O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


JanubiyAmerikaning namli tropik o‘rmonlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

JanubiyAmerikaning namli tropik o‘rmonlari 
Hozirgi kunda tropik o‘rmonlardagi o‘simliklarning rang-barangligi 
Amazonka basseynida boshqa joylardan yaxshi namoyon bo‘lgan. 
Sayohatchilar “yashil jaxannam” deb atashadigan bu hudud o‘zining 
tadqiqotchilarini kutmoqda. Avval bu yerlar uchun fitotsenologlar zarurki 
hozirgacha ham bu yerda tarqalgan o‘simliklar bo‘yicha yetarlicha 
ma’lumotlar oz. Janubiy Amerikaning namli tropik o‘rmonlarida eng katta 
maydonli quyi yassilikdagi suv bosmaydigan joy nam o‘rmonlar tashkil 
qiladi. Janubiy Amerikaning aholisi bu joylarni ispanchasiga “terrafirma”-
qattiq er deb atashadi. Uning daraxtlar qavatini bag‘oyat turli sistematik 
tarkibi asosan dukkaklilar tartibining daraxtlari tashkil qiladi. Bu yerda 
sezalniyadoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning ikkita markazidan bittasi 
daraxtlardan 
Dimorphandra, 
Elizabetha, 
Eperua, 
Heterostemon
PeltogynevaSwartzia turkumlarining chiroyli gullaydigan turlari tarqalgan. 
Mimozadoshlar 
(Mimosaceae) 
oilasining 
tarkibiga 
Amazonka 
basseynidagi bo‘yi eng baland 60 metrlarga etadigan Dinizia excelsa ko‘p 
turlari tarqalgan. Parkia turkumi ko‘p uchraydi. SHu bilan birga 


32 
muskatdoshlar (Myristicaceae), sapotadoshlar (Sapotaceae), letsitiyadoshlar 
(Zecythidaceae), sutlamadoshlar (Euphorbiaceae), lavrdoshlar (Zauraceae) va 
kurtdoshlar (Apocinaceae) oilalarining daraxtlari ko‘p tarqalgan. 
Amazonka basseynining muhim foydali o‘simligi-geveya (Hevea 
brasilensis) kauchuk beradi.Geveya sutlamadoshlar oilasiga (Euphorbiaceae) 
mansub, bo‘yi 30 metrlarga tanasining diametri 1 metrga etadi. Braziliyaning 
ichki hududida kurtdoshlar oilasidan kauchuk (avvalo chaynaydigan saqich) 
olinadigan Conta turkumining turlari ham keng tarqalgan. 
Boshqa faydali o‘simlik-Bertholletia excelsadaraxtidan “braziliya 
yong‘og‘i” teriladi. Lesythidaceae oilasiga mansub daraxtning bo‘yi 50 
metrlargacha etadi. Qimmatbaho yog‘ochlik beradigan daraxtlardan sveteniya 
(Swietenia macrophylla)bo‘lib uning yog‘ochligi haqiqiy qizil daraxtdan 
(Maxogon) qolishmaydi. Bu daraxt Antil orollarida keng tarqalgan, uning 
bo‘yi ham 50 metrlarga boradi. Amazonkaning nam o‘rmonlarida lianalar 
ayniqsa barq urib o‘sgan. Ulardan Abuta (Menispermaceae oilasidan), 
Bauhina (Caesalpiniaceae) Derris (Fabaceae), Entada (Mimosaceae) 
vaStrychnos (Loganiaceae)turkumlarini qayd etish lozim. Abuta va Strychnos 
turkumlari o‘simliklaridan mahalliy aholi nayzalarini uchiga surtadigan zahar-
kurara tayyorlashadi. 
Haqiqiy epifitlardan birinchi navbatda Amerikaning namli o‘rmonlariga 
xos bromleyadoshlar (Bromeliaceae) hamda orxidlarning turlarga boy 
turkumlaridan Cattleya, Epidendron, Laelia, MaxillariavaOncidiumko‘p 
uchraydi. 
Doimo suv bosgan joylarda (ularning eni 100 km gacha boradi) 
qirg‘oqda butalar, undan keyin baland bo‘yli (50 m atrofida) daraxtlar
ulardan palmalar shokolad daraxt yoki kakao daraxti (Theobroma cacao
o‘sadi. Uning bo‘yi 10 metrlarga etadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling