O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

6. Paporotniksimonlar - Pterophyta. Bular qadimiy o'simliklar bo'lib 
hisoblanadi. Qadimiyligibilan ular riniofit va plaunsimonlardan keyin turadi. 
Geologik kelib chiqishi taxminan qirqbo'g'imsimonlar bilan bir davrga to'g'ri 
keladi. Poporotniklar 300 avlod va 10000 to'rni o'z ichiga oladi. Bular cho'l, 
dasht, bot-qoqlik, ko'llar, sho'r suvlar va o'rmonlarda hayot kechiradi. Tropik 
iqlim sharoitida o'suvchi vakillarinnig balandligi 25 - 30 m ga, tanasining 
diametri 50 sm ga yetadi. Mayda vakillari bir nechamm ni tashkil qiladi. 
Paporotniklar barglari yirik patsimon bo'lib, ular yer usti poyasida va yer osti 
ildiz poyasida spiral shaklida joylashadi. Poporotniksimonlar sporadan 
ko'payadi. Sporalar sporangiyda, barglarda to'p-to'p bo'lib joylash-gan 
soruslarda yetishadi - sporalar paydo bo'lish oldidan reduksion yo'l bilan 
bo'linadi. Sporalardan yangi yuraksimon o'simta rivojlanadi. Bu o'simtalardan 
urg'ochi jinsiy organ-arxegoniy va erkak jinsiy organ-anteridiy vujudga 
keladi. Urug'lanish nam yoki kuchli yomg'ir, shudringda ro'y beradi. 
Paporotniklar, suvda urug'lanadi. Paporotniksimonlar 2 sinfga: dastlabki 
paporotniklar va chin paporotniklarga bo'linadi. 


123 
Dastlabki paporotniklar sinfi vakillari faqat qazilma holda topilgan. Ular 
hozirgi paporotniklardan kalta bo'yi, barglarining maydaligi, poyasining 
yaxshi o'smaganligi bilan farq qiladi. Hozir dastlabki paporotniklarning 60 ga 
yaqin turlari borligi aniqlangan. Chin poporotniklar sinfi. Bunga qazilma 
holldagi va hozirgi vaqtda uchraydigan paporotniklar kiradi. Polebotanika 
fani chin paporotniklar yuqori perm davrida paydo bo'lgan deb hisoblaydi. 
Chin paporotniklar sinfi 2 ta tartibga bo'linadi: chin yoki teng sporali hamda 
suv paporotniklar yoki har xil sporali paporotniklar. 
Savollar: 
1. Yuksak o'simliklarni tuban o'simliklardan farqi nimalardan iborat? 
2. Nima uchun arxegonial o'simliklar deyiladi? 
3. Arxegonial o'simliklarga qaysi bo'lim o'simliklari kiradi? 
4. Moxsimonlarning jinsiy ko'payishi organlari nima deb ataladi? 
5. Plaunsimonlar qanday o'simliklar? 
6. Qiriqbo'g'imlar qanday o'simliklar? 
7. Paporotniklarning otalik jinsiy gametalari qayerda hosil bo'ladi va qanday 
nomlanadi? 
8. Soruslarning hosil bo'lishi qaysi o'simliklarga xos? 
1.Quruqlik sharoitida yashaydigan va urug' yetishtiradigan yuksak 
o'simliklar urug'li o'simliklar deb ataladi. Bu o'simliklarda urug' bo'lishi bilan 
arxegonial yuksak o'simliklardan,ya'ni moxlar,riniofit,plaun,qiriqbo'g'im va 
paparotniklardan 
tubdan 
farq 
qiladi.Hozirgi 
zamon 
yuksak 
urug' 
yetishtiruvchi 
o'simliklar 
asosan 
yuqorida 
aytilgan 
sporali 
yoki 
arxegoniylardan kelib chiqqan. 
Urug'li o'simliklar ikki bo'limga:ochiqurug'lilar(Gymnospermae) va 
yopiq urug'lilar (Angio-spermae) gabo'linadi. 
2.Ochiqurug'lilar qadimiy o'simliklar bo'lib, ularning qadimiy avlodlari 
toshko'mir davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug'li paporotniklar, 
bennettitlar, keytonlilar yo'qolib ketib, qazilma holda saqlanib qolganlar. 
Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda 
qarag'aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir. 
Yer yuzida ochiq urug'lilarning hozir 660 turi mavjud bo'lib, asosan 
daraxt, qisman buta va liana turlari uchraydi. 
Shoxlanish 
imonopodial 
bo'lib, 
poyasi 
kambiy 
vafellogen 
to'qimalarining faoliyati natijasida o'ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi 
yug'onlashish xususiyati bilan yopiq urug'li o'simliklarga yaqintursada 
gistologielementlaridan-tarxeyalardan tuzilganligi va o'tkazuvchi bog'lamlar 
yo'qligi bilan ulardan farq qiladi. Bargining tuzilishiga qarab ikki guruhga 
bo'linadi. 1. Grmegofillinyasi bo'yicha poporotniklarga o'xshash barglar. 2 gr 
mikrofil linyasi bo'yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 yilda to'kiladi. 
Ochiq urug'lilar doimiy yashil o'simliklar bo'lib, ildizi-asosiy va yon 
ildizlardan iborat, mikoriza hosil bo'ladi. 
Ochiq urug'li o'simliklarning harakterli xususiyatlaridan biri urug' va 
urug' kurtakni ochiq bo'lishidir. Ularning urug'lari mevaning ichida emas, 
balki 
megosporafillarda 
ochiq 
holda 
joylashadi. 
Urug'kurtak 
megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo'lib, tashqi tomonidan 
intgument bilan o'rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug' 
rivojlanadi. 
Ochiq 
urug'lilarning 
muhim 
xususiyatlaridan 
biri, 
spermatozoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo'lishi bu 
o'simliklarni suvsiz muhitda ham otalanishiga imkon yaratib beradi. 


124 
Ochiq urug'lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda 
va Kavkazda keng tar-qalgandir. Ochiq urug'lilarnig kelib chiqishi, 
klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab bo'lmoqda. Barcha 
arxegonial o'simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq 
urug'lilargacha) tuxum hujayraning arxegoniyda hosil bo'lishidir. 
Ochiq urug'lilarning taraqqiy etgan shakillarning hosil bo'lishi yopiq 
urug'lilarning hosil bo'lish davriga - devon davriga to'g'ri keladi. Ochiq 
urug'lilar quyidagi 3 ta sinfga bo'linadi. 
1-sinf Sagovniklar. 2-sinf qubbalilar 3-sinf qobiqli urug'lilar. 
Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag'aylar 
tartibiga bo'linadi. 
Qarag'aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko'mir davrining oxiri karbon 
davrining boshida keng tarqalgan. Yura davrida barq urib rivojlangan. 
Qarag'aylarning 560 turi mavjud bo'lib, 55 turkum va 10 ta oilaga 
bo'linadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling