O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Matndagi undov gaplarni ajratib yozing, Undagi fe’l kesimlarning qanday shakllanganligini izohlab bering


Download 329.72 Kb.
bet71/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

26 - mashq. Matndagi undov gaplarni ajratib yozing, Undagi fe’l
kesimlarning qanday shakllanganligini izohlab bering.

Kechqurun otam hujraga kirishi bilan xunob bo‘lib qichqirdi:
-Soatga kim tegdi?
-Hech kim kirgani yo‘q-ku!- dedi onam hayron bo‘lib.
Hammasini sochib tashlabdi-ku!-dedi otam jahl bilan chiqib keldi. Qoiida biz «tuzatgan» soat. - Mili yo‘q. Egasiga nima deyman!
Ukam ikkalamiz churq etmay mo‘ltirab o‘tiribmiz. Yaxshi hamki akalarimiz ko'chada. Bo'lmasa, hamma ayb o‘shalarga tushishi aniq, . .
-Ketaman! - dedi u ovozini baralla qo‘yib, - u qo‘ymasa mana men qo‘ydim! Ketaman! Ketgandayam uyini vayron qilib ketaman!
Tushundim. Bundan chiqdi, kelinoyi eri bilan urishgan. Uyida sal janjal chiqsa, albatta oyisinikiga «ketadigan» bo’ladi. (O'.Hoshimov)
27 - mashq. Tarkibida undov so'zlar ishtirok etgan undov gaplarni
ajratib ko‘rsating.

1. Na yaxshilik, na yomonlikni bilgan bunday telbaga xizmat qilmoq o‘ta ketgan nodonlikdir! (O.Yoqubov). 2. U salkam yigirma besh yil tuprog‘ini yalab o‘tgan Ulug‘bek madrasasi bilan vidolashar edi. O, salkam yigirma besh yil! (O.Yoqubov). 3. Tovba, sira kattalarga o‘xshamaysiz-a, shundoq odam o'zimizga o‘xshab jo‘ngina gaplashasiz-a! (S.Ahmad). 4. Eha, hali gap bu yoqda degin! (S.Ahmad). 5. Qishloqdan chiqib ketganimga, ehhe, qancha bo‘ldi? (O‘.Hoshimov). 6. Til tegizma kitobga! - dedi domla. 7. Peshonangizga yozib qo‘ying, uka! 11m kishisi avvalambor odam bo‘lmog‘i kerak, ana undan keyin olim! (A.Qahhor). 8. - Yangi kasb qulluq bo'lsin boyvachcha!- dedi O‘rmonjon (A.Qahhor). 9. Hoy, noinsof, sizga gapirayapman! (Shuhrat)
28 - mashq. Matndagi gaplar oxiriga lozim bo‘lgan tinish
belgilarini qo‘yib, ular kuzatilgan maqsadga ko‘ra qanday gap ekanligini
tushuntiring.

Yoqubjon miyig‘ida kulib qo‘ydi:
-Otdan tushsangiz ham, uzangidan tushmaysiz-a, domla...
-Tushunmadim uka. . .

-Yo‘q endi aytaman-da ... foydasi yo‘q ... bo‘rining yesa ham og‘zi qon, yemasaham ...
Saidiy Yoqubjonning bu gapini tushuntirib berdi Salohiddin o‘ylanib turib, dedi.
-Agar masala siz aytgancha bo‘lsa, albatla, munofiqlik bo'lar edi. Bunday emas. Men bayroq ostiga zo‘r kelganidan o'tganim yo‘q. Bu bayroq mash’al bo'lib, saodati abadiyya yo‘lini yoritdi. Turli yaltiroq pardalarni yirtib, uning ostidagi kir niyatlami ko‘rsatdi. Haqiqatni ko‘rdim. Mana shuning uchun o‘tdim.
Saidiy go‘yo Salohiddinga emas, o‘ziga gapirganday, kesatib do‘ng‘illadi.
- Har holda negadir beaqlroq ziyolilar siz ko'rgan haqiqatni ko‘rolmaydi.
-Injenerlar ham ziyoli hisoblanadimi - dedi Yoqubjon Saidiyga qarab.
Salohiddin bulaming nima demoqchi ekanini bildi, ammo muddaosini anglay olmas edi.
-Shaxta voqeasini aytmoqchisiz, shekilli - dedi Salohiddin. -Albatta, ular dono ziyolilar, aqlli ziyolilar. (A.Qahhor)

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling