O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Tropiklardagi quruq o‘rmonlar va quruq savannalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Tropiklardagi quruq o‘rmonlar va quruq savannalar 
Quruqtropiko‘rmonlar” deb yog‘ingarchiliklar davrida barglari 
saqlanib qoladiganlarga aytiladi. Ularni savannalio‘rmonlar ham deyiladi. 
Bunday o‘rmonlarning turlarini tarkibiga ko‘ra asosan besh guruhga farqlab 
ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Miomboo‘rmonlari. Markaziy Afrikaning 5 va 20
0
janubiy kenglik 
orasidagi Angoladan Zambiya orqali Mazambikgacha bo‘lgan hududlardagi 
quruq o‘rmonlar-bu miombo o‘rmonlari. Afrikaning bu qismini relfiga 
muvofiq Miombo o‘rmonlari dengiz sathidan 800-1800 m balandliklarda 
uchrab o‘simliklar qoplamining asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi. 


44 
Miombo 
o‘rmonlari 
uchun 
sezalpiniyadoshlar 
oilasidan 
Brachystegiaturkumining o‘simliklari (turkumning afrikacha nomi miombo, 
o‘rmon tipi shu nom bilan atalgan) xos. O‘rmonning keng tarqalganligi ularni 
tuproq tanlamasligi, xatto qoyali yonbag‘irliklarda ham o‘sishi ahamiyatlidir. 
Bu o‘rmonlardagi daraxtlarning ko‘pchiligi yong‘inlarga (yonib kuyib ketish) 
ancha chidamli. Daraxtlarning bo‘yi 20 metrdan kamdan kam oshadi. 
Afrikadagi mamlakatlarda sanoat taraqqiyoti tobora kuchayib borishiga 
qaramay miombo o‘rmonlarida tabiiy landshaft ancha yaxshi saqlangan. 
Mopaneli o‘rmonlar. YOg‘ingarchilik ko‘p (yillik yog‘in 700-1300 
mm) bo‘ladigan 10 va 25
0
janubiy kenglikka quruq mopane o‘rmonlari 
yondoshgan. Bu tipdagi o‘rmonlar uchun Namibiya, Angola, Zimbabve
Zambiya, Trnsvalya va Mozambik mamlakatlarining iqlimiy sharoitlari mos 
keladi. Bu hududlarda to‘rt oy ichida 400-800 mm yog‘ingarchilik bo‘ladi. 
Mopane daraxti (Colophospermum mopane)bu o‘rmonlarning eng ko‘p 
tarqalgani. Ular daraxtlarning 90 foizini tashqil qiladi. YOrqin yashil, katta 
barglari novdada qurg‘oqchilik davrida ham saqlanib qoladi. O‘sayotgan 
joyining sharoitiga ko‘ra mopane bo‘yi 5-17 metrlargacha boradi. Tashqi 
ko‘rinishidan Markaziy Evropadagi emanga o‘xshab ketadi. Emanga o‘xshab 
tanasining po‘stlog‘i kulrang tusda uzunasiga yo‘nalgan yoriqli, yaproqlarini 
rangi kuzga kelib pasayadi. Mopane o‘rmonlari chorva hayvonlari uchun 
yaxshi o‘tloq bo‘lib oqsilga boy (12,6%) barglarini qoramollar, fillar, 
antilopalar xush ko‘rib iste’mol qiladi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling