O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Avstraliya savannalarining o‘simliklari
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
Avstraliya savannalarining o‘simliklari
Bu materikning savannalarini o‘simlik qoplami ajib tusni hosil qilgan. 47 Bu savannalarning o‘simliklar qoplami boshqa materiklardagi kabi o‘zaro farqlanadigan yaqqol ifodalangan emas, zero hamma joylarda evkaliptlar doimo yashil o‘simliklari o‘sadi. SHunisi taajjubki, bu hududda insonlarning salbiy ta’siriga uchramagan joylar qolmagan hisobi. Fermerlar bu hududlardagi barcha daraxtlarni kesib yuborishgan. Qolganlarida ham evkaliptlar ancha siyrak o‘sadi, soyasi ham oz. Evkaliptlar bilan birgalikda Tristania, Cusuarina cunninghamiana ham bor. Butalar qavatida tashqi ko‘rinishi odam diqqatini tortadigan o‘tsimon daraxt Xomthorrhoea turkumining turlari tarqalgan. Er yuzasini boshoqlilar va paparotnik Pteridium qoplagan. Avstraliyaning shimoliy-sharqidagi katta maydonlar kserofil buta o‘simliklar bilan zich qoplangan. Ularning orasidaAcacia harpophylla boshqalaridan ko‘p uchraydi. Bu erdagi daraxtlar ko‘pincha buta ko‘rinishiga ega. Avstraliyaning bu o‘simliklar qoplamini boshqa materiklardagi jamoalar bilan qiyoslasa bo‘ladi. Qing‘ir, qiyshaygan tanali, ko‘kish yashil barglari bo‘lgan o‘simliklar qurg‘oqchilik tufayli yil davomida deyarli o‘smaydi. Bu erning chakalaklari faqat brigel-akasdan iboratgina emas, ular bilan birga rutadoshlar (Rutaceae)oilasidan Flindersia turkumining turlari ham ko‘p. Ancha qalin chakalaklarda avstraliyaning butilka daraxti (Brachychiton repestris) uchraydi. Materikning ichi sahrolardan iborat. 4-MAVZU: CHALASAHRO, SAHROVA CHO`L MINTAQASI Reja 1. Georgrafikjoylanishi . 2. O‘sadigano‘simliklari. 3. Sahroi Kabir 4. Osiyoningsahrovachalasahrolari 5. Cho`l mintaqasi Chalasahro va sahro mintaqasi kurrai zaminimizning asosan shimoliy yarim sharida yerning quruqlikning 1/4 qismini egallaydi.Issiq sahro va chalasahro, mo‘‘tadilissiq va qishi sovuq sahro va chalasahrolar farqlanadi. Shimoliy yarimsharning muhim subtropik sahrolari va chalasahrolari 48 quyidagilardan iborat. a) Afrikaning shimolidagi sahro: b) Eron-Pokiston-Xindiston xududlaridagi Dasht-Lut va Txar sahrolari: v) Shimoliy va Markaziy Amerikaning janubi-g‘arbidagi sahro va chalasahrolar (Sonoro sahrosi). Janubiy yarimshardagi: Chili-Peru qig‘oqbo‘yi sahrosi; Namibning qirg‘oqbo‘yi sahrosi; Kalaxari sahrosi; Karru chalasahrosi va Avstraliyaning markaziy va janubiy qismidagi sahrolar. Qishi sovuq quruq Osiyoning o‘rta mintaqasidagi O‘rta Osiyo sahro va chalasahrolari va Eron-Turon sahrolari. Qozog‘iston-Jung‘or sahrolari. Mo‘g‘ilistonning markaziy Osiyo qismini sahrolari. Xitoyning shimolidagi Gobi, Tokla-Makan, Beyshan, Alashan, Ordos va Saydan sahrolari. Tibetning baland tog‘larini qishi sovuq sahrolari. Va nixoyat janubiy yarimsharda qishi sovuq sahro Argentinada mavjud. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling