O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Osiyoning namli tropik o‘rmonlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Osiyoning namli tropik o‘rmonlari 
Osiyoning past tekisliklaridagi namli tropik o‘rmonlar Amerika va 
Afrikaning xuddi shunday o‘rmonlariga nisbatan antropogen ta’siri kuchliroq 
bo‘lgan. Hozirgi namli o‘rmonlarning past tekisliklari sholipoyalar va tropik 
ekinlar maydonlariga aylantirilgan. Faqat Malayziya va Indoneziya mamlakati 


34 
geveya (Hevea brasiliensis) plantatsiyalaridan jahon bo‘yicha olinadigan 
kauchukning 90 foizini ilgari nam o‘rmon bo‘lgan joylardan beradi. 
Yomg‘irli tropik o‘rmonlarning ayrim o‘simliklari hozir tropiklarning 
hamma joylarida ekma o‘simlik sifatida ekiladi. Masalan, Moluk orolidagi 
iforli muskat (Myristica fragrans)va chinnigul daraxt (Syzygium aromaticum), 
Shri-Lankadagi jigar tusli daraxt (Cinnamomum zeylanicum), Malabar 
qirg‘oqlaridan qora murch (Peper nigrum) va mango (Mangifera indica) ko‘p 
ekiladi. Shunga qaramay Birma va Shri-Lankadan to Tinch okeanining 
qirg‘oqlariga qadar bo‘lgan juda katta maydonga xali inson faoliyatining 
ta’siri deyarli bo‘lgani yo‘q. Sumatra, Klimantana va Yangi Gvineya 
hududidagi juda katta odam o‘taolmaydigan botqoqliklar va botqoqdagi 
o‘rmonlar Hind-Malay viloyati va Fillipin orollari namligi (yomg‘irli) tropik 
o‘rmonlar bilan qoplangan. 
Osiyodagi namli tropik (yomg‘irli) o‘rmonlarga xos bo‘lgan xususiyat 
bu ikki qanot mevali (Dipterocapaceae) oilasiga mansub turkumlari 
turlarining ko‘pligidir. Bu oila 22 turkumga mansub 400 dan ortiqroq 
turlardan iborat o‘simliklar bo‘lib ular tropik Osiyoning deyarli istisnosiz 
vakillari bo‘lib hisoblanadi. Bu oilaga mansub o‘simliklarning juda 
ko‘pchiligini baland bo‘yli daraxtlar tashkil qiladi. Shorea, Dipterocarpus, 
HopeavaVatica turkumlarining turlari boshqalaridan ko‘p va keng tarqalgan. 
Boshqa turkumlardan Sumatradagi bo‘yi 60 metrlardan ham oshadigan 
tarmoqlanmagan tanasi 40 metrlar keladigan Dyobalanops aromatuca 
xarakterli. Osiyoning namli tropik o‘rmonlarining taksonomik tarkibi 
Amerika va Afrika namli tropik o‘rmonlariga nisbatan unchalik chiroyli gulli 
emas. Sezalpiniyadoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning ko‘pchiligini 
gullari ko‘rimsiz, shu boisdan ulardan tashkil topgan o‘rmonlar ham shu kabi. 
Osiyoning namli tropik o‘rmonlariga fikus (Ficus) va non daraxti 
(Artrocarpus) ham xarakterli hisoblanadi. Bu yerda sezalpiniyalar unchalik 
muhim ahamiyatli emas. Biroq Indoneziyada o‘sadigan eng baland, bo‘yi 90 
metrlarga etadigan Koompassia excelsa shu oilaga mansub. 


35 
Botqoqli yomg‘irli o‘rmonlarda ham ikki qanot mevalilarning vakillari 
ko‘p o‘sadi. Ulardan tashqari turli palmalar va pandana (Pandanus) turlari 
ham bor. 
Qadamlovchi va disksimon ildizli daraxtlarning ko‘pchiligi ham bu 
hududga xos. O‘rmonning ichkarisidagi daraxtlar chekkasidagidan kichikroq 
va 
siyrak 
joylashgan. 
Epifitlar 
orasida 
Myrmecodia, 
HydnophytumvaDischidiaturkumlarining turlari uchraydi. Tuproq yuzasidagi 
xloldoshlar (Cyperaceae)iborat o‘simliklar, botqoq moxlari va nimfeya turlari 
tarqalgan. Tog‘lardagi nam o‘rmonlarda 1500 m balandliklarda dub 
(Quercus) va kashtan (Castanea) o‘sadi. Bu joylar uchun epifitlar va xos, 
ularning turlari, soni ancha ko‘p. Epifitlar orasida paparotniklar, orxideyalar 
va ancha chiroyli gullaydigan turlar (Hoya medinilla) ko‘p.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling