O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Kosmopolitlar. Bir qator tur o‘simliklar borki, ular ko‘pchilik 
qit’alarda tarqalgan. Ularni kosmopolitlar deb atashadi. Kosmopolitlarning
qatoriga avvalo katta masofalarga tarqalaoladigan turlarni kiritiladi. Bunday 
xolat sporalari yordamida tarqaladiganlarida ro‘y beradi. Masalan, mog‘or 
zamburug‘larning sporalari hamma joyda uchraydi. Gap shundaki, ular 
rivojlanishlari uchun o‘zlariga zarur bo‘lgan sharoitni topaoladimi? Xuddi 
shuni bakteriyalar haqida ham aytish mumkin. Sporalari yordamida tarqalib 
ko‘payadigan o‘simliklarning orasida kosmopolitlar shunga qaramay ko‘p 
emas. Moxsimonlardan jigarmox marshansiya (Marchanthia polymorpha
deyarli butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. 
Paparotniklar orasida Pterdium aquilinum mumtoz misol sifatida 
keltiriladi. Hamma joylarda tarqalgan suv va botqoqliklarda o‘sadiganlariga 
bizda ham keng tarqalgan qamish (Phragmidium communis), bulduruqo‘t 
(Alisma plantago-aquatica), ryaska (Lemna minor) va rdestning turlari 
(Potamogeton) va boshqalari mansub. Bu o‘simlarning bunday keng 
tarqalishiga suvdagi qushlar sababchi, shunga qaramay suvning oqimi asosiy 
omil hisoblanadi. Kosmopolitlar orasida ularning keng tarqalishiga sabab 
bo‘lgan boshqa omil ta’siri ham bor. Hozirgi kunda oq sho‘ra (Chenopodium 
album), jag‘-jag‘ (Capsella bursa), ikki uyli va qichitqi (Urtica diaca va 
Urtica urens), qiziltasma (Polygonum aviculare), qo‘ng‘irbosh (Poa annua), 
zubturum (Plantago major) va boshqalarning deyarli butun dunyo bo‘ylab 
tarqalishiga 
odamlar 
sabab 
bo‘lgan. 
Shu 
boisdan, 
ularni 
antropogenkosmopolitlar deb atashadi. 
Endemiklar. Kosmopolitlarga qiyoslaganda butunlay qarama-qarshi 
holat: qandaydir bir juda cheklangan hududda tarqalgan turlar hisoblanadi. 
Bunday endem turlar ko‘p xollarda qaysidir bir oroldagina, biror vodiyda yoki 
tog‘ tizmasidagina uchraydi. Shundaylardan biri afrikaning janubidagi Namib 
sahrosida o‘sadigan g‘aroyib velvichiya (Welwitschia mirabilis)o‘simliklar 
sistematikasida alohida o‘rin egallaydi. Endem turlarga tabiiy tarzda 
chegaralangan hududlar ayniqsa boy. Bunday hududlarda flora uzoq muddat 



davomida ajralib qolgan xolda rivojlangan. Bunday hududlarga tog‘lar, 
orollar misol bo‘ladi. Orol materikdan qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, u 
ko‘p muddat ajralib qolgan. O‘rta dengizning Korsika va Sardiniya orollari 
materikdan uzoq muddatda ajralib turganidan undagi florani endemligi 5% ni 
Qrim orollarida endem turlar jami floraning 10% ni tashkil qiladi. Kanar 
orollarida u 36% ga etgan. Madagaskar Afrikadan 50 mln yil ilgari 
ajralganligidan endem turlar 66%, Yangi Zelandiyada 72%, Gavay orollarida 
esa bu ko‘rsatkich 82-90% dan iborat. Materiklardan ajralib qolgan bu 
hududlarda endemik turlargina emas, endem turkumlar, xatto endem oilalar 
mavjud. Orollardagi endemlarni o‘sha joyda tarixiy jihatidan yuzaga kelib 
shakllangan desa ham to‘g‘ri bo‘ladi. Ularni progressi endemiklar yoki 
noendemlar deyiladi. Xuddi shunday fikrlarni tog‘dagi endem taksonlar 
haqida ham haqida aytish mumkin.
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, ularni materiklardan ajralib 
qolganligi yoki alohida tog‘ tizmasidaligi bilan izohlanmaydiganlari ham bor. 
Ayrim botanika bog‘lari, shaharlarda manzarali sifatida o‘stirilayotgan 
sharqiy Osiyo daraxti gingko (Gingkgo biloba) hozirgi paytda Xitoyning 
janubidagi Chjeszyan viloyatida inson aralashuvisiz o‘sadi. Arxeologiya 
qazilmalari guvohlik berishicha u yura, bor va uchlamchi davrlarda bitta 
turdan emas bir qator turlardan iborat bo‘lib shimoliy yarimsharning ko‘plab 
joylarida tarqalgan. Shunday qilib, uni hozirgi zamonda o‘sayotgan joydan 
aniqlangani, qadimda uning tarqalgan hududi ancha kattalikdan dalolat, shu 
boisdan 
Gingkgo 
biloba-relikt 
daraxt. 
Xuddi 
shunday 
endemizm 
metasekvoyada (Metasequoia glyptostroboides) o‘simligida ro‘y bergan. 1944 
yili balandligi 30 metrlisi Xitoyning janubidagi Sichuan o‘lkasining 
tog‘laridan aniqlangan. Metasekvoyani botanik olimlar bundan million yillar 
ilgari qirilib ketgan deb hisoblashgan edi. 
Uchlamchi 
davrni 
yotqiziqlaridan kurrai 
zaminimizning 
turli 
hududlarida mamont daraxt (Sequoia) botqoq kiparisiga (Taxodium
o‘xshamagan yog‘ochlik qoldig‘i topilgan shu boisdan uni metasekvoya 



(meta-“oraliq”) 
deb atalgan. Metasekvoyaning qoldiqlari shimoliy 
yarimsharda-Alyaska, Grenlandiya, Shpitsbergen, Yevropada, Sibirdan 
Sharqiy Osiyogacha topilgan. Hozir bu tur o‘simlik bor. Uning tarqalgan 
areali ancha cheklangan: bu o‘simlik turi-haqiqiy endem-relekt. Ilmiy 
adabiyotlarda bunday ma’lumotlar hozir ancha. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling