O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Namtropiklardagio‘simliklar 
Tuzilishi va tarkibi. Bunday bir necha o‘nlab yillari ilgari nam tropik 
o‘rmonlar bu o‘tib bo‘lmaydigan daraxtlar, butalar, erdagi o‘tlar, liana va 
epifitlardan iborat changalzorlar deb hisoblanilardi. Yaqinda ma’lum bo‘ldiki, 
quyosh nuri ergacha deyarli etib kelmasligidan o‘tlar kamligi va undan 
qarshiliksiz o‘tish mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Nam tropiklardagi o‘rmonlarni 
tashkil qilgan turlar deyarli bir xil deb hisoblanilgan. 1 gektar maydonda 50-
100 tur o‘simlik bo‘lishi bu erlarda tashqi ko‘rinishi va balandligi turlicha 
bo‘lgan daraxtlar hududi yuksak o‘simliklarning 70% ni tashkil etadi. 
daraxtlarning uch-yuqori, o‘rta va pastki qavati mavjud. Yuqorigi qavat 
balandligi 50-60 metrli tanasi egilmagan ko‘rinishli bo‘ladi. O‘rta qavat 
daraxtlarning balandligi 20-30 m, odatda egilib o‘sadi. Tanasi katta emas. 
Pastki qavat daraxtlarining o‘sishi va rivojlanishi yoritilishga bog‘liq. Bu 
qavat daraxtlarining balandligi taxminan 10 metrlargacha boradi. Har uchala 
qavat daraxtlarda liana va epifitlar o‘sadi. Butalar va o‘t o‘simliklarining bitta 
yoki ikkita qavati ham bor. Ularning tarkibi yoritilishi kam bo‘lgan sharoitda 
ham o‘saoladigan turlardan iborat. Atrof havoning namligini yuqoriligidan bu 
o‘simliklarning ustitsalari doimo kun bo‘yi ochiqligidan o‘simliklarni so‘lib 
qolishi xavfi bo‘lmaydi. Nam tropikli o‘rmonlardagi daraxtlarning o‘sishidagi 
xususiyatlarni uch guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga mansub turlarning 
vakillari tez o‘sadi, biroq ko‘p umr ko‘rmaydi. Bu yorug‘sevar o‘simliklar 
o‘sishni taxminan 20 yillardan keyin to‘xtatadi va boshqa turlarga joyini 
beradi. Bunday o‘simliklar qatoriga masalan, janubiy Amerikadagi balzam 
daraxt (Ochroma lagopus) va mirmikofil turlarning ko‘pchiligi sekropiya 
(Cecropia), Afrika turi Musanga cecropioidesvaOsiyoning tropiklaridagi 
sutlamadoshlar oilasidan Macaranga turkumiga mansublari kiradi. 
Ikkinchi guruhga rivojlanishini dastlabki davrida tez o‘sadigan, uni 
balandga o‘sishi davom etib to‘xtagandan keyin ham bir necha yuz yil davom 
etadigan o‘simliklar mansub. Ular yuqoriga qavatga xos bo‘lib, tanasi odatda 
soya bilan to‘silmaydi. Bu guruh o‘simliklar qatoriga yog‘ochligi 


29 
qadrlanadigan “qizil daraxt” deb ataladigan Amerikaning tropiklarida keng 
tarqalgan Swieteniava Afrika tropiklaridagi KhayavaEntandrophragma 
mansub. 
Uchinchi guruhning vakillari soyaga chidamlik sekin o‘sadigan va uzoq 
umr ko‘radigan o‘simliklar hisoblanadi. Ularning yog‘ochligi juda qattiq va 
og‘ir ishlov berish qiyinligida keng ko‘lamda qo‘llanilmaydi. Daraxtlarning 
ko‘pchiligini tanasi to‘g‘ri, ustunsimon, shoxlanmaydi, 30 metrlargacha 
balandliklarga boradi. Alohida turganlaridagina shox-shabbasi atrofga 
yoyiladi. Daraxtlarning ayrim turlarini asosida bo‘yi 8 metrlargacha etadigan 
disksimon ildizlar hosil qiladi. Ular daraxtlarga mustahkamlik beradi, ildizlari 
chuqurga bormaydi. Disksimon ildizlarni hosil bo‘lishi irsiy jihatidan 
belgilanadi. Moraceae, Mimosaceae, Sterculiaceae, Bombaceae, Meliaceae, 
Bignoniaceae, Conpositaceae oilalariga mansub o‘simliklarning turkumlarida 
disksimon ildizlar ko‘p uchraydi. Apocynaceae, Sapotaceae oilalarining 
o‘simliklarida disksimon ildizlar yo‘q. Boshqa tur daraxtlar uchun 
qadamlovchi ildizlar xos; ular tanasining erga yaqin qismida hosil bo‘ladi. 
Nam tropiklardagi o‘rmonlarning daraxtlarini ayrimlarida kaulifloriya ya’ni 
gulni bargsiz shoxda hosil bo‘lishi alohida xususiyatlaridan biri. Bunday xolat 
o‘rmonning quyi qavatidagi daraxtlarda ro‘y beradi. Olimlar bu xolatni shu 
joylarda tarqalgan ko‘rshapalaklar tomonidan changlanishi bilan bog‘laydilar. 
Ko‘rshapalaklar va uchadigan itlar uchun daraxtga qo‘nayotganida uning 
gullaridan ushlash qulay bo‘ladi. 
Gul changini guldan gulga o‘tishida qushlar ham ishtirok etadi (bu 
xolat “ornitofiliya” deyiladi). Ornitofil gullar ochiq yorqin rangi (qizil, pushti, 
sariq) bilan uzoqdan ko‘zga tashlanadi. Xiropterofil o‘simliklarning gullari 
ko‘rimsiz yashilroq yoki jigarrang tusli. Nam tropiklardagi o‘rmonlarni quyi 
qismida tarqalgan o‘t xilidagi turlar soni daraxtlardan kam. Bu hududda 
tarqalgan o‘simliklarning barglarini bir tusda emasligi, metall kabi yaltiroq 
yoki yaltiramaydigan baxmalsimonligi bilan ham ajralib turadi. Bu quyosh 
yorug‘ligi minimum bo‘lsa ham undan maksimal foydalanishga 


30 
moslanishlardan biri bo‘lsa kerak. Bunday tusli quyi qavatning o‘simliklarini 
manzarali sifatida xonadonda ko‘plab o‘stiriladi. Ular qatorida Zebrina, 
Tradescantia, Setereasia, Maranta, Calathera, Coleus, Fittonia, Sanchezia, 
Begonia, Peleava boshqa turkumlarning turlari bor. YOrug‘lik yana ham kam 
tushadigan joylarda paporotniklar, plaunlar (Salaginella) va moxlar o‘sadi, 
ularning turlarini xilma xilligi unchalik ko‘p emas. Plaunlarning anchagina 
ko‘p turi (ular 700 ga yaqin) nam tropiklardagi o‘rmonlarda o‘sadi. 
Aksincha, geterotrof yuksak o‘simliklar bu hududlarda kam. Bu erda 
o‘simliklar olamidagi gulining diametri bir metrgacha etadigan 
Rafflesiaarnoldii o‘sadi. Bu tekinxo‘r o‘simlik, uning vegetativ tanasi bir 
necha hujayralardan iborat ip darajasigacha kichiroq turlar bilan Hind-Malay 
viloyatida 11 turni tashkil qiladi. Ular uzumdoshlar oilasiga mansub Cisus 
turkumining turlarida tekinxo‘rlik qilishadi. 
Nam tropikli o‘rmonlardagi tuproqlarda Clarhraceae va Phallaceae 
oilalariga mansub saprotrof zamburug‘larning “zamburug‘-gullari” ham 
uchraydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling