O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antarktikolam.
Kapolami. Kap olami boshqalaridan uncha katta bo‘lmagan hududni
egallasa ham (Afrika materigining eng pastki janubiy qismi) u 6000 dan ortiqroq turlardan iborat gulli o‘simliklarga ega. Faqat bu emas bu olamda tarqalgan o‘simliklar morfologiyasidan xilma xillikni hosil qilgani hamda endemik taksonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Kap olamining florasi paleotrof olamining tarkibiga kiradigan Afrikadagilardan tubdan farq qiladi. SHunga qaramay ayrim oilalarning ayniqsa proteydoshlar va restioniyadoshlarning o‘simliklari avstraliya va antraktika floristik viloyatlari bilan aloqadorliklari mavjudligini isbotlaydi. Proteaceae oilasining ayrim turkumlari masalan, Protea, Leucadendronva boshqalar faqat shu olamga xos. Boshqa oilalardan ayrim turkumlar faqat shu joyda tarqalgan ko‘p turlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, Mesembryanthemumturkumi (bargli sukkulentlar)Aizoaceae oilasidan 250 atrofidagi turlarni va Geraniaceae oilasidan Clivia, liliyalar oilasidan HaworthiavaGasteria(bargli sukkulentlar). Bu o‘simliklarning ko‘pchiligini bizda xona o‘simligi sifatida o‘stiriladi. Bundan tashqari kap florasida Ericaceae oilasining turkumlari juda ko‘p tarqalgan. Erica turkumi kap floristik olamda ikkilamchi kelib chiqish markazini hosil qilgan: bu uncha katta bo‘lmagan hududda uning 500-600 turlari uchraydi. Antarktikolam. Antarktik olamga Antarktikadan tashqri, u erda bir necha turdagi o‘simliklar o‘sadi xolos. Janubiy okeannning Folklend, Kerchelen va boshqa orollari va Janubiy Amerikaning eng janubiy qismi 26 G‘arbiy Patogoniya, Olovli Yer ularning janubidagi orollar mansub. Ko‘plab botaniklar bu floristik olamga Yangi Zellandiya, hech bo‘lmaganda uning Janubiy orollarini kiritishadi. Turli oilalarning tarkibiga antarktik olamning 13 maxsuslashgan turkumi mansub, masalan Acaena (Ra’nodoshlar oilasidan)g‘alatiroq tig‘iz yostiq ko‘rinishidagi Azorella juda katta bargli Gunnera va janubiy buk-Nothofagus shular jumlasidan. Agarda qayd etilgan oltita floristik olamni joylanishi va kattaliklariga qarasak, janubga tomon ularning hududlari kichiklashganligini va bo‘laklarga bo‘linganligi ko‘zga tashlanadi. Shimoliy yarimsharning tropik qismidan tashqarisini jami bitta yagona golarktik floristik olamdan iborat bo‘lgan xolda, tropik va subtropik hududlar ikkita, janubrog‘idagi hududlar xatto uchta olamga mansub. Quruqlikda ro‘y bergan tarixiy geologik jarayonlar floraning rivojlanishida naomyon bo‘lgan. Qit’alarning ajralishi ma’lumki, janubdan boshlangan va u kuchliroq ravishda shimolda namoyon bo‘lgan. SHu bilan birga floraning turli olamlarga mansublari shundan dalolat beradikki, bir floristik olamning o‘simliklar dunyosi boshqa o‘simliklar olamidan ajralgan holda bo‘lmagan. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling