O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Quyida keltirilgan misollarda birdan ortiq izohlovchilar ishtirok etgan gaplarni ajratib, ularning ma’nosini tushuntiring


Download 329.72 Kb.
bet81/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

63- mashq. Quyida keltirilgan misollarda birdan ortiq izohlovchilar ishtirok etgan gaplarni ajratib, ularning ma’nosini tushuntiring.
1. Vafo va sadoqat timsoli bo‘lgan Mohlar oyim Farg‘ona xoni shoir Amir Umarxonning umr yo‘ldoshi, benazir maslahatchi, sha’riyat osmonida chaqnagan yulduz Nodirabegim edi (S. Ahmad). 2. Ular orasida G‘afur akaning supurgichi o‘rtog‘i Hoji aka, «chechachi tog‘a» laqabli chol, ulardan keyin xalq hofizlaridan Jo'raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqovlar kirib kelishdi. (S.Ahmad). 3. U doimo: «Ibn Sino faqat tabib emas, tarixchi, tabiatshunos, kattakon shoir, hatto jahonda birinchi bo‘lib

notani ijod etgan zo‘r bastakor» derdi (S.Ahmad). 3. Saroymulkxonim bobomiz sohibqiron Amir Temurning sodiq rafiqasi, dono kengashchisi, tayanchi, buyuk Turonning go‘zal malikasi Bibixonim edi. (S.Ahmad)
64 - mashq. Misollardan birikmali aniqlovchilar ishtirok etgan
gaplarni ajrating. Otli so‘z birikmalarini belgilang.

1. Kun isishini kutish haqida gap bo'lishi ham mumkin emas. (O.Yoqubov). 2. Bu baxt, bu yoshlik oldida uning yuragini qimtiyotgan g‘am o'tkinchi bir narsa, halizamon undan qutiladi; zavqli, ilhom va iqbolga to‘la sahiy hayot uni o‘z quchog‘iga oladi.(O‘.Umarbekov) 3. Kapitan u bilan xayrlashdi-da, sekretarni chaqirdi. (O'.Umarbekov). 4.Tilga e’tibor - elga e’tibor. 5. Dilda borini tilda bayon eta bilish katta san’atdir. 6. Bilmaganni so'rab o'rgangan odam olimdir. 7. Kitobning shavq bilan o‘qilishi uning latofatlaridan biridir. (A.Qahhor). 8. Kitobni badiiy qilib, mahorat bilan yozish ijodiy jasorat ko‘rsatish demakdir. (A.Qahhor). 9. llmiy saviyasini muttasil oshirib bormaydigan o'qituvchi qarovsiz qolgan daraxtga o‘xshaydi.
To‘ldiruvchi, uning ifodalanishi va turlari
65 - mashq. Matndagi to‘ldiruvchilarni aniqlang Ularning kesim
bilan qanday sintaktik aloqaga kirishganini ayting.

Tabiat oq yopinchig‘ini tashlar-tashlamas, kurtaklar ko‘z uqalay boshladi. Bahor mayin yellari bilan kirib keldi. U qish bo‘yi qaydadir dimiqib, yuragi siqilib yotgan-u, mana endi o‘z mayliga qo'ymaganidan xursanddek keng dalalarda yayraydi, bog‘-rog‘larda quvnaydi, goh qizlarning durralarini tortqilab o‘ynaydi, goh yuzlarini muloyim silaydi. To‘tiqiz ana shunday bahorlarning o‘n yettitasini ko'rdi. Bu bahorlar uni ko‘klam chechagi kabi ochib, o‘n besh kunlik oyday to‘ldirib bordi. So'nggi yillarda har yangi bahor unga yangi bezakda, yangi jozibada ko‘rinib yuragini nimaningdir talpintiruvchi shirin intizorligi bilan yondiradi. (M.Ismoiliy)
66 - mashq. Berilgan misollardagi to'ldiruvchilarning qanday so‘z
turkumi bilan ifodalangani va qaysi xil grammatik ko‘rsatkich bilan
qo'llanganini belgilab bering.


1. Shu zaylda kulgi bilan, qo‘shiq bilan ish davom etadi (S.Ahmad). 2. Boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri so‘zla (Maqol). 3. Men opamning jildidan kitobni olib pala-partish varaqlayman (Oybek). 4. Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo'shib Toshkand ustiga jonalqan (A.Qodiriy). 5. Yoshlik! Seni kuylamagan kirn! Ettaklaring so'ylamagan kim! (E.Vohidov). 6. Qismati azalni manglayga yozib, O‘zing yana nechun qilasan so‘roq? (Cho'lpon) 7. Zebi esa dutorchilar va ashulachilar bilan birga yengil yallalar qilib turdilar. (Cho‘lpon)
67- mashq. O‘zingiz biror doston bo'yicha tushum, chiqish, o‘rin-payt, jo'nalish, kelishigi shaklidagi to'ldiruvchilar ishtirok etgan gapiarga o‘nta misol to‘plab, uni izohlab bering.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling