O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Hayvonlar - urug‘ va meva tarqatuvchilar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Hayvonlar - urug‘ va meva tarqatuvchilar 
Hayvonlarning urug‘, mevalar va vegetativ tanalarini olib ketishdagi 
ishtiroklari ham kam emas. Bu usulda tarqalishni zooxoriya deyiladi. Bizning 
floramiz sharoitida urug‘larni chumolilar tomonidan tashilib ketilishini 
(mirmekoxoriya) ko‘p ko‘rganmiz. Ular urug‘larni uzoq masofaga olib 
ketmaydi. Ko‘p xollarda 100 m gacha masofaga tashiydi. Bu uncha katta 
masofa bo‘lmasa ham ahamiyati katta. 
O‘simliklarni hayvonlar tomonidan meva va urug‘larning 
g‘amlashi tufayli tarqalishi. Chumolilarga o‘xshab qushlarning ko‘pchiligi, 
kemiruvchilar va boshqa hayvonlar o‘zlariga oziq sifatida g‘amlash uchun 
tashib ketadilar. Biroq ko‘p xollarda bu g‘amlanganlar haqida “esidan chiqib 
qolishi” yoki aynib yomon bo‘lib qolganligidan qarashmaydi. Urug‘ va 
mevalarni olib qochgan qarg‘a, xakka kabi qushlarni ko‘p ko‘rganmiz. 
Yong‘oqlar og‘irligi tufayli va boshqa usullar bilan tabiiy tarzda tarqalishi 
kam ro‘y beradi. 
Endozooxoriya. O‘txo‘r hayvonlar ozig‘ini undagi urug‘lari bilan 
iste’mol qilganida hazm yo‘lidan o‘tib, unib chiqishga tayyorlanishiga 
endozooxoriya deyiladi. O‘txo‘r hayvonlarning hazm kanalidan o‘tgan 
urug‘larning unib chiqish samaradorligi bundaymaslardan ancha yuqori. 
Tog‘li hududlar, arktika va xatto tropiklardagi o‘simliklarning tarqalishida 
ham shunday xolatlar ro‘y beradi. Bu hududlardagi hayvonlar serharakat va 
ular katta maydonlarda harakatlanib urug‘larni tarqatishadi. Ko‘plab 
o‘simliklarning urug‘lari etdor, mazali to‘qima bilan o‘ralgan. Bu hayvonlarni 
o‘ziga jalb qiladi. Endozooxoriya asosan va deyarli barcha xolatlarda qushlar 


22 
bilan bog‘liq. Ko‘chib yuruvchi qushlar urug‘larni uzoq masofalarga olib 
ketishadi. 
Epizooxoriya. Urug‘ va mevalar hayvonlarning ustiga yopishish bilan 
oson tarqaladi. Bunday epizooxoriya urug‘larni tarqalishida chaynaganda 
ezilishdan, hazmlanishidan saqlaydi, hayvonda bo‘lish muddatini 
cheklamaydi. O‘simliklarda hayvon tanasining yuzasida saqlanib turishi 
uchun turlicha moslamalarni (ilashish, yopishish kabi) hosil qilgan. Asosiy 
tarqatuvchilar bo‘lib sutemizuvchilar hisoblanadi, qushlar bu borada ikkinchi 
o‘ringa tushgan. Areallari katta bo‘lgan ko‘plab o‘simliklar hamda ayrim 
kosmopolitlar qit’alar xatto butun dunyo bo‘ylab shunday tarzda tarqalgan. 
Epizooxoriya xolatini yozda dala, adirda, tog‘da yurganimizda oyog‘imizga 
urug‘larni yopishib, ilashib qolganligini uni tozalash ham qiyinligini 
ko‘rganmiz. O‘tlab kelgan qo‘y tanasi qo‘ytikan bilan qoplanganligini 
hammamiz bilamiz. Botqoq yoki suv o‘simliklarni urug‘lari ham qushlarni 
tanasi, tumshug‘i, oyoqlariga yopishib tarqaladi. Bu xolatda ular katta 
maydonlar, masofalarga ketadi. Ko‘chib yuradigan qushlar ayrim 
o‘simliklarning urug‘larini uzoq masofalarga olib ketishlari natijasida 
dizyunktiv areallarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling