O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Sharqiy Yevropa cho‘llari 
Sharqiy Evropada shimoldan janubga yo‘nalgan sari o‘simlik 
mintaqalari mumtoz tarzda almashinuvi ro‘y beradi. Kiev-Samara-Qozon-Ufa 
liniyasi bo‘ylab aralash o‘rmonlar mintaqasi joylashadi. Janubdan bu liniya 
Kishinev-Xarkov-Saratov-Quybishev-Orenburg 
liniyasiga 
o‘rmoncho‘l 
mintaqa yondoshadi. Uni Qoradengizning shimoliy qirg‘oqlarigacha 
boradigan haqiqiy cho‘l almashtiradi. Va nihoyat janubi-sharqda Volgograd 
atrofidan Kaspiy dengizigacha sahrolashgan cho‘llar joylashadi. O‘rmoncho‘l 
mintaqada gidrolitik jihatidan qulay joylarda ochiq maydonlarda yakka, tabiiy 
sharoitlarda egilgan tanali daraxtlar o‘sadi. Bu mintaqada eman (Quericus 
robus) asosiysi bo‘lib, qayrog‘och (Ulmus ruberosa), jo‘ka (Tilia cordata), 
mum (Fraxinus excelsior), zarang (Acer platanoides, A.tatarica), tog‘terak 
(Populus tremula), chetan (Sorbus aucuparia), olma (Malus silvestris) ham 
ko‘p o‘sadi. Butalardan korulus (Corylus avellana), normushk (Euonymus 
verricosa) va olicha (Prunus spinosa) keng tarqalgan. Butalardan pastki, 
erusti qavatida merkuria (Mercurialis perennis), galium (Galium odoratum), 
pulmonaria (Pulmonaria obscura), orobus (Orobus vernus), asarium (Asarum 
europaeum), gunafsha (Viola mirabilis), galebdoron (Galeobdoron luteum), 
betaga (Festuca gigantea) va boshqalar o‘sadi. 


58 
Bu o‘simliklar chirindi qatlami qalin qoratuproqlarda tarqalgan. Bir 
necha qo‘riqxonalar tashkil etilgan joylarda ular yaxshi o‘smoqda. Boshqa 
joylar haydalib ekin maydonlariga aylantirilgan. YUqorida qayd etilgan 
o‘simliklarni yo‘l bo‘ylarida, haydalmay qolgan joylarda ko‘rish mumkin. 
Haqiqiy kovulli cho‘l oddiy va janubiy qoratuproqlarda mavujd.
CHirindiga boy qatlamni yupqalashuvi bilan unda o‘sayotgan o‘simliklarning 
turlari, qoplami ham kamayadi. Sharqiy Evropa cho‘llari Ukrainaning 
janubidagi cho‘lda Askaniya-Nova qo‘riqxonasi Dnepr daryosining quyi 
oqimidagi Kaxovsk suv ombori yaqinida joylashgan. Bu cho‘l 
o‘simliklarining qoplamini rus olimi akademik L. S. Berg tavsifi bo‘yicha 
keltiramiz. 
“Mart oyining o‘rtalariga kelib Askaniya-Novada hayot jonlana 
boshlaydi. Cho‘lning chimli tuproqlarida bahorning birinchi elchisi katta oq 
gulli droba (Draba verna)paydo bo‘ladi. U bilan bir vaqtda piyozlardan 
ikkitasi sariq gulli gagea (Gagea pusilla va G. bulbifera)ko‘rinadi. Bu bahorgi 
efemer o‘simliklar chim oraliqlaridan ko‘zga tashlanadi. Aprelning 
o‘rtalariga kelib qo‘rg‘irbosh (Poa bulbosa var.vivipara)ko‘kara boshlaydi. 
Bu o‘simlik chorva mollari ko‘p boqilib toptalgan joylarda ommaviy tarzda 
o‘sadi. Bu davrda Carex stenophylla ham gulga kiradi. 20 aprelga kelib qizil 
lolalar Tulipa Schrenkiiko‘payadi. Ba’zan uning guli sariq, qisman-pushti 
sariq gulli lola (Tulipa bibersteinia)uchraydi. Ayrim hududda bu lola 
lolazorlarni hosil qiladi. Cho‘l bahorda iris (Iris pulima)ning turli rangdagi 
gullari bilan bezanadi. Ulardan keyin cho‘l valerianasi (Valeriana tuberosa), 
ayiqtovon (Ranunculus oxyspermus), qirmizigulli giatsint (Bellevalia 
sarmatica) va boshqalar gulga kiradi. Cho‘lning boshoqdoshlari keyinroq 
mayda gullaydi. Ulardan keyin kelariya (Koelaria gracilis), kumerka 
(Agropyron cristatum) gullab, boshoq tortishga kirishadi. Bu davrga kelib 
cho‘l yashnaydi. Hududi beadad kovullarning “pat”laridan tashkil topgan bu 
qo‘riq xuddi juda katta suv kengliklariday shamolda mavjlanadi. Iyun oyining 
o‘rtalariga kelib kovullarning uzun sochsimon o‘simtalari to‘kila boshlaydi. 


59 
Cho‘l asta sarg‘ish tusga kiraboradi. Yozning o‘rtalarida tuproqda namlik 
bo‘lsa stipa (Stipa capillata)mavjlanadi. Iyulning oxiriga kelib cho‘l 
gullayotgan stipa bilan qoplanadi. Bu kovul odatda katta odamning 
tizzasigachalikda undan balandroq bo‘lib uning supurgisimon qismlari tik 
xolga kelganda odam bo‘yi (170-180 sm) balandligacha boradi. Kuzga kelib 
uni poyasi sarg‘ayadi, urug‘li novdalari to‘kiladi, bir qismi spiral xolda 
o‘raladi. Kuzda cho‘l yuzasi stipa tik yo‘nalgan poyasidan iborat qismli bo‘lib 
qoladi. Uning poyalarini orasida qor bir muncha tekis yuzani hosil qiladi”.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling