O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)
- Bu sahifa navigatsiya:
- [ot+la = asosdan anglashilgan narsa bilan shug’ullanmoq]
- Formal va substantsial (struktural) sintaksis.
LSQning asosiy turlari. Umuman, qolip asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilani 3 guruhga birlashtirish mumkin:
yasama so’z; so’z birikmasi; gap. (ishla) yasama so’zi [ish] leksemasi va [-lar] morfemasining, kitobni o’qimoq nutqiy so’z birikmasi [kitob] va [o’qi] leksemalarining, O’qidim gapi esa [o’qi] leksemasi va [-dim] kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo’lgan. (ishla) so’zi [ot+la = asosdan anglashilgan narsa bilan shug’ullanmoq] so’z yasash qolipi mahsuli bo’lsa, kitobni o’qimoq so’z birikmasi [ottushum kelishigi+fe’l] LSQi, O’qidim gapi esa [WPm]qolipi hosilasi. Bular sirasida so’z yasash va so’z birikmasi qolipi tushuncha ifodalovchi – atash (nominativ) vazifasini bajaruvchi hosilani beradigan qolip bo’lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi (kommunikativ) hosilani tug’diruvchi qolip hisoblanadi. So’z yasash qolipi lisoniy bo’lsa-da, lekin sintaktik mohiyatga ega emas. SHuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida derivatsiya bo’limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosila beruvchi, ya’ni so’z birikmasi va gap qolipi tekshiriladi. Formal va substantsial (struktural) sintaksis. Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisani o’rganadi. Boshqacha aytganda, u alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosila bilan band bo’lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birlikni (nutqiy birlikning lisoniy tomonini) o’rganishni substantsial sintaksis hukmiga havola etadi. SHuningdek, formal sintaksis kitob va o’qimoq so’zlari orasidagi sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero bundagi o’qimoq fe’lining tushum kelishigidagi so’zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisa. Lekin bu aloqa uchun [o’qi] leksemasining biriktirish imkoniyati bo’lgan ob’ekt valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa substantsial sintaksis tomonidan o’rganiladi. Substantsial sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o’taydi. Demak, formal sintaksissiz substantsial sintaksisning bo’lishi mumkin emas. Formal sintaksis esa substantsial sintaksissiz ham ish ko’raveradi. Zero substantsial sintaksis mohiyatni tadqiq etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo’lishi kerak. Hodisani jamlash uchun esa substantsial sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi. Har bir nutqiy parchada turli sath hodisasi qorishgan holda voqelanadi. Masalan, Halim keldi gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so’zlar), morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so’zlovchining munosabati yoki uslubiy betaraflik) sathlar o’z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani shu holida, turli mohiyat zarralarining qorishmasi sifatida o’rganadi va uning qorishmaligiga e’tibor qaratmaydi. Substantsial sintaksis esa nutqiy parchada qorishgan, sintaksisga daxldor bo’lmagan jihatlarni e’tibordan soqit qiladi. Formal sintaksis keltirilgan gapni muayyan(aniq)lik sifatida e’tirof etsa, substantsial sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. Qorishiq hodisalar chetlashtirilgan mohiyat “tozalangan”ligi uchun substantsial sintaksis tomonidan muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi. Demak, formal sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy (bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, substantsial sintaksis esa botiniy (bevosita kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham inkor etadi. formal sintaksis mutlaq hodisalar bilan, substantsial sintaksis esa mutlaq mohiyat bilan shug’ullanadi deb ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo’yish mumkin emas. CHunki formal sintaksis mohiyatga intilganligi kabi substantsial sintaksis ham faqat formal sintaksis to’plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda formal va substantsial sintaksisning o’rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so’nadi. LSQni aniqlashda ham LSQga daxldor bo’lmagan, bir qolipdan chiqqan nutqiy hosilalarning turli-tumanligini keltirib chiqarayotgan hodisalar LSQga bog’liq bo’lmagan nosintaktik hodisalar sifatida ahamiyatsiz deb qaraladi va e’tibordan soqit qilinadi. Masalan, Gulnoraning kitobi nutqiy hosilasining mohiyati, ya’ni LSQini aniqlamoqchi bo’lsak, shu ko’rinishdagi va turdagi so’z birikmalarini tasavvurimizda to’plab, saralaymiz. SHu usulda Muniraning daftari, Sitoraning ruchkasi kabi yuzlab nutqiy so’z birikmalarida Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling