. Ikkinchi o‘rinda (18%) tangachaqanotlilar (Lepidoptera) ayniqsa tungi kapalaklar bilan, uchinchi o‘rinda (12%) ikkiqanotlilar (Diptera) yordamida changlanadilar. Hasharotga taklif etiladigan mahsulot bu nektar. Ayrim orxideyalarda nektar ancha chuqurda joylashadi. Uni olish uchun hasharotda tegishli moslama bo‘lishi kerak. Bunday moslama ksantopan turkumidan (Xanthopan morgani-praedicta) hasharotda spiralga o‘ralgan yozilganda 22,5 sm keladigan xartumi orqali nektarni oladi, bu bilan gulni changlaydi ham (6 tom 35, 40 tabl.rasmi zarur). Orxideyalar haqidagi fikrlarni davom ettirib ular o‘simliklar olami orasida, oqsuyaklar-aristokratlar degan nom olganligini ular kishilarning ma’naviy olamini xuddi san’at asarlari kabi boyitadi. Orxideya-qush, orxideya-kapalak, -gnomlar, -kaltakesaklar, -baqalar, -o‘rgimchaklar, - meduzalar, -laylaklar. Bunday g‘ayrioddiy ko‘rinishlar, bunday go‘zallik, iforlar yana qayda bor. Chiroyi va g‘aroyibligiga ko‘ra ko‘plab mamlakatlar orxediyalarni o‘zlarining milliy simvoli sifatida ta’kidladilar. Orxideya- kabutar yoki orxideya-svyatoy dux (Peristeria elata). Qorday oppoq bu gulning o‘rtasida biroz qanotlari ko‘tarilgan kaptar borday ko‘rinadi. Panama mamlakatining milliy guli, Meksikaning aborgenlari hozir ham bu gulga sig‘inishadi.kattlsi turkumining turlari Kosta-Riki va Venesuela mamlakatlarining, likasma (Lycaste)-Gvatemalaning milliy guli. Tropik va subtropiklardagi o‘simliklarning changlanishida qushlar ishtirok etadi. ma’lumotlarga ko‘ra 2000 turga yaqin qushlar gullarni changlanishiga yordam beradi. Bunday xolatga ornitofiliya deyiladi. Ular Afrikada Sahroi kabirning janubiy hududlarigacha, Osiyoda Erongacha, Pokistonning g‘arbi va Xitoyning janubigacha hamda Avstraliya, YAngi Zelandiya va tinch okeanning arxipelaglari Solomon orollarida uchraydi. Bu asalso‘rarlar 21 (Meliphagidae)va nektarxo‘rlar (Nectarinidae), banan (Musa), gibiskus (Hibiscus), eritrina (Eritrina), lorantis (Loranthus), bombaks (Bombax) va shu kabi turkum o‘simliklarni changlatishda ishtirok etadi. Qush-changlatuvchilar orasida Amerikada yashaydigan kolibri (Trochilidae) muhimlaridan hisoblanadi. U faqat tropiklarda emas, salqin, mo‘‘tadil iqlimli hududlarda ham tarqalgan. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling