O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Yozuvchi A.Qahhor asarlari bo‘yicha sifatlovchi aniqlovchilar ishtirok etgan gaplarga oltita misol tanlab ko‘chiring. Gaplardagi bosh bo‘laklarni aniqlang


Download 329.72 Kb.
bet79/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

56- mashq. Yozuvchi A.Qahhor asarlari bo‘yicha sifatlovchi aniqlovchilar ishtirok etgan gaplarga oltita misol tanlab ko‘chiring. Gaplardagi bosh bo‘laklarni aniqlang.
57- mashq. Matndagi qaratqich aniqlovchilarni belgilang. Uiarning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting. Fe'1+fe’l tipida kelgan kesimlarni ajratib ko'rsating.
Ko‘chada ot tuyoqlarining tovushi eshitildi. Dehqonboy eshik tomon yugurdi. Cho'lpon bilan onasi ham uning ketidan yugurib chiqishdi. Otliqlar qayoqqadir ketishayotgan edi. Cho'lponning ko‘zi yana o‘sha,

qorabotir mingan yigitga tushdi. U go‘yo otga yopishib, singib ketgandek edi. Ko‘zi Cho'lponga tushdi-yu, otning yolidan ushlab, kulimsirab qo‘ydi. Qiz birdan ko'chaning narigi betidagi qiya ochiq turgan eshikdan qarab turgan tanish basharani ko‘rib qoldi... Cho‘lpon uning yuzini bu safar aniq ko‘rib qoldi... Xuftonga yaqin Dehqonboyning eshigi taqillab qoldi. Malla chopon kiygan yapaloqdan kelgan notanish odam eshik yonida turardi. (M.Qoriyev)
58- mashq. Keltirilgan misollardagi qaratqich aniqlovchilarni
aniqlang. Qaratqich kelishigisiz (belgisiz) qo'llangan qaratqich va
qaralmishni aniqlang va ularning izohini bering.

1. Quyosh, havo, yer, suv barcha jonivor va ko‘katlarga ozuqa berganidek, xalq hayoti 'yozuvchiga ilhom beradi (A.Qahhor). 2. Biz tushgan poezd sostavi Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand oblasti vakillari bilan to‘lgan edi (S.Ahmad). 3. Kemada suzib, Hind okeani tagidagi giyohlarning, jonivorlarning suvratini oldi (S.Ahmad). 4. Ehson ayamagandan keyin, Saidiyning ham ayagisi kelmadi va shu topda ko‘ngliga kelgan gapni ochiq ayta boshladi (A.Qahhor). 5. Chinakam badiiy adabiyotni ilhomsiz yaratib bo‘lmaydi (A.Qahhor). 6. Bir oqshom, kutilmagan vaqtda tuyalarning baqirishi eshitilib qoldi (Oybek). 7. Men bulaming qishloqdan, dadamning oldidan kelganini payqadim (Oybek). 8. Sirojiddin beixtiyor Qilich Valiyevga qarab qo‘ydi. U tirsagini stol qirrasiga qo‘ygancha hamon - indamay o‘tirardi (O‘.Hoshimov). 9. Adabiyot haqidagi ilmim G‘afur G‘ulomning to‘rtta, Abdulla Qahhoming oltita hikoyasi bergan ilm edi (S. Ahmad).

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling