O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy tushuncha
- Tubulgidoshchalar— Spiraeoideae
5-mavzu: Ra`nodoshlar oilasi
O`rganilayotgan vakilning sistematik o’rni Ra`nokabilar ajdodchasi— Rosidae Ra`nonamolar qabilasi — Rosales Ra`noguldoshlar oilasi—Rosaceae Tubulg’idoshchalar oilachasi — Spiraeoideae 129 Vakil: To’kdor tubulg’i — Spiraea pilosa Itburundoshchalar oilachasi — Rosoideae Vakillari: 1. Itburun na`matagi— Rosa canina (23 rasm) 2. Zangori maymunjon — Rubus caesius 3. O’rmalovchi g’ozpanja —Potentilla reptans 4. Qulupnoy — Fragaria grandifolia (gibrid) Olmadoshchalar oilachasi— Pomoideae Vakillari: 1. Yovvoyi olma— Malus sylvestris 2. Madaniy olma—Malus domestica 3. Madaniy nok —Pyrus domestica 4 Bexi — Cydonia oblonga 5. Sariq do’lana — Crataegus pontica Olxo’ridoshchalar oilachasi — Prunoideae Vakillari: 1.Yoyilgan olxo’ri — Prunus divaricata 2. Maxaleb olichasi, kamxastak — Cerasus mahaleb 3. Qizilmeva olicha, chiya —C.erythrocarpa 4. Yovvoyi bodom — Amygdalus petunnikovii 5. Oddiy o’rik — Armeniaca vulgaris 6. Oddiy shaftoli — Persica vulgaris Mavzuning maqsadi: Oilaga mansub o’siimliklarning anatomo - morfologik tuzilishini, ko’payishini, turlar sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizimda tutgan o’rnini, muhim vakillarini ilmiy (lotincha) nomlarni va ahamiyatini o’rganish. Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o’simliklar aniklagichi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, quruk va xo’l mevalar, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar. Nazariy tushuncha: Ra`noguldoshlar oilasiga 120 ta turkum va 3000 dan ortiq tur kiradi. Ular daraxt, buta, chala buta, ko’p yillik ba`zan bir yillik o’t o’simliklari bo’lib, er sharining deyarli hamma qismida, ayniqsa shimoliy yarim sharda keng tarkalgan. Barglari poyada ketma —ket joylashgan, oddiy yoki murakkab bo’lib, ko’pincha yon bargchalarga ega. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, yakka, ba`zan to’pgullarni hosil qiladi. Gulko’rg’oni murakkab, uning a`zolari 5 tadan (ba`zan 4 — 6) doyra shaklida joylashgan. Kosachabargi erkin ba`zan qo’shilgan, ost kosachabarg bo’lishi yoki bo’lmasligi ham mumkin. Gultojbarglari 5 ta bo’lib erkin o’sgan, ba`azan 4 ta. Changchilar soni gultojbarglar soniga teng yoki undan, ikki, to’rt, ba`zan bir necha barobar ko’p bo’lib, doyra shaklida joylashgan. Urug’chisi bitta yoki bir nechta mevabarchalardan tashkil topgan. Ular bir — biriga qo’shilgan yoki alohida. Mevasi pistacha yong’oqcha, danakli meva, to’pmeva, soxta meva va rezavor mevalardir. Atirguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jihatidan 4 ta oilachaga bo’linadi. a) Tubulgidoshchalar— Spiraeoideae Bu oilachaning vakillari buta o’simliklaridir. Barglari oddiy yoki murakkab, gullari mayda sochok yoki qalqonsimon to’pgulga yig’ilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling