O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Tuproqning o‘simliklarni tarqalishiga ta’siri


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Tuproqning o‘simliklarni tarqalishiga ta’siri 
O‘simliklar olami va tuproq bag‘oyat tig‘iz munosabatlarda bo‘ladi. 
Tuproqni tuproq sifatida shakllanishi o‘simliksiz bo‘lmaydi. Tuproq ham o‘z 
navbatida o‘simliklar uchun oliy darajadagi muhin bo‘lib unda oziq moddalar 
va namlik bo‘ladi. O‘simliklarning tarqalishidagi asosiy tip tuproqlarning 
aloqadorligi mavjud. Har ikkalasi iqlimiy sharoitsiz mavjud emas. 
Sho‘rlangan tuproqlarning o‘simliklari. O‘simliklarni umuman 
olganda tarqalishi va tuproq omillari orasida yaqqol namoyon bo‘ladigan 
bog‘liqlik mavjud. Tuproqning biror omili ekstermal hisoblanadi. Buni 
sho‘rlangan tuproqlarda tarqalgan o‘simliklar yaxshi namoyon qiladi. 
Ularning tarqalishida umumiylik ko‘p. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra 
zubturum turkumining bir turi (Plantago maritima) odatda sho‘rlangan 
o‘tloqlarda o‘sadi. Uning eng ko‘p tarqalgan joyi Markaziy Osiyoga to‘g‘ri 
keladi. Turon floristik viloyatining sharqiy qismida sho‘rlangan tuproqlar 
ko‘p. Bu yerlardan mazkur zubturum turi g‘arbga tomon tarqalgan. U O‘rtaer 
dengizi, Atlantika okeani va Baltika dengizi qirg‘oqlarida va xatto Arktika 
qirg‘oqlarigacha kirib borgan. Uni Evropaning dengizdan uzoq sho‘rlangan 
tuproqlarida ham uchratish mumkin. Xuddi shunday tarqalish soleros 
(Salicornia enropea), sveda (Suaeda maritima), sutchil (Glaux maritima), 
sho‘rak (Salsola kali), ermon (Artemisia maritima), sho‘ra (Atriplex lituralis) 
kabi tur o‘simliklarida ham ko‘rish mumkin. Bu o‘simliklarning tarqalishida 
iqlim omillarining ta’siri ikkinchi darajaga tushib qolgan. 


17 
Ayrim tur o‘simliklarning bir me’yorda o‘sib rivojlanishi uchun 
tuproqda osh tuziga ehtiyoji bor. Bunday o‘simliklarni galofitlar deb atashadi. 
Bunday sharoitda o‘sadigan o‘simliklar boshqa turlar bilan raqobatga muhtoj 
emas, shu boisdan ular barq urib o‘sadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling