Toshlisahrolar (gamada).Yassitog‘liklardan iborat, u yerdagi toshlar
oftobda qorayib toshli sahroga hunuk tus beradi. Suvni yo‘qligi tuzlar
miqdorining ko‘pligidan gamadada o‘simliklar qoplami yo‘q hisobi. Qum-
shag‘alli sahroda tuproq shunchalik qattiqki, uni o‘simlik yorib chiqaolmaydi.
Eroziyaga kuchli uchragan joylarda saksovul Haloxylon (sho‘radoshlar
oilasidan), selena (Aristida, boshoqdoshlar oilasidan), ko‘p yillik o‘t-geofitlar
va bir yillik ba’zi o‘tlar uchraydi. Serirlarda tuz ko‘p emas.
Qumlisahrolar. Sahro Kabirning 20 % atrofidagi qismini tashkil
qiladi. Qumliklar yaltiroq qizil namlik oshganda sarg‘ish-jigarrang tusli temir
oksidi bilan qoplangan. Shu boisdan bu qumlar namlikni o‘zida yaxshi tutadi.
Shamol ta’sirida ko‘chadigan qumlarda o‘simliklar yo‘q. Ko‘chmaydigan
qum barxanlarida ildizi chuqurga kirib boradigan yulg‘un (Tamarix
articulata), efedra (Ephedra alata), drok (Genista saharae), juzg‘un
(Calligonum) hamda selin (Aristida pungens) o‘sadi.
Quruqo‘zanlar (vadi). Shag‘al va qum bilan qoplangan. Ularda
o‘simlikni o‘sishi uchun sharoit bor. Ba’zi joylarda akatsiya ham (Acacia)
uchraydi. Bu joylar uchun tariq (Panicum turgidum) tikanli ko‘plab butalar,
ulardan Zizyphus (jumrutdoshlar oilasidan), Maerua (kavardoshlar oilasidan),
Balanites (tuyatovondoshlar oilasidan), sho‘rlangan tuproqlarda- Tamarix
(yulg‘undoshlar oilasidan), Zygophyllum (tuyatovondoshlar oilasidan) va
sho‘radoshlardan Salsola turkumining turlari o‘sadi.
Vohalar. Qumliklar orasida ancha chuqurdan suv chiqadigan quduqli
vodiylarda vohalar bor. Bunday joylarning o‘simliklar qoplami
atrofdagilardan farq qiladi. Uncha katta bo‘lmagan suv xavzalarida rdest
gichchak (Potomogeton), ryaska (Lemna), nayzabarg (Ceratophyllum),
52
qirg‘oqlarida qamish ( Phragmites), qo‘g‘a ( Typha) o‘sadi. Voha atroflarida
dehqonchilik qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |