O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Og‘ir metallar tutgan tuproq o‘simliklari
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ohakli tuproq o‘simliklari (kalsefillar).
Og‘ir metallar tutgan tuproq o‘simliklari. O‘simliklarning tuproqda
og‘ir metallar tutgan joylarda ham tarqalishi ekstermal sharoitlar bilan bog‘liq. Bunday bog‘lanish bu xodisani uncha katta bo‘lmagan hududlarda darrov ko‘zga tashlanadi: tegishli o‘simliklarni xatto “tuproqindikatorlari” deb atashadi. Og‘ir metallar mis, qo‘rg‘oshin, ruh kabilarning tuzlari ko‘pchilik o‘simliklar uchun zaharli hisoblanadi. Uncha ko‘p bo‘lmagan turlar (yoki kenja turlar va tu xillari) borki ular bunday og‘ir metallarning tuzlari bo‘lgan joylarda ham o‘sib boshqa o‘simliklar tomonidan raqobatni sezmaydilar. Masalan, minuarsiya (Minuartia verna) misli birikmalarni yer ustiga chiqib qolgan joylarida, armeriya (Armeria maritima), silena (Silena vulgare)tarkibida ruh elementining birikmalari bo‘lgan tuproqlarda o‘sadi. Bundan tashqari qiyin eriydigan, juda sekin parchalanadigan magniy silikat bo‘lgan tuproqli sharoitlarda o‘ziga xos flora shakllanganligini ko‘rishgan. Ikkita paparotnik – Asplenium adulterinumvaAsplenium cunefoliumfaqat shunday joylarda o‘sadi xolos. SHuni ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan o‘simliklar og‘ir metallar tutgan tuproqlarda tarqalganligi bilvosita emas, bunday joylarda boshqa turlar tomonidan raqobatchilarning yo‘qligi ham ahamiyat kasb etadi. Ohakli tuproq o‘simliklari (kalsefillar). Ohaktoshli tog‘ jinslari yer yuzasiga chiqib qolgan joylarni silikatli jinslar bilan chegaralangan joylarida flora tarkibida keskin o‘zgarishlar bo‘lgani kuzatiladi. Ohakli va silikatli tuproqlarda o‘zaro yaqin qarindosh bir birini almashlaydigan alohida turlar o‘sadi. Kalsefil deb ataladigan turlar tarkibida kalsiy birikmalari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarning turlari juda ko‘p. Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, ko‘pchiligi o‘zining tarqalgan arealida umuman ohak bilan bog‘lanmagan. Bunday aloqadorlik arealning alohida joylarida 18 kuzatiladi. Bu xolat ofris (Ophrys insectifera)turida yaqqol namoyon bo‘lgan. Bu o‘simlik-orxediya unumsiz va ohak er yuzasiga yaqin joylarda tarqalgan. Xuddi shunday xolatni viburnum (Viburnum lantana) o‘simligida ham ko‘rish mumkin. Bir qator hududlarda bu o‘simliklar tuproqda ohak ko‘pligini bildiruvchi indikator bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda o‘simliklar tuproqlarning tarkibidagi kalsiy bilan bog‘langan xolda tarqalganligini emas, uning fizikaviy xususiyatlari bilan bog‘liq xolda hamda ohak ta’sirida tuproqning kislotaligini o‘zgarishi tufayli tarqalgan degan xulosa ham qilinishi mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling