O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Janubiy Afrika sahrolari 
Janubiy Afrikaning g‘arbiy qismida ham arid iqlimli viloyatlar mavjud. 
G‘arbning eng pastida okean qirg‘og‘i bo‘ylab tuman bilan namlanadigan 
Namib sahrosi joylashgan. Katta maydoni yomg‘irni to‘sib turadigan tog‘ 
tizmalari bilan o‘ralgan joyda Karru chalasahrosi bor. Pushti daryo deb 
ataladigandan shimolda Janubiy tropik kengliklargacha qumli tekislik 
Kalaxari chalasahrosi joylashgan. Karru chalasahrosi sukkulentlarga va 
ko‘rinishidan ajib chiroyga ega va ekologiyasidan botanik mutaxassislarni 
o‘ziga jalb qiladigan o‘simliklarga ega. Chorva mollarini ko‘p boqilganidan 
hozirgi kunda Karru butachalari chalasahroga aylangan. Uning o‘simliklar 
qoplamida murakkabguldoshlar oilasidan past bo‘yli butachalar keng 
tarqalgan. 
Sukkulentlardan 
aizadoshlar 
oilasidan 
mezembriantemum 
(Mesembryantemum), turkumining turlari ko‘p uchraydi. Bu turkum 300 
turdan iborat bo‘lib, uning tarqalishi Janubiy Afrika bilan bog‘liq. Bundan 
tashqari bu erda dereza turkumining tikanli butalari (Lyciumturkumining) va 
tuyatovondoshlardan Zygophyllum butalari bor. Bu erda katta aloelar (Aloe
liliyalar oilasidan) ko‘p o‘sadi. Afrikada bu turkumlardan 100 dan ortiq tur 
uchraydi. Poyali sukkulentlar bilan birgalikda bargli sukkulentlar (etdor bargli 
o‘simliklar) ham keng tarqalgan. Bu joylar uchun bo‘yi 2 metrga etadigan 
katta sukkulentlar xarakterli. Semizo‘tdoshlardan Cotylodon, daraxtsimon 
sezimo‘t(Crassulaarborea) va boshqalar, poyasi sukkulentli katta sutlama 
(Euphobia), stapelia (Stapelia), xernia (Huernia), xoodia (Hoodia) va 
geranlardan sarkokulon (Sarcocaulon)va baland ustunsimonAloe turkumining 
turlari o‘sadi. Bu o‘simliklar bilan bir qatorda ikkita bargigacha 
redutsiyalangan maydalari ham ko‘p. 
Shimoliy Amerikaning Sonora sahrosi 
Sonora sahrosi AQShning janubi-g‘arbiy (Arizona shtati) va Meksikani 
shimoliy qismi (Sonora shtati) hududida joylashgan. Bu yerda yillik 


53 
yog‘inning miqdori sahro o‘rtasida 55 mm dan, tog‘lar bilan chegaralangan 
qismida 400 mm gacha yetadi xolos. AQShning eng qurg‘oq bu hududini 
odatda saxro (Sonortandesert) deb atashadi. Janubiy Afrika sahrolari kabi bu 
yerda ham ancha sovuq qish va qisqa muddat davom etadigan jalali 
momaqaldiroqli yozda nam bo‘ladi xolos. Bu yerda sukkulentlar ayniqsa 
deyarli kaktuslardan tashkil topganligidan Sonoru “Kaktuslisahroham deb 
atashadi. Bu hududdagi kaktuslarning ildizlari, tuproqqa bir necha 
santimetrgacha kirib boradi, keyin u atrofga tarmoqlanib ketadi. 
Qurg‘oqchilikda uning bu ildizlari qurib qoladi. O‘simlik tanasida to‘plagan 
suvi hisobiga yashaydi. Carnegia giganteakaktusini bo‘yi 10-12 metrga etadi, 
tanasida to‘planadigan 2000-300 l suv unga bir yilga etadi. Qurigan 
tanasining yonidagi tirik novdalari gullaydi ham. Bu kaktusning ayrimlari 
Sonora sahrosida 150-200 yil yashaydi. Bunday o‘simlikning og‘irligi 6-7 t 
kelib, unda 85-91 % suv bor. Har bir yog‘ingarchilikdan keyin o‘simlikni 
hajmi kattalashadi. Tanasidagi qovurg‘alar yomg‘irdan keyin uzoqlashadi, 
qurg‘oqchilikda yaqinlashadi. Ustunsimon kaktuslar bilan birga balandligi 
va diametri 1 keladigan Ferocactus wislizenii,juvasimon Mammillaria 
microcarpa, opunsiylarning ko‘plab turlari keng tarqalgan. 
Janubiy Afrikaning chalasahrolariga xos aloening turlari Sonora 
sahrosida yukka (Yucca) turkumining turlari bilan almashgan. Ular bilan birga 
past bo‘yli butalar, vaqti-vaqtida to‘la quriydigan (poykilogidrik) 
paparotniklar hamda ko‘plab efemerlar ham o‘sadi. Yomg‘irdan keyin ular 
boshqa chalasahrolardagi kabi Sonorada ham bag‘oyat go‘zal xolatni qisqa 
muddatga barq urib gullagan bog‘ga aylantiradi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling