O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

SahroiKabir 
Sahrot Kabir Yerning eng katta sahrosi bo‘lib Afrikaning shimolidagi 
Atlantika okeanning qirg‘oqlaridan Nil vodiysigacha bo‘lgan joylarni 
egallaydi. Uning uzunligi g‘arbdan sharqqa 6000 km dan ortiqroqni
shimoldan janubga 1800 km ni tashkil qiladi. Uning maydoni 9 mln km
2
atrofida. Sahroi Kabirning shimolida yiliga eng ko‘pi bilan 200 mm yog‘in 
yog‘adi, u faqat qishda ro‘y beradi. Juda katta maydonida o‘simlik yo‘q. 
Sahroi Kabirning markaziy qismidan ikkita katta floristik paleotrop va 
golarktik olamlarning chegaralari o‘tadi. Sahroi Kabirning shimolida 
golarktik olamga mansub o‘simliklar (avvalo O‘rta Dengiz viloyatida 
tarqalgan) astragal (Astragalus), rezeda (Reseda), zubturum (Plantago), 
sho‘ra (Salsola) turkumlarining vakillari o‘sadi. Paleotrop olamning floristik 
elementlari Sahroi Kabirning janubiy tomoniga xos indigonos (Indigofera
dukkakdoshlar oilasidan), kanop (Hibiscus,gulxayridoshlar oilasidan), kleoma 
(Cleoma kapersadoshlar oilasidan), akatsiya (mimozadoshlar oilasidan) 
hamda egrostris (Eragrostis, boshoqdoshlar oilasidan) va xlol (Cyperus
xloldoshlar oilasidan) o‘sadi. Bundan tashqari bu erda faqat Sahroi 
Kabirdagina uchraydigan o‘simliklar (endemlar) jami floraning 25 %ni tashkil 
qiladi. Sahroi Kabirning florasi Janubiy Evropaning florasidan 10 barobar 
miqdorda kam. Shunga qaramay Markaziy Sahroi Kabirda 450 turdagi gulli 
va 75 turdagi boshqa o‘simliklar o‘sadi. Bu joylarda sho‘radoshlar 
(Chenopodiaceae)-17turkum, 
butguldoshlar 
(Brassicaceae)-31turkum 
zigofillalar (Zygophyllaceae)-7 turkumdan iborat o‘simliklar o‘sadi. Bu 
qiyosga e’tibor bering: tropiklarda 10 000 km
2
maydonda 3000-4000 atrofida, 


51 
Yevropada 1000-2000 turlar, Sahroi Kabirda 150 turga yetmagan tur 
o‘simliklar tarqalgan. Sahroi Kabirda geologiya tuzilishi, suv bilan 
ta’minlanish darajasiga ko‘ra toshli sahrolar (gamada), qum-shag‘alli sahrolar 
(serir), qumli sahrolar (erg), quruq o‘zanlar (vadi), dayn va sebxilar, vohalar 
mavjud. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling