O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Nazorat savollari 
1.Yer sharidagi o`rmonlar keng tarqalgan hududlarni aytib o`ting. 
2.Yer sharidagi o`rmonlarda qanday o`simlik oila vakillari tarqalgan? 
3.Yevropaning keng bargli o`rmonlari o`simliklarini guruhlang. 
7-mavzu: Yer shari florasi. Sahro o`simliklari. 
 
Kurrai zaminimizning barcha arid mintaqalarida sahro va 
chalasahrolarni o‘ragan cho‘l va savannalariga tomon o‘simliklarning 
qoplami siyraklashib boradi. Uning zichligi yog‘in miqdorini kamayishi bilan 
teng boradi. Sahrolarda o‘simliklarning qoplami ularning suv bilan 
ta’minlanishi qulay 
bo‘lgan 
joylarda 
yaxshi 
rivojlanadi xolos. 
Chalasahrolarda o‘simliklar tarqalgan bo‘lsa u ma’lum me’yorga ega, shu 
bilan birga sahrolarni o‘simliklari butunlay yo‘q bo‘lgan joylari xam 
anchagina. Arid mintaqasining o‘simliklari o‘zini suv bilan ta’minlashning 
turlicha usullarini hosil qilgan. Ular mavjud suvni imkoni boricha tejab, 
transpiratsiyani kamaytirish bilan amalga oshiradilar. Sahro o‘simliklarida 
bargning yaproqlari maydalashadi, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi. Bu erlardagi 
o‘simliklar keng tarmoqlangan ildizga ega shu boisdan ular katta maydondagi 
yomg‘ir namini shimib oladi. Boshqalarida ildiz chuqurga kirib erosti 
suvlarigacha etib boradi. Buning yorqin misoli bo‘lib qandim (Calligonum
hisoblanib bu buta Sahroi kabirdan Gobi sahrolarigacha bo‘lgan xududlarda 
tarqalib uning ildizini uzunligi 30 m chuqurliklarga boradi. Sahro va chala 
sahrolarda shunday o‘simliklar xam borki, yaproqlari keng yoyilgan bo‘lib 
erta saxardagi xavo namligini shimib suvga bo‘lgan talabini qondiradi. Sahro 
va chalasahrolarda ko‘p yil davom etadigan qurg‘oqchilikka (sabr, bardosh 
bilan) o‘zida chidamlikni hosil qilganlarni ko‘p turlar tashkil qiladi. 
Sahrolarda tarqalgan o‘simliklarni bir necha ekologiya guruxlariga bo‘linadi. 
Birinchi guruxga bir yillik efemerlar deb ataladiganlari mansub bu gurux 
o‘simliklari qisqa muddat davomida o‘sadi: ularning urug‘i yomg‘irdan 
keyinoq unadi va ko‘p xollarda bir necha kunlardayoq xayotiy davrini urug‘ 
hosil qilguncha tugallaydi. Bu davrda g‘aroyiblik – sahro gullaydi.
Efemer-geofitlar guruhiga ildiz tugunak va piyozboshlari bo‘lgan ko‘p 


135 
yillik o‘simliklar mansub. Ular er yuzasida barglari va reproduktiv qismlarini 
yomg‘irdan keyingina hosil qiladi. Bir necha yillar davom etadigan 
qurg‘oqchilikni bu o‘simliklar tinim davridagi erosti qismi bilan o‘tkazadi. 
Sahrolarning 
uchinchi 
gurux 
o‘simliklariga 
qisqa 
muddat 
namlanishdagina (tirik) bo‘ladigin poykilogidrid deb ataladiganlari mansub. 
Bu guruxga ayrim ko‘kyashil suvo‘tlar (masalan, Nostoc commune, 
Microcoleus vaginatus kabilar), lishayniklar, ba’zi moxlar Selaginella 
turkumining o‘simliklari va paporotniklari ayrimlari va xatto ba’zi gulli 
o‘simliklar mansub. Ularning hammasi qurg‘oqchilikni tinim xolida 
o‘tkazadi. YOmg‘irdan so‘ng ular ko‘karadi, o‘sadi, ko‘payadi keyin yana 
quriydi. Sahroda eng ko‘p tarqalgan o‘simliklar kserofitlar hisoblanadi. 
Ularning erusti qismi qurg‘oqchilikda xam tirik qoladi. Sahro va 
chalasahrolardagi kserofitlar asosan qattiq bargli sklerofillashgan. Kuchli 
rivojlangan va chuqurga kirib boradigan ildizlari qurg‘oqchilik davrida xam 
o‘ziga suv topa oladi. Bug‘lanishni kamaytirish uchun ularning bargalari 
ancha reduksiyalangan va qalin tuklar bilan qoplangan. Ba’zilarida esa barg 
butunlay yo‘q. Fotosintezni novdalari amalga oshiradi (masalan Halaxilon 
aphillum). Sahro kserofitlariga Tamaricaceae oilasidan Tamarix, qandim 
Calligonum, Zygophyllaceae oilasidan Zygophyllum kabilar yorqin misol 
bo‘ladi. Sahro va chalasahrolardagi yana bir ekologik gurux bu xaqiqiy 
sukkulentlar. Bu gurux o‘simliklarning barglari, novdalari, tanasida yoki 
erostki qismida ko‘p miqdorda yomg‘ir davridagi suvni tutadi. Ulardagi 
moddalarning almashinuvi juda sekin ro‘y berganligidan-o‘simlik xam sekin 
o‘sadi. Haqiqiy sukkulentlar bo‘lib kaktuslar, ularga morfologiyasidan 
o‘xshab ketadigan sutlamadoshlar, semizo‘tdoshlar mansub. Sahroi Kabir 
Yerning eng katta sahrosi bo‘lib Afrikaning shimolidagi Atlantika okeanning 
qirg‘oqlaridan Nil vodiysigacha bo‘lgan joylarni egallaydi. Uning uzunligi 
g‘arbdan sharqqa 6000 km dan ortiqroqni, shimoldan janubga 1800 km ni 
tashkil qiladi. Uning maydoni 9 mln km
2
atrofida. Sahroi Kabirning shimolida 
yiliga eng ko‘pi bilan 200 mm yog‘in yog‘adi, u faqat qishda ro‘y beradi. 


136 
Juda katta maydonida o‘simlik yo‘q. Sahroi Kabirning markaziy qismidan 
ikkita katta floristik paleotrop va golarktik olamlarning chegaralari o‘tadi. 
Sahroi Kabirning shimolida golarktik olamga mansub o‘simliklar (avvalo 
O‘rta Dengiz viloyatida tarqalgan) astragal (Astragalus), rezeda (Reseda), 
zubturum (Plantago), sho‘ra (Salsola) turkumlarining vakillari o‘sadi. 
Paleotrop olamning floristik elementlari Sahroi Kabirning janubiy tomoniga 
xos indigonos (Indigofera, dukkakdoshlar oilasidan), kanop (Hibiscus
gulxayridoshlar oilasidan), kleoma (Cleoma kapersadoshlar oilasidan), 
akatsiya 
(mimozadoshlar 
oilasidan) 
hamda 
egrostris 
(Eragrostis, 
boshoqdoshlar oilasidan) va xlol (Cyperus, xloldoshlar oilasidan) o‘sadi. 
Bundan tashqari bu erda faqat Sahroi Kabirdagina uchraydigan o‘simliklar 
(endemlar) jami floraning 25 %ni tashkil qiladi. Sahroi Kabirning florasi 
Janubiy Evropaning florasidan 10 barobar miqdorda kam. Shunga qaramay 
Markaziy Sahroi Kabirda 450 turdagi gulli va 75 turdagi boshqa o‘simliklar 
o‘sadi. Bu joylarda sho‘radoshlar (Chenopodiaceae)-17turkum, butguldoshlar 
(Brassicaceae)-31turkum zigofillalar (Zygophyllaceae)-7 turkumdan iborat 
o‘simliklar o‘sadi. Bu qiyosga e’tibor bering: tropiklarda 10 000 km
2
maydonda 3000-4000 atrofida, Evropada 1000-2000 turlar, Sahroi Kabirda 
150 turga etmagan tur o‘simliklar tarqalgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling