33
Bu hududda dukkaklilar tartibiga mansub vakillardan tashqari o‘rmonlarning
yuqorigi qavatining xarakterini belgilaydigan
Afrika turkumlaridan
sezalpiniyadoshlarning vakillari, shu bilan birga turkum va turlarga uncha boy
bo‘lmagan
Burseraceae, Icacinaceae, Meliaceae, Olaceae oilalarining
endemik o‘simliklari ham ko‘p tarqalgan.
Doimo yashil nam (yomg‘irli) suv bosmaydigan joylarda ibtidoiy xolda
asosan Liberiya, Kamerun, Gabon mamlakatlarida
va Kongo basseynida
saqlanib qolgan. Ularning balandligi Amazonka basseyni va Hind-
Malaydagilardan pastroq 35-45 metrlar
atrofida, mahsuldorligi ham kamroq.
Afrikaning nam (yomg‘irli) tropik o‘rmonlarining foydali boshqa
o‘simliklari orasida ma’lum va mashhuri kofe daraxti yoki kofe (
Coffea,
marenodoshlar oilasidan). Bu unchalik katta bo‘lmagan daraxt o‘rmonlarning
quyi yoki o‘rta qavatiga mansub.
Coffea arabica (araviya kofesi) Efiopiyaning janubiy-g‘arbiy
qismini
tog‘laridagi
yomg‘irli
o‘rmonlarining
o‘simligi;
Coffea
canephora(kongoleziya kofesi),
Coffea dewevrei (kongolez kofesi),
Coffea
liberica (liberiya kofesi) kola turlari
Cola acuminate(uchi o‘tkirlashgan kola)
va
Cola nitida (yaltiroq kola) bilan G‘arbiy
va Markaziy Afrikaning past
tekisliklaridagi namli tropik o‘rmonlarda tarqalgan.
Past tekisliklaridagi yomg‘irli tropik o‘rmonlarning epifitlari,
orxiddoshlar va turli tuman paporotniklar keng tarqalgan.
Daryolar ularning irmoqlarini qirg‘og‘ida
suvga botgan boshoqlilar,
qamishzorlar va suv o‘simliklarining jamoalari o‘sadi. Qamishzorlarda xlol
(
Cyperus), qo‘g‘a (
Typha), qamish (
Phragmitus), xanjaro‘t (
Cladium) keng
tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: