O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Berilgan darak gaplarni so‘roq gapga aylantiring. So‘roq gap hosil qiluvchi elementlaral belgilang


Download 329.72 Kb.
bet70/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

23 - mashq. Berilgan darak gaplarni so‘roq gapga aylantiring.
So‘roq gap hosil qiluvchi elementlaral belgilang.

1. Odamlar ularning inlari og‘ziga non ushoqlari, har xil don-dunlarni sochib qo‘yadilar (S.Ahmad). 2. Bundan bir necha soat oldingi hayoti, chorbog‘ning musaffo havosi, zilol suvli hovuz, salqin ko'shk, betashvish damlar - hammasi birdan uzoq o‘tmishga aylangan edi (P.Qodirov). 3. Kechki o‘n bir - bu hali juda kech, bitta ham odam bu yerdan o‘tmaydi (O'.Umarbekov). 4. Shorn qorasida Majiddin xizmatdan uyga qaytdi (Oybek). 5. Dalaga yoyilgan otlarning kishnashlari, yigitlarning qo‘shiqlari endi quloqlarda boshqacha yangraydi (O‘.Hoshimov). 6. Qish qanday sekin-sekin kelgan bo‘lsa, shunday sekinlik bilan chiqib ketdi.
24-mashq. Yozuvchi Said Ahmad asarlari bo'yicha so‘roq
gaplarga o‘nta misol to‘plang va uni tahlil qiling.


25-mashq. Matndagi buyruq gaplarni ajratib ko‘chiring. Uning
qanday mazmun ifodalaganini izohlang.

Ehson ta’bi xiraroq bo‘lib o‘tirgan ekan, o‘z holatini shuncha bildirmaslikka urinmasin, baribir Saidiy sezdi. Tag‘in Saidiy boshqa o'ylarga bormasin deb, Ehson buning sababini ayta qoldi...
Ehson bu haqda Saidiyga ko‘p so‘zlamadi, chunki professor bilan uchrashib, shu to'g'rida so‘zlashganidan beri tajang, asabi buzilgan, endi Saidiy bilan boshqa tolg‘rilarda so‘zlashib bir oz yozilishni hohlar edi.
-Gapiring, Rahimjon, gapiring... Aytganday, xizmatchingizdan xabar olib turibsizmi? Xabardor bo‘lib turing.
-Xabar olibturibmiz.
Ehson stol ustidagi bir kitobchani Saidiyning oldiga surdi.
-Buni ko‘rdingizmi? O‘qib chiqing f A.Qahhor.).
24-mashq. Misollardagi gaplarni kuzatilgan maqsadga ko‘ra
qanday gap ekanligini ayting va u gaplarning o‘ziga xos belgilanni
tushuntiring.

1. Hozir o‘zida paydo bo‘lgan noxushlikni yo‘qotish maqsadida Rayimjon aka bilan suhbatlashmoqchi bo‘ldi (O‘.No‘mon) 2. Fitr ro‘za bahonasi bilan Saodat uchun sakkiz tepki xonatlas, onasi bilan ukasiga bo‘z ko‘ynak qilib, Saodatlarning uyiga o‘zim chaqirib bordim (A.Qodiriy,) 3. Bordi-yu so‘rasam, yo‘q demaysizmi? (S,Ahmad.) 4. Bobo, nega egilib yurasiz? Nimani izlaysiz? 5. Aytishlaricha, kapalak vafoni bilmagani uchun guldan-gulga qo‘naverar ekan. 6. Shu-shu bo^di-yu, Sodiqjon yana o‘z to‘piga qo'shilish, shularning ketidan borish taraddudiga tushdi (A.Qahhor). 7. Tepamizda eski, uniqib ketgan chit ko‘ylakda Munavvar turar edi (O‘.Hoshirnov). 8. Voshlik! Seni kuylamagan kim? Ertaklaring so‘ylanmgan kim? (E.Vohidov.) 9. Qismati azalni manglayga yozib, o‘zing yana nechun qilasan so‘roq? (Ch.Aytmatov.) 10, Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan, seraavo bulbullar, sayramang bir oz. (E.Vohidov).
25-mashq. Yozuvchi A.Qodiriy asarlari bo‘yicha gaplarning
kuzatilgan maqsadga ko‘ra har uch turiga beshtadan misol toping va u
gaplarning o‘ziga xos belgilarini tushuntiring.



Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling