O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

O‘sadigano‘simliklari. 
Kurrai 
zaminimizning 
barcha 
arid 
mintaqalarida sahro va chalasahrolarni o‘ragan cho‘l va savannalariga tomon
o‘simliklarning qoplami siyraklashib boradi. Uning zichligi yog‘in miqdorini 
kamayishi bilan teng boradi. Sahrolarda o‘simliklarning qoplami ularning suv 
bilan ta’minlanishi qulay bo‘lgan joylarda yaxshi rivojlanadi xolos. 
Chalasahrolarda o‘simliklar tarqalgan bo‘lsa u ma’lum me’yorga ega, shu 
bilan birga sahrolarni o‘simliklari butunlay yo‘q bo‘lgan joylari xam 
anchagina.
Arid mintaqasining o‘simliklari o‘zini suv bilan ta’minlashning turlicha 
usullarini hosil qilgan. Ular mavjud suvni imkoni boricha tejab, 
transpiratsiyani kamaytirish bilan amalga oshiradilar. Sahro o‘simliklarida 
bargning yaproqlari maydalashadi, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi. Bu 
yerlardagi o‘simliklar keng tarmoqlangan ildizga ega shu boisdan ular katta 
maydondagi yomg‘ir namini shimib oladi. Boshqalarida ildiz chuqurga kirib 
yerosti suvlarigacha yetib boradi. Buning yorqin misoli bo‘lib qandim 
(Calligonum)hisoblanib bu buta Sahroi kabirdan Gobi sahrolarigacha bo‘lgan 
xududlarda tarqalib uning ildizini uzunligi 30 m chuqurliklarga boradi. Sahro 


49 
va chala sahrolarda shunday o‘simliklar ham borki, yaproqlari keng yoyilgan 
bo‘lib erta sahardagi havo namligini shimib suvga bo‘lgan talabini qondiradi.
Sahro va chalasahrolarda ko‘p yil davom etadigan qurg‘oqchilikka 
(sabr, bardosh bilan) o‘zida chidamlikni hosil qilganlarni ko‘p turlar tashkil 
qiladi. Sahrolarda tarqalgan o‘simliklarni bir necha ekologiya guruxlariga 
bo‘linadi. Birinchi guruxga biryillikefemerlar deb ataladiganlari mansub bu 
gurux o‘simliklari qisqa muddat davomida o‘sadi: ularning urug‘i yomg‘irdan 
keyinoq unadi va ko‘p xollarda bir necha kunlardayoq xayotiy davrini urug‘ 
hosil qilguncha tugallaydi. Bu davrda g‘aroyiblik – sahro gullaydi.
Efemer-geofitlar guruhiga ildiz tugunak va piyozboshlari bo‘lgan ko‘p 
yillik o‘simliklar mansub. Ular yer yuzasida barglari va reproduktiv 
qismlarini yomg‘irdan keyingina hosil qiladi. Bir necha yillar davom etadigan 
qurg‘oqchilikni bu o‘simliklar tinim davridagi yerosti qismi bilan o‘tkazadi. 
Sahrolarning 
uchinchi 
gurux 
o‘simliklariga 
qisqa 
muddat 
namlanishdagina (tirik) bo‘ladigin poykilogidrid deb ataladiganlari mansub. 
Bu guruxga ayrim ko‘kyashil suvo‘tlar (masalan, Nostoc commune, 
Microcoleus 
vaginatus 
kabilar), 
lishayniklar, 
ba’zi 
moxlar 
Selaginellaturkumining o‘simliklari va paporotniklari ayrimlari va xatto ba’zi 
gulli o‘simliklar mansub. Ularning hammasi qurg‘oqchilikni tinim xolida 
o‘tkazadi. Yomg‘irdan so‘ng ular ko‘karadi, o‘sadi, ko‘payadi keyin yana 
quriydi. Sahroda eng ko‘p tarqalgan o‘simliklar kserofitlar hisoblanadi. 
Ularning yerusti qismi qurg‘oqchilikda ham tirik qoladi. Sahro va 
chalasahrolardagi kserofitlar asosan qattiq bargli sklerofillashgan. Kuchli 
rivojlangan va chuqurga kirib boradigan ildizlari qurg‘oqchilik davrida ham 
o‘ziga suv topa oladi.
Bug‘lanishni 
kamaytirish 
uchun 
ularning 
bargalari 
ancha 
reduksiyalangan va qalin tuklar bilan qoplangan. Ba’zilarida esa barg 
butunlay yo‘q. Fotosintezni novdalari amalga oshiradi (masalan Halaxilon 
aphillum). Sahro kserofitlariga Tamaricaceae oilasidan Tamarix, qandim 
Calligonum, Zygophyllaceae oilasidan Zygophyllumkabilar yorqin misol 


50 
bo‘ladi. Sahro va chalasahrolardagi yana bir ekologik gurux bu haqiqiy 
sukkulentlar. Bu gurux o‘simliklarning barglari, novdalari, tanasida yoki 
yerostki qismida ko‘p miqdorda yomg‘ir davridagi suvni tutadi. Ulardagi 
moddalarning almashinuvi juda sekin ro‘y berganligidan-o‘simlik ham sekin 
o‘sadi. Haqiqiy sukkulentlar bo‘lib kaktuslar, ularga morfologiyasidan 
o‘xshab ketadigan sutlamadoshlar, semizo‘tdoshlar mansub.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling