O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Tikan butali savannalar 
Bir yillik yog‘inning miqdori 500 dan 200 mm gacha pasaysa
qurg‘oqchilik sakkiz-o‘n oy davom etgan hududlarda o‘simliklar qoplamini 
tashkil etishda daraxtlarning ahamiyati kamayib boradi. Ularning 
ko‘pchiligini ilmoqli yoki tikanli o‘simliklar tashkil qiladi, shu boisdan 
tikanbutalisavannalar deb ataladi. 
Aholi siyrak bo‘lgan Afrikaning janubiy sarhadlarida ayniqsa Somali, 
Markaziy Tanzaniya, Botsvanada hozir ham tikanbutali xali odamlarning arra, 
boltasining ta’siriga uchramagan hududlari bor. Afrika savannalarining 
bunday tiplariga mirru ajratadigan butalar xos. Ularning bo‘yi 1,5-4 m keladi, 
tagida boshqa o‘simliklar kam. Butalarning turlarini tarkibi turli tuman, ularni 
orasida Burseraceaeoilasidan Commiphora turkumining turlari ayniqsa ko‘p 


46 
uchraydi. Ularning ko‘pchiligini kesilgan, singan joyidan elim-mirru ajralib 
undan diniy bayramlarda odamni rohatlantiradigan chekimlik (sigaretaga 
o‘xshash) tayyorlanadi, hozir undan ilmiy tibbiyotda foydalaniladi. Bundan 
tashqari kapersadoshlar juft bargdoshlar oilalarining o‘simliklari, novdasi 
misvok sifatida foydalaniladigan Salvadora persica, ayrim sukullentlardan 
Euphobia candela brumva Sansevieria cylindrica ham ko‘p uchraydi. 
Tikanbutali savannalarda Baswella turkumining turlari ham keng 
tarqalgan. Bu o‘simliklardan ladan deb nomlanadigan xidi yoqimli elim 
olinadi. Tikanbutali savannalarning katta maydonlarida soyabon ko‘rinishni 
hosil qilib o‘sadigan tikandaraxt-akas Kalaxari saxroga o‘tadigan hududda 
ko‘p o‘sadi. Bu hududdagi soyabon ko‘rinishga ega bo‘lganlar orasida Acacia 
spirocarpavaAcacia 
giraffe
undan 
keyin 
Acacia 
tortillis, 
Acacia 
senegalvaAcacia nilotica keng tarqalgan. Akas daraxtlarning ko‘pchiligi 
ayniqsa Acacia senegal suvda eriydigan elimsimon gummiarabik ajratadi. Bu 
o‘simlikni Somali, Senegal va Sudan mamlakatlarida ko‘plab maydonlarga 
maxsus ekiladi. Afrikaning tikanbutali savannalariga Janubiy Amerikada 
kaatinga mos keladi. Tikanbutali chakalakzorlar Braziliya mamlakatining 
shimoliy-sharqiy qismini egallagan. Kaatinga bu – past va o‘rta bo‘yli 
daraxtlar, ularni orasida tikanli butalari bo‘lgan barglari tikanli bromeliyalar 
oilasiga mansub va kaktusli jamoa. Ularning orasida buta o‘simliklari yoki 
daraxtlar ko‘p bo‘lgani farqlaniladi. Daraxtlarning orasida dukkakdoshlar, 
xurmodoshlarning turlari ayniqsa xurmo (Ziziphus joazeira)keng tarqalgan. 
Ularning orasida tanasining diametri bir necha metrlargacha etib unda suv 
caqlaydigan Cavanellesia arboreae, soyabon ko‘rinishli sutlamadoshlar 
oilasidan Manihot dichotomavaManihot glacioviham bor. Bu erda kauchuk 
beradigan geveya (Hevea) ham o‘sadi. Kaktuslardan Cereus turkumining 
baland ustun ko‘rinishidagilari bor. Bromeliyadoshlar epifit xolida tarqalgan. 
Epifit orxideyalar ham kam emas. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling