O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Maqol va matallardan birikmali egalar ishtirok etgan gaplarga misollar toping va ularni tahlil qiling


Download 329.72 Kb.
bet74/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

37- mashq. Maqol va matallardan birikmali egalar ishtirok etgan gaplarga misollar toping va ularni tahlil qiling.
38- mashq. Berilgan misollardagi qo'Ilanmagan egalarni aniqlab, kesim bilan moslanmaganligini tushuntiring.
1. Bu jarlikda faqat qushlarning chirqillashi-yu, shamolning g'uvillashi eshitildi, xalos (S.Ahmad) 2. U adabiyotimizning xazinasiga o'nlab roman, doston, drama, she’riy to‘plamlar qo‘shdi (S.Ahmad). 3. So'zlari ham, ko‘zlari ham merganning o‘zgiiusi (O.Yoqubov) 5.Yashirganing seniki emas, birovga berganing seniki (maqol.) 6. O‘qish maqsadida yurt oshib kelganlar qalbida shum niyat bo‘lmasa kerak. 7. Qishloq ko‘chalari naqadar go‘zal, orombaxsh... 8. O, jondan aziz Vatanim! Sen bilan og‘ir, jonu jadal kunlarda uchrashish nasib bo‘ldi! (Ch.Aytmatov)
Kesim, uning ifodalanishi va turlari
39 - mashq. Matndagi ot kesimlarni aniqlang. Ularning qaysi so‘z
turkumi bilan ifodalanganini ayting. Bog‘lamalarni ajratib ko‘rsating.

Yoz saxovat bilan dunyoni sharbatga to‘ldirdi. Kechagina chumak ura boshlagan chillaki uzumlar dasturxondan arib, o'rnini qahrabo husaynilarga bo‘shatib berdi... Hammaning og‘zida, harakatida to‘y. Nahotki, to‘y qiz bola uchun shu qadar larzali bo‘lsa! Yuragi goh ivishib, shirin g‘ivirlaydi, goh vahimaga tushib, xunuk visirlaydi. Qaysi biriga quloq solsin? Nega endi vahm? Uyda to‘y taraddudi, yurakda g‘uv-g‘uv. Otasi kelyapti. Xo‘sh, yana nechuk betoqatlik? Balki To‘tiqiz oshiqayotgandir? Balki yuragidagi vahm emas-u, vahm bo'lib ko‘ringan shodlik hayajonidir? (M. Ismoiliy )
40- mashq. Berilgan misollardagi tushirib qoldirilgan so‘zlar
o'rniga o'zingiz gapning mazmuniga mos holda kesimlarni qo‘yib
ko‘chiring. Kesimlarning ega bilan shaxs-songa ko‘ra mosligini
tushuntiring.

1. Men qishlog‘imizdagi yangi maktabda... 2. Maktab hovlisi o'quvchilar bilan... 3. Men qo‘ng‘iroq chalinishi bilan birinchi sinf o‘quvchilari xonasiga, bolalar bilan ... 4. Ular mening olib borgan suhbatimdan ... 5. Oilamizda hammamiz o'qituvchilik kasbini ... va shu kasb bilan ko‘p yillardan buyon... 6. Do‘stimning onasi tibbiyot institutini ikki yil avval ... va hozir vrach bo‘lib...

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling