O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)
LSQning mazmuniy tomoni. LSQ ning o’ng tomoni uning mazmuniy jihati. Yuqorida keltirilgan [ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi=qaratuvchi-qaralmish]qolipining o’ng, ya’ni mazmuniy qismini «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang munosabatlar» tashkil etadi. «Rang-barang munosabat» deganda har bir nutqiy so’z birikmasidan anglashiladigan turli ma’no va munosabat tushuniladi. Masalan:
mening kitobim – «qarashlilik» stolning oyog’i – «butun-qism» e’tiborsizlik oqibati – «sabab-oqibat» yashashning zavqi – «holat va uning natijasi» Birikmalarning o’ng tomonida ularning xususiy ma’noviy belgisi ko’rsatilgan. Ular qolipda «rang-barang ma’noviy munosabat» deya birlashtirilgan. Ma’lumki, ko’pincha, ma’no deganda so’z atayotgan narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar haqidagi tushuncha ifodasi tushuniladi. Masalan, [kitob] leksemasi aytilganda, uning ma’nosi sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma yoki qo’lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin keltirilgan LSQ ma’nosi esa bunga o’xshamaydi. CHunki [kitob] leksema bo’lib, uning ma’nosi leksik. Lekin LSQ – sintaktik hodisa. SHu boisdan uning ma’nosi ham sintaktik bo’lmog’i darkor. Sintaksisda esa «tobe-hokim», «qaratuvchi-qaralmish», «to’ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi tushunchalar ahamiyatli ega bo’lib, sintaktik munosabatni ifodalaydi. Bu munosabat esa sintaktik ma’no sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o’ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun - qism», «sabab - oqibat», «holat - uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo’la olmaydi, degan savol tug’ilishi tabiiy. To’g’ri, ular birikmalarning ma’nolarini alohida-alohida aks ettiradi. Lekin LSQi bitta. [ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi= qaratuvchi-qaralmish]qolipining mazmuni esa cheksiz nutqiy hosilalarning ma’nolarini umumlashtiradi. LSQning [ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi] shakliy tomoni birikuvchi so’zlar munosabatidan umumlashtirganligi kabi mazmun tomoni ham nutqiy birikmaning alohida-alohida ma’nosini umumlashtirish natijasi bo’lmog’i lozim. Ta’kidlash lozimki, o’zbek tilshunosligida har bir gap bo’lagi, so’z birikmasining turli gap, matn va qurshovdagi ma’nolarini tavsiflashga ko’p e’tibor qaratiladi. Masalan, (uyni qurmoq) birikmasida (uyni) so’zshaklining, yoki to’ldiruvchining ma’nosi «yaratiladigan, bunyod etiladigan narsa», (uyni buzmoq) birikmasidagi (uyni) so’zshaklining ma’nosi «yo’qotiladigan manba» tarzida ta’riflanadi. Lekin mulohaza yuritilsa, bu ma’nolar sintaktik emas, balki lug’aviy bo’lib, aslida (buzmoq) va (qurmoq) so’zlariga xos ma’nolar. LSQ esa cheksiz so’z birikmalarining umumlashmasi. SHu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so’z birikmalarining alohida-alohida ma’nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o’xshash tomonlarni ajratish asosida tiklanadi. Demak, umumiy, lisoniy ma’no xususiy jihatlarni idrok etish asosida birlashtirishdir. Xususiy ma’no, ya’ni har bir so’z birikmasidagi tezda anglanadigan, ilg’anishi oson bo’lgan ma’no ular zamiridagi mohiyatni to’sib turadi. Ana shu mohiyat anglanishi bilan tadqiqotchi ko’rinib turgan ma’noning rang-barangligi «aldamchi» ekanligiga ishonch hosil qiladi. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling