O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Paleotropikolam. Bu olam egallagan hududiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda 
turadi, 
tarqalgan 
o‘simliklarning turlariga ko‘ra boshqa barcha 
olamlardagidan boyroq. U Eski Dunyoning tropiklar va subtropiklarini ya’ni 
Afrikaning katta qismini Old Osiyo, Hindiston, Janubiy-Sharqiy Osiyo va 
Tinch okeanining orollarini o‘z ichiga oladi. Yangi Zelandiyaga kelsak, uni 
bir tadqiqotchilar paleotrop olamiga mansub hisoblashsa, boshqalari 
Avstraliya yoki Antarktik viloyatga birlashtirishadi. Tropiklarda tarqalgan 
turkum o‘simliklarning 47% ga yaqini paleotropik olamda, 40% neotropik va 
faqat 13% esa har ikkala olamga mansub. Ularni pantotropik turkumlar deb 
ataladi. Pantotropik turlar juda oz. Shu bilan birga ko‘plab oilalar ham borki 
ularning vakillari bitta olamda yohud boshqa floristik olamda tarqalgan. 
Paleotropik 
olamda 
Nepenthaceae, 
Pandanaceae, 
Myristicaceae, 
Asclepidaceae, Dipterocarpaceae poyasi sukkulentlar guruhidan Euphorbia
turkumi, Moraceaeoilasining ko‘pchiligi, ayniqsa Ficus turkum Liliaceae 
oilasining turkumlari–Aloe, Sanservinia va Dracena tarqalgan. Floradagi 
o‘ziga xos xususiyatlarga ko‘ra paleotrop olam Hindiston-Afrika (g‘arbiy) va 
Malaziya (sharqiy) qismga bo‘lishadi. Bunday bo‘linish floraning tarixiy 
rivojlanishi bilan bog‘lanadi. 
Neotropikolam. YAngi Dunyoda joylashgan va Markaziy va deyarli 
jami Janubiy Amerikani egallaydi. Bu olam uchun quyidagi oilalarning 
o‘simliklari xarakterli: Bromeliaceae, Cactaceae, Tropaerolaceae, Cannaceae, 
Melastomataceae va boshqalar. Xarakterli turkumlari Yucca, Agave, Fuchsia. 
Neotropik olam endem o‘simliklarga ancha boy. 
Avstraliya olami. Bu olamga Avstraliya va Tasmaniyani kiritishadi. 
Boshqa qit’alardan ancha ilgari ajralganligi natijasida Avstraliya va 
Tasmaniya uzoq vaqt mustaqil rivojlangan. Bu shunga olib keldiki, Avstraliya 
floristik olami boshqalarini orasida xilma-xilligi jihatidan o‘ziga xosligi 


25 
tufayli alohida o‘rin egallaydi. U joyda o‘sadigan 1000 atrofidagi turlardan 
860 dan ko‘prog‘i endemiklardir; ko‘pchilik turkumlar ham endemik. Bu 
joylar uchun eng xarakterlisi bo‘lib, Eucalyptus turkumi deyilsa bo‘laveradi, 
uning 500 ga yaqin turlari bor. Melaleucaturkumi proteylar oilasidan 100 ga 
yaqin turni, Xanthorrhoea turkumi, o‘tdaraxtlar (Casusarinaceae oilasidan) 
ajoyib ko‘rinishga ega. Morfologiyasida anchagina xilma-xil 700-800 
atrofidagi turlarni o‘z ichiga olgan Acacia turkumining yarmidan ko‘p turlari 
faqat Avstraliya olami hududlarida o‘sadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling