O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Berilgan matndagi fe’l kesimlarni aj rating. Fe’l kesimlarning qaysi zamon shaklida kelganini belgilang


Download 329.72 Kb.
bet75/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

41 - mashq. Berilgan matndagi fe’l kesimlarni aj rating. Fe’l kesimlarning qaysi zamon shaklida kelganini belgilang.
Dahshatli gumburlashdan tank silkinib ketdi. Boshim lyuk qopqog‘iga urilib, hushimni yo‘qotdim. Xayolim joyiga kelganida

beixtiyor engashib, pastga qaradim. O'ng tomondagi zanjir uzilib ketgan, tank mina portlaganda paydo bo‘lgan chuqurga yonboshlab qolgan edi. Narigi tank minadan qanday o'tib olgani-yu, nega bizniki portlaganiga aqlim etmasdi. O'sha zahoti chakalakzor tomonda avtomat tarilladi. Boshim ustidan o‘qlar vizillab o‘tayotganini eshitib, beixtiyor lyuk qopqog'ini yopdim. Tank yana bir silkindi. (O‘.Hoshimov)
42 - mashq. Berilgan misollar orasidan sodda kesimli gaplami
ajratib yozing. Sodda kesimlarning qaysi so‘z turkumi bilan
ifodalanganligini belgilang.

1. Bir necha daqiqa davom etgan g‘uv-g'uvdan keyin olisdan qizning yurakka g‘uluv soluvchi hayajonli, titroq ovozi eshitildi. (O.Yoqubov) 2. Tor joyda osh yeguncha, keng joyda musht ye (maqol). 3. Qishloq ko‘chalari naqadar oroinbaxsh, obod! 4. Yer to‘ysa, el to'yadi (maqol). 5. Endi mullaka, muhr bosib qo‘ya qolay «Ota buvamiz ham muhr bosgan (A.Qahhor). 6. Xafa bo‘lmang, Qodirjon, sizni ayblayotganim yo‘q. (Shuxrat). 7. Saidiy dastlab tortindi, nimalardir uni bu do‘konlardan ajratib turardi. (A.Qahhor)
43- mashq. Badiiy asardan sodda kesimlarga 10 ta misol tanlang. Ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganligini tushuntiring.
44- mashq. Matndagi sostavli kesimlarni aniqlang. Ular qaysi so‘z turkumlaridan tuzilganini va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini ayting.
Oppoq qorga burkanib olgan azim tog' cho‘qqilari, qir-adirlar, archazor yonbag‘irlari xuddi yana qaytadan uyquga ketgandek jim yotibdi. Bunday kezlarda tabiat o‘z salobati, hech kimga bo‘ysunmaydigan o‘ziga xos qonuniyatlari bilan butun borliqni ana shunday jimjitlikda ushlab turgandek tuyuladi kishiga. Daraxtlar bo'lsa, ustidagi qor ko‘rpasini silkitib tushirib yuborsa sovuq urib ketayotganday o'zini tutib turardi... qishloq betinch. Qayerdadir, odamlar oyog‘i yetishmaydigan tog' yonbag'irlarida’bosmachi to‘dalari yashirinib olib, vaqti-vaqti bilan atrofdagi aholini betinch qilgani qilgan. Ular Bog‘idaryo aholisidan olganini olib, endi bu yerlarning odamlariga tegmay qo'yishgan... Birdaniga tushgan sovuq yupun beva-bechoralarm dovdiratib qo‘ydi. (M.Qoriyev)


Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling