O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ATROF MUHIT OMILLAR VA O‘SIMLIKLARNING


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

2. ATROF MUHIT OMILLAR VA O‘SIMLIKLARNING 
TARQALISHI 
O‘simliklarning ekologiya xususiyatlari. U yoki bu turning atrof 
muhitga bo‘lgan umumiy talabi irsiy belgilangan. Har bir tur maxsus 
ekologiya xususiyatlarga ega. Bundaylarga masalan, haroratga, namlikni, oziq 
moddalarni mavjudligiga, yorug‘likka va shu kabilar kiradi. O‘simlikning 
rivojlanishini dastlabki niholligida, gullayotganida, meva-urug‘ hosil 
bo‘layotganidagi talablari albatta bir xil emas. Bu ekologiya omillari 
o‘simlikning xususiyatlariga mos kelganda yaxshi o‘sadi hamda hayotiy 
davrini to‘la o‘taydi. Shunga ko‘ra o‘simliklarning o‘sishi, tarqalishi 
anchagina xolda atrof muhitning omillari ta’siri bilan belgilanadi. Bunga faqat 
abiotik omillargina emas tirik olam, ya’ni boshqa o‘simliklar va hayvonlar 
ham o‘zining ta’sirini albatta o‘tkazadi. Bu o‘rinda odamlar ham “qarab 
turmaydi”. 
Iqlimning o‘simliklarni tarqalishiga ta’siri. Kurrai zaminimizda 
o‘simliklarning katta maydonlarda tarqalishini yuzaga kelishi ma’lumki, 
iqlimiy omillar bilan bog‘liq. Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak bu borada 
ekvatordan qutblarga borgan sari haroratning pasayib borishi muhim 
ahamiyatga ega. SHu bilan birga o‘simliklarning o‘sib rivojlanish muddati-
davrlari ham qisqarib boradi. Bu omillarga bog‘liq xolda o‘simliklarning 
bo‘yini balandligi ham janubdagilardan shimoldagilarda pasayadi. O‘simlik 
o‘sayotgan joylardagi xilma xil tashqi muhitning sharoiti o‘simliklar 


11 
jamoalari bilan bir qatorda alohida turlarga ham ta’sir qiladi. Iqlimiy omillar 
turlarni yirik mintaqada tarqalishini belgilaydi. Va aksincha, mintaqalarda 
o‘simliklarning tarqalishi eng avvalo tarixiy taraqqiyoti, tarqalishidagi 
xususiyatlari kabilar ham iqlimiy, bir tomondan tuproq (edafik) omillar bilan 
ham bog‘liq.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling